O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsiologiya kafedrasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/70
Sana01.02.2023
Hajmi1,35 Mb.
#906458
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70
Bog'liq
Psixologiya 4 kurslar uchun MAJMUA compressed

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. 
Dekartning ong va ruh haqidagi qarashlari 
2. 
Spinozaning «Affekt» haqidagi fikrlari
3. 
T.Gobbs va J.Lokkning psixologiyaga qo'shgan hissalari 
4. O'rta asrlarda Markaziy Osiyo mutafakkirlarning psixologik qarashlari.
5. Abu Nasr Farobiyning (873-950 yy.) psixologik qarashlari.
6. Abu Rayxon Beruniy (973-1048yy.) ning psixologik qarashlari. Mutafakkirning
“Mineralogiya”, “Geodeziyа”, “Hindiston”, “O'tgan avlodlar obidalari”
nomli asarlar
psixologiya sohalariga oid ma'lumotlar.
7. Abu Ali ibn Sino umr davrlari psixologiyasiga oid qarashlari va ularning bugungi kun
fan uchun ahamiyati.
8. Yusuf Xos Xojib XI asrning atoqli mutafakkir. Uning psixologik qarashlari 
9. Antik davr psixologiyasida jon haqida materialistik ta`limotlarning asosiy holatlari.
10. Antik materiallizm cho'qqisi, avtomatik materializm.
11. Demokrit va uning ustozi Livkini dunyoqarashlari (mill.avv. U asr).
12
. Antik materiallizmda “jon” haqidagi ta'limotlar.
13. Demokrtining jon haqidagi tushunchasi.
14. Epikurning jon haqidagi tasavvuri. Jonning 8 qismi haqidagi tasavvurlar.
15. Ong haqida ta'limotlar. 


 MAVZU: PSIXOLOGIYANING MUSTAQIL FAN SIFATIDA RIVOJLANISH 
BOSQICHLARI 
 
1.
Rus psixolog olimlarining psixologiya sohasidagi tadqiqotlari.
2.
Moskva psixologiyasi maktabi asoschisi L.S.Vigotiskiy psixologik qarashlari.
3.
Faoliyat nazariyasi.
4.
Ijtimoiy psixologiya.
5.
D.N.Uznadzening psixologiya rivojiga qo'shgan ulkan hissasi. 


Tayanch tushunchalar: 
psixika, markaziy nerv tizimi, neyron, refleks, shartli refleks, 
sinaps, ustanovka
 
Bir necha o‘n yillar davomida milliy psixologiya tadqiqotlari shaxs faoliyati tamoyillariga 
asoslangan edi. Bu tamoyillar muallif haqida aniq va ishonchli 
ma’lumotlar yo‘q. Bu tamoyillar 
birinchi bo‘lib 1922 yil Rubinshteynning “S
h
axs ijodiy faoliyati tamoyili” maqolasi orqali yuzaga 
kelgan” degan fikrlar ham mavjud. 
Bundan tashqari, 
o‘tgan asrning 20
-30 yillarida L.S.Vigotskiy 
tomonidan yozilgan bir necha a
sarlar ham bu tamoyillarning fundamental g‘oayalariga asos 
bo‘lgan degan ma’lumotlar ham mavjud. Bu tamoyilning ma’no 
psixolog L.Ya.Galperin yoritgan 
edi. Uning yozishicha shaxs ijodiy faoliyati faqatgina shaxs tor doirasida emas, sub

ektning tashqi 
va ob
’ektiv faoliyatini o‘z ichiga olib o‘rganish kerak; shaxs ijodiy faoliyati psixikaning 
zarurligini, unig tarkibi va tuzilishi tashqi faoliyat bilan uzviy bog‘liqligini o‘rganish; psixologik 
faoliyatda shaxs ishtirok etmaydigan jarayon emas, sub

ektning muammoli holatdagi faoliyati 
bilan ko‘rib chiqish.
Milliy psixologiyada shaxs ikki qarash bilan o‘rganiladi.
Barcha psixologik jarayonlar 

diqqat, xotira, tafakkur 
shaxsga tobe bo‘lgan tanlangan 
xarakterga ega faol holatga egadir. (motivatsiya, qiziqish, maqsad, xarakter).
L.S.Vigotskiy (1896) 

metodolog-
psixolog, ko‘p yillar davomida bola psixikasini 
o‘rganishda emp
irik usullardan foydalanish dasturi ustida ish olib borgan. 10 yil davomida olib 
borilgan tinimsiz va 
tig‘iz
izlanishlar orqali u 180 dan ortiq asarlar yozib qoldirgan. Bu asarlar 
orasida “San’at psixologiyasi”, “Fikr va nutq”, “Pedagogik psixologiya”, “Psixologik krizisning 
tarixiy mazmuni” kabi asarlari mashhurdir. 
Ichki psixik jarayonlarni tushunish uchun inson organizmi doirasidan chiqib, uning atrof-
muhit bilan bo‘ladigan munosabatini o‘rganish kerak edi. 
Uning konseps
iyasi ma’naviy
-tarixiy deb atash mumkin edi, chunki ong va psixik 
jarayonlarga interpretatatsiyani faqatgina ularning rivojlanishi va qurilishi orqali berish mumkin 
edi. Vigo
tskiyning asosiy g‘oyasi, yuqori psixik funk
siyalarning rivojlanishini tasdiqlash bilan 
bog‘liq edi. Ular yosh bolada kattalar bilan muloqot davomida rivojlanadi. Vigotskiyning fikricha, 
rivojlanish, ma’naviy belgilarni 
u
larning ichida eng soddasi bo‘lgan so‘zlarni o‘zlashtirish bilan 
bog‘liq bo‘ladi. Oliy psixologiya
ga 
doir muommolar birga insonda tug‘ilishdan mavjud bo‘lgan 
funksiyalar xususida ham 
bahs yuritiladi. Vigotskiyning fikriga ko‘ra rivojlanish ikki yo‘nalishga 
bo‘ladi:
Bola rivojlanishida bu ikki yo‘nalish ham ishtirok etadi va biz ularni iz holatda filogenezda 
uchratishimiz mumkin: bular; biologik va tarixiy, tabiiy yoki ma’naviy xulqning rivojlanishidir. 
Ontogenezda bu ikki jarayonlar o‘z paralellariga egadir. 
Tabiiy funksiyalar bular mexanik xotira, diqqat, obrazli fikrlarni organik rivojlanishlar 
bo‘lib

ular tashqi muhit bilan bo‘lgan aloqa davomida shakllandi. Oliy psixik funksiyalarga –
mantiqiy xotira, dunyoqarash, tushunchalarda fikrlash. Birinchi-tabiiy stimul reaksiya tamoyili 
asosida, ikkinchisi esa qonun bilan rivojlanadi.
Vigotskiy ikkita gipotezani oldinga surgan:
1)
Oliy psixik funksiyalarning tarqalishi; 
2)
Tashqi integratsiya yo‘li orqali ichki faoliyatning vujudga kelishi. Izlanishlar shuni 
ko‘rsatdiki, 
xulq-atvorn
i o‘zlashtirish avval tashqi (sotsial) planda, kattalar bilan muloqot 
davomida rivojlanadi va shundan so‘ng funksiyalar ichiga aylanadi. Bu qonuniyat, ma’naviy 
rivojlanishning umumgenetik qonuni, - deb ataladi. Shaxsning shakllanishi, Vigotskiyning 
fikricha, moddiy rivojlanishni aks etadi. Uning fikricha bola shaxsiyati bilan moddiy rivojlanish 


o‘rtasida teng belgisini qo‘yishimiz mumkin. S
haxs shunday tarixiy rivojlanishda shakllanadi. 
Sh
axsning ko‘rsatkichi deb
, tabiiy va oliy psixik funksiyala
r ko‘rinishida ko‘rishimiz mumkin. 
Insonda qancha ma’naviy funksiyalar ko‘p bo‘lsa

unda shuncha dunyo va o‘z xulq
-atvori ustidan 
bo‘lgan boshliqligi kuchayadi. 
A.N.Leontev (1903-1979) 

psixolog, ilm tashkilotchisi, faoliyat nazariyasi asoschisi. Uning 
asarlari orasidan “Psixika rivojlanishi”, “Faoliyat, ong, shaxs”, kabilari mashhurdir. Leontev 
konseps
iyasi inson rivojlanishida ijtimoiy determinatsiyaning o‘rni haqidagi qarashni ma’qullab, 
qaysidir ma’noda Vigotskiy yo‘lini davom ettirgan. Leontevning s
haxs teoriyasi asosiy tamoyili 
yordamida insonning natural faoliyatini tushunish bilan ifodalash mumkin. Uning 
konsepsiyasining asosiy tushunchasi bu faoliyat kategoriyasidir. Faoliyat fenomeni sabab, atrof 
olam ta’sirida yuzaga keladigan jarayon tekshiril
adi. 
Faoliyatning asosiy formasi uning tashqi faoliyatidir. Daliliy ma’nosi bu so‘z ma’nosi bilan 
solishtiriladi. Leontev ta’kidlab o‘tganidek, ma’no faqatgina bitta
ga 
taalluqli bo‘la olmaydi, 
chunki harakatni individ bajarmaydi. Tarixiy rivojlanishning tashqi faoliyat davrida ichki 
funksiyalar yuzaga kelishi mumkin, ular tez shakllanib 2 ta formaga aylanadi. 
Predmetli faoliyatda asosan o‘z
-
o‘zini ta’minlay oluvchi

harakat va operatsiyalar ajralib 
chiqadi. Ichki faoliyatda motiv va maqsad shularga kiradi. 
Butun bir faoliyatni o‘rganishdan 
maqsad ichki tizim bog‘lamishlar va munosabatlarni tadqiq qilishdir.
Leontev fikricha shaxs bu faoliyatning ichki momenti, shaxs tushunchasi asosan individ 
tushunchasi bilan adashtiriladi. “Individ” tushunchasi konkret su
b
’ektning bo‘linmasligi, butunligi 
va o‘zgacha ekanligini ifodalaydi. Individ filogenetik va ontogenetik rivojlanishning
so‘nggi 
mahsulidir. Shaxs strukturasi motiv va faoliyat orqali yuritiladi. Uning ta’kidlashicha, insonning 
alohida psixologik yoki sotsial-
psixologik tomonlaridan kelib chiqgan holatda “Shaxs 
strukturasini” hosil qilish mumkin emas, bu shaxs o‘zagida unga o‘rnatilgan genetik 
programmalarida, uning mavjud salohiyatida emas, balki bilimi va faxmidadir.
Shaxs analizi birligida shaxs mazmuni 
inson ongida motivni maqsadga bo‘lgan munosabati 
sifatida o‘rtaga chiqadi. Shaxs mazmun shaxs analizi sifatida o‘rtaga chiqa olmaydi chunki uning 
haqiqiy ko‘rinishi individ bilan bo‘lgan munosabati bilan o‘lchanadi. Mazmun bu haqiqatning 
umumlashtirgani b
o‘lib asosan so‘z va gaplarda kristallashib, fiksirlashib boradi. Bu jamoa 
tajribasining ideallashtirilgan ruhiy shaklidir.
Leontev faoliyat motivining o‘zgarishi shaxs mazmuni o‘zgarishi bilan birga amalga 
oshiriladi. Misol uchun, talaba tomonidan kitobning mutoola qilinishi uning maqsadini ifoda etadi. 
Uning motivi esa mutoola qilish orqali kelajakdagi kasbga tayyorlash yoki imtihonga 
tayyorlashdir. Shaxs fikrlarini o‘rganish mu
ammolarini Leontev ishlab chiqq
an g‘oyalar asosida 
o‘rganishn
i psixologiyanin
g turli xil jabhalarida qo‘llaniladi. 
Rubinshteyn (1889-1960) mashhur psixolog, faylasuf va psixolog, fikrlash psixologiyasi 
muommosi ustidan tadqiqotlar olib borgan, psixologiya asoslarini 
yaratuvchisi, “Umuman 
psixologiya asoslari” nomli darslik muallifi. “Ijodiy faoliyat tamoyili” maqolasida u ongni aktiv 
faoliyat deb baho berdi. Bu g‘oya asosida ong birligi va faoliyati tamoyilini yaratadi. Ong birligi 
va faoliyat 
haqidagi g‘oyalar psixologiyaning rivojlanishining ayni bir etapida vujudga kelgan 
bo‘lib
, XX asrning 30-40 yillarida introspektiv psixologiya va bi
xeviorizm bilan bog‘liq 
muommolarni hal qilish uchun ham vujudga kelgan. Ong birligi va faoliyat tasdi
g‘
i ong va 
psixikani passiv bir mavjudligi deb emas, sub

ekt faoliyati, real individ va inson faoliyati uni atrof-
muhit bilan bo‘lgan munosabati jarayoni o‘rganiladi.
Rubenshteyn alohida ta’kidlab shuni aytadiki, insonga faqatgina faoliyat emas
, balki shaxs 
ham tanlov huquqiga ega holda ta’sir o‘tkazish kuchiga egadir. Shaxsni o‘rganish davomidagi 


muhim daqiqalardan biri, Rubinshteyn fikricha faqatgina faoliyatini yoki hayot emas, bundan 
kengroq jabhalarnio‘z ichiga oladi. 
V.S.Merlin (1898-1982) shaxsiyatining integral nazariyalarini ishlab chiqadi va quyidagi 
bosqichlarini ko‘rsatdi. 
1. Biokimyoviy; 
2. Somatik;
3. Neyrodinamik;
4. Psixodinamik (temperament bosqichi); 
5. Shaxsiyat; 
1. Jamiyatdagi sotsial roli. 
Bu bosqichlarni orasida bir tomonlama, aksincha ko‘p tomonlama bog‘liqlik bor, ya’ni bir 
bosqich bir vaqtda bir necha bosqichda aloqada bo
‘ladi. Temperament bosqichda quyidagilarni 
farqlaydi.
Ekstraversiya 

ob’ektiv holatdan kelib chiqib, psixik o‘zini tutish. Sergaklik –
to‘siq 
bo‘layotgan holatda qochish orqali reaksiyaga kirishish. 
Reaktivlik 

xatti-harakatga shunday javob qaytarish. 
Impulsivlik 

tezlik unda emotsiyalar xatti-harakatning kuchi.
Emotsiyalarni uyg‘onishi qo‘yilgan maqsadga aktiv harakat qilish. S
haxsiy faoliyat haqida 
gapirganda, shuni nazarda tutganki, psixologik vositalarning tizimi shundayki, inson o‘zining 
shaxsiya
tini ko‘rsatish uchun harakatsiz ulardan qochadi. Temperament B.S.Merlin fikricha ko‘ra, 
o‘zgartirish mumkin emas, chunki u genetik joylashtirilgan, lekin uni kompensatsiya qilsa bo‘ladi.

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish