III. 3. Rang-tus bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy
xususiyatlari.
Tilimizda
oq, qizil, qora, ko`k, sariq, zangori, yashil, malla, pushti, moviy,
qirmizi, sapsar, qo`ng`ir
kabi so`zlar alohida leksik-semantik guruhni tashkil
etadi. Bunday sifatlar rang-tus bildiruvchi sifatlar deyiladi. Bizga ma’lumki,
ranglar belgi bildirishi bilan birga, turli ramziy ma’nolarni ham bildiradi. Oq
61
rang qadimdan poklik, ezgulik, yorug`lik kabi ramziy ma’nolarni bildiradi.
“O`zbek tilining izohli lug`atida” oq sifati qor, sut, paxta ranglarini bildirib, oq
doka, oq qog`oz, oq non kabi narsa va predmetlarni belgisini bildirishi aytiladi.
Oq tusga moyil, tiniq yuz, badan tusini bildirish uchun ham oq rangi qo`llanadi:
Oq badan,oq tanli,oq yuzli. Xotin o`tirmoqchi bo`lgan edi,parangi ichidan uning
atlas kuylaklari va nafis oq qo`llari ko`rinib ketdi. Qo`lini sovuq suvga
urmaydigan, faqat o`ziga oro beradigan ayollarga nisbatan “
Oq bilak”
iborasi
qo`llanadi. Bu iboradagi oq so`zi rang-tus ma’nosidan cheklanadi. Oq so`zi
boshqa rang bildiruvchi so`zlarga nisbatan ibora, maqol, matallarda asosan
ko`chma ma’noda qo`llanadi. Masalan:
oq ko`ngil, oq qilmoq, oq yuvib, oq
taramoq, oqpadar, oq-qorani tanigan, ko`zining oqu qorasi, manglayi oq
bo`lsin,oq sutini oqqa, ko`k sutini ko`kka sog`moq, kosasi oqarmagan, oq-
qorani tanimoq kabi.Bizning maqsadimiz – kishilarga ong, tushuncha bermoq,
toki har bir kishi yaxshilik va yomonlikni, oqu qorani o`zi ajrata oladigan
bo`lsin! – dedi Elmurod
. (P.Tursun)
Ko`zining oq-u qorasi
birikmasidako`chma ma’noda farzand oq-qora sifati
ma’nosida kelgan jurt sifat bo`lib, yakka-yu yagona degan ma’noni bildiradi.
Manglayi oq bo`lsin iborasiagi oq so`zining semantik xususiyati yaxshilik
niyatida qilingan olqish, duo ma’nosini ifodalagan.
Toleng toabad bo`lmasin qora,
Manglaying oq bo`lsin, yarqiroq bo`lsin. (A.Oripov)
Oq sutini oqqa, ko`k sutini ko`kka sog`moq
iborasi bergan sutiga,
boqqaniga norozi bo`lib, undan yuz o`girmoq ma’nosini bildiradi.
O`zbek oyim:
–Endi menga mundoq o`g`il kerak emas.. Oq sutimni oqqa, ko`k sutini ko`kka
sog`dim. Endi Toshkentga kelmasin.
(A.Qodiriy) Yana shunday iboralardan biri
“
kosasi oqarmagan”
iborasi bo`lib, bu iborani topganiga baraka kirmagan, biri
ikki bo`lmagan kishilarga nisbatan qo`llanadi.
Ikromjon bundoq o`ylab qarasa,
bu artist mijoz sherigi bilan ishlaydigan bo`lsa, sira kosasi oqarmaydigan.
(S.Ahmad)
62
O`zbek tilshunosligida oq rangi asosida shakllangan so`zlar talaygina. Oq
yo`l, oq ko`ngil, oq manglay kabi so`zlarda oq so`zi asl ma’nosidan cheklanib,
ko`chma ma’noda kelgan. Oq rangi asosida shakllangan so`zlar lug`at
boyligimizni yanada boyitib, semantik xususiyatini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |