Elektron resurslar:
https://lex.uz/docs/-4333062
https://mpe.uz/
4-modul. O‘zbekiston Respublikasi maktabgaclıa ta’lim vazirligi va maktabgacha ta’lim bo‘limlari tomonidan ınaktabgacha ta’limga rahbarlik
7-mavzu: Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan maktabgacha ta’1im tizimiga rahbarlik
Reja:
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan maktabgacha ta’1im tizimiga rahbarlik
Maktabgacha ta’lim vazirligining funksiyalari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’1im bosh boshqarmasining vazifalari va funksiyalari
Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarining vazifalari va funksiyalari
Tayanach so‘z va iboralar: maktabgacha ta’lim tashkiloti, maktabgacha ta’lim vazirligi, maktabgacha ta’lim tizimi, rahbarlik, director, boshqarma, bo‘lim.
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan maktabgacha ta’lim tizimiga rahbarlik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2017-yil 30-sentyabrdagi PQ-3305-son qaroriga muvofiq Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Vazirlik maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. Vazirlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 30-sentyabrdagi PF5198-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2017-yil 30-sentyabragi PQ-3305-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda hududiy bo‘linmalar deb ataladi), Vazirlik tarkibiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi.
Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- bolalarni maktabgacha ta'lim bilan bosqichma-bosqich to‘liq qamrab olishni ta’minlash;
- zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini o‘quvtarbiya jarayoniga joriy etish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti - maktabgacha ta’lim tashkilotlarini milliy madaniytarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash;
- zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish masalalarini yuqori professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish hamda ta'lim-tarbiya jarayonlga tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni jalb qilish;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun munosib shart-sharoitlar, shu jumladan, to‘laqonli va ratsional, muvozanatli, sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishni ta’minlashga, asoslangan tibbiy ko‘rsatmalar bilan belgilanadigan hajmlarda va intensivlikda ko‘ngilochar va bilim beruvchi mashg‘ulotlar elementlari bo‘lgan serharakat o‘yinlar va mashqlar uyushtirishga yo‘naltirilgan shart-sharoitlar yaratish;
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |