O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universtiteti maktabgacha ta`lim yo`nalishi 2-bosqich talabasi bafoyeva dilraboning ‘’O`qituvchining nutq madaniyat’’ fanidan yozgan



Download 57,69 Kb.
Sana21.12.2022
Hajmi57,69 Kb.
#892869
TuriReferat
Bog'liq
Referat I mavzu Notiqlik turlari reja 1 Nutq madaniyati haqida



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSTITETI MAKTABGACHA TA`LIM yo`nalishi 2-bosqich talabasi BAFOYEVA DILRABONING ‘’O`qituvchining nutq madaniyat’’ fanidan yozgan

R E F E R A T I


Mavzu: Notiqlik turlari


REJA:
1 Nutq madaniyati haqida
2 Notiqlik turlari
3 Notiqlikni paydo bo`lishi
4 Sharq va G`arb notiqlining o`xshash va farqli jihatlari
5 Sharq olimlarining notiqlik va nutq odobi to`g`risidagi fikrlari

Nutq madaniyati, nutq odobi — 1) ogʻzaki va yozma adabiy til meʼyorlari (talaffuz, urgʻu, soʻz qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida meʼyorlashtirish (tartibga solish) muammo larini oʻrganuvchi boʻlimi. Gʻarb tilshu-nosligida umumiy maʼnoda "til madaniyati" termini ham qoʻllanadi. 1-maʼnodagi "Nutq madaniyati" tushunchasi adabiy tilni oʻzlashtirishdagi ikki bos-qichni qamrab oladi: a) nutqning toʻgʻriligi va boshqa nutqiy mahorat. N u -tqning toʻgʻriligi muayyan tilda soʻzlovchilar va yozuvchilar tomonidan "ideal" yoki umum tomonidan qabul qilingan va anʼanaviy saqlanib kelayotgan odatlar, ibrat va namunalar tarzida idrok etiladigan adabiy meʼyorlarga amal qilishdir. Nutqiy mahorat esa nafaqat adabiy meʼyorlarga amal qilish, balki oʻzaro mavjud boʻlgan variantlardan mazmunan eng toʻgʻri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtai nazaridan eng makbuli va ifo-dalisini tanlab olish mahoratidir (Mas, aka — oka — ako; kelyapti — kevotti — kelopti variantlaridan bi-rining adabiy meʼyor sifatida tanla-nishi). Yuksak Nutq madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini, fikrlash madani-yatini, tilga nisbatan ongli mexr-muhabbatini namoyon qiladi.

Nutq madaniyati nazariyasining asosiy tushunchasi til meʼye’ridir. 2-maʼnodagi Nutq madaniyatining asosiy vazifasi ijtimoiy til amaliyotiga faol taʼsir koʻrsatish maqsa-dida (tilning barcha sathlarida) obʼyektiv til meʼyorlarini ularning barqarorlashgan shakllarida, ziddiyatlarida, vujudga keluvchi tamoyillarida va boshqalarda oʻrganishdir.

Zamonaviy Nutq madaniyati nazariy va amaliy fan boʻlib, u til amaliyotiga taʼsir etish maqsadida adabiy til tarixi, grammatika, uslubshunoslik va boshqa til-shunoslik bulimlarining yutuklari va xulosalarini umumlashtiradi. Nutq madaniyati na-zariyasida adabiy til milliy tilning oliy shakli deb eʼtirof etiladi; ba-diiy adabiyot tili oʻzining eng yaxshi namunalari bilan xalqning madaniyat sohasidagi yutuklari va anʼanalarini mustahkamlaydi va boyitadi.

Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa boʻlib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas boglik holda taraqqiy etadi. Jamiyat aʼzolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, Nutq madaniyati qoidalari va meʼyorlariga muvo-fiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, sanʼat, radio, televideniye va davriy matbuotning alohida oʻrni bor. Ayniqsa, adabiy tilni meʼyorlashtirish va Nutq madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izox^li, imlo, talaffuz, oʻquv va boshqa maxsus lugʻatlar muhim ahamiyatga ega.

15-asrdayoq oʻzbek adabiy tilining Nutq madaniyati va uning oʻziga xos meʼyorlari boʻlgan — Alisher Navoiy oʻzining butun hayotiy va ijodiy faoliyati bilan oʻz davri Nutq madaniyatiga, nutq odobiga mislsiz hissa qoʻshgan boʻlsa, keyingi davrda yashagan Bobur, Muhammad Solih, Gulxaniy, Nodira, Ogahiy, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlarning asarlari tilida ham oʻsha davr tili va Nutq madaniyati maʼlum darajada aks etgan. "Yaxshi soʻz — jon ozigʻi", "Bugʻdoy noning boʻlmasa ham, bugʻdoy soʻzing boʻlsin", "Oʻynab gapirsang ham oʻylab gapir", "Har neni yemak — hayvonning ishi, har neni demak — no-donning ishi" kabi maqol va hikmatli soʻzlarning paydo boʻlishi ham oʻzbek xalqida Nutq madaniyati ga avvaldan eʼtibor kuchli boʻlganidan darak beradi.

Oʻtgan asrning 20-yillaridan soʻng oʻzbek tilining Nutq madaniyati xalq tiliga yaqinlashtirilgan milliy adabiy til meʼyorlariga asoslanadi. Bu meʼyorlarni shakllantirish ishiga olimlar (Otajon Hoshim, T. N. Qoriniyoziy, S. Ibrohimov, Olim Usmon va boshqalar), adibu shoirlar (Qodiriy, Choʻlpon, Avloniy, Fitrat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va boshqalar) munosib hissa qushdilar.

Notiqlik san'atining turlari ko'p. Jumladan, ijtimoiy-siyosiy notiqlik, bunda asosan davlat va jamiyat ahamiyatiga ega bo'lgan yig’inlarda so'zlanadigan


ma'ruza, akademik nutq, bunda ilmiy yo'nalishdagi ma'ruzalar, auditoriya notiqligi. talaba va o'quvchilar uchun o'qiladigan ma'ruzalar. ijtimoiy-maishiy nutq, turli ladbirlarda so'zlanadigan nutq kabilaming ham nutqiy kamchiliklarini va yutuqlarini tekshirish jarayoni ham notiqlik san'ati predmeti doirasiga kiradi. Notiqlik san'ati amaliy jihatdan chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til normalari, nutqning sifatlari, nutqiy uslubning nozik tomonlarini his etish va notiq nutqida uchrashi mumkin bo'lgan nuqson va talaffuzga doir muammolami hal etish yuzasidan baxs yuritadi. Eng muhimi, notiqqa o'z bilimi va dunyoqarashiga suyangan holda to'g'ri va chiroyli so'zlash yo'llarini o'rgatadi.

Yunon madaniyati, xususan, Afina notiqlik san’ati tanazzulga yuz tutgan bir paytda Italiyada Rim notiqlik san’ati rivojlana boshladi. U antik notiqlikning yana bir muhim tarmog‘i edi. Bu notiqlik lotin tilida shakllanganligi tufayli lotin notiqligi deb ham yuritiladi.


Rim imperiyasi ijtimoiy mazmuni jihatidan quldorlik tizimiga asoslangan bo‘lib, unda faqat ijtimoiy tuzum taraqqiyoti emas, balki notiqlik san’ati taraqqiyotida ham Yunoniston tarixining, xususan, Afina tarixining ayrim bosqichlarining takrorlanishini ko‘ramiz. Chunki Rim madaniyatiga yunon, xususan Attika madaniyati katta ta’sir o‘tkazgan edi. Negaki, yunon demokratiyasining ravnaqi eramizdan oldingi V asrga to‘g‘ri kelsa, Rim imperiyasining rivojlanish davri eramizdan oldingi IV-III asrlarga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham ilg‘or yunon madaniyati, yunon notiqlik san’atining Rim notiqlik san’atiga ta’sir etishi tabiiy bir hol edi.

Eramizdan oldingi II asrdan boshlab Rim imperiyasining quldorlik siyosati kuchaydi. Bu o‘z navbatida qullarning g‘azab kosasi to‘lishiga sabab bo‘ldi va qullar bilan quldorlar orasida keskin kurash davri boshlandi. Ajoyib satirik Lusiliy (eramizdan oldingi 180-102 yillar) asarlarida bu kurash yorqin aks ettirilgan. Siyosiy-ijtimoiy sharoitda so‘z san’ati yana kuchga kirdi va davlat arboblari shu qudratli qurol – notiqlik san’ati vositasi bilan kurash olib bordilar. Rim imperiyasida Katon, aka-uka Grakxlar, Mark Antoniy, Sitseron kabi yirik notiqlar yetishib chiqdi.

Yirik davlat arbobi va notiqlardan biri Katon qadimgi olimlarning hisobiga ko‘ra 150 taga yaqin nutq meros qoldirgan. Katonning eng sevimli usuli masalani muxtasar, ixcham bayon qilish uslubini qo‘llagan. U masalani g‘oyat keskin tarzda qo‘ygan. Fikrlarni stilistik jihatdan g‘oyat go‘zal konstruksiyada, ifodali va ta’sirchan shaklda bayon etishni xush ko‘rgan. Har bir masala bilan tanishar ekan,uni atroflicha o‘rganib chiqishga e’tibor bergan. Katon notiq sifatida shu qadar kuchli mahorat egasi ediki, bu borada unga Sitseron ham tan berib yozadi: "Hammasini yanada chiroyliroq, yanada nafisroq qilib aytish mumkin, ammo hech narsani undan kuchliroq va jonliroq qilib aytish mumkin emas". His-hayajon bilan so‘zlash borasida Sitseron deyarli hech kimga shu qadar yuksak baho bermaydi.

Sitseron fikricha, "har qanday notiqning asosiy maqsadi – tinglovchining zavqini uyg‘otib, o‘ziga moyil qilishdan iborat". Buning uchun esa, zarur bo‘lgan notiqlik uslublarining barcha imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Sitseron sud notiqligi bo‘yicha shuhrat qozongan. U eramizdan oldingi 63-yilda oliy lavozimga – konsullikka saylanadi. Bu lavozimda turib u aristokratlarni himoya qiladi va demokratik guruhlarning ashaddiy dushmaniga aylanadi.


Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra Sitserondan quyidagi asarlar qolgan:
1. Jami 150 nutq. Shundan 58 tasi bizgacha yetib kelgan.
2. Falsafa mavzularida yozilgan 12 ta asar.
Notiqlik tarixi va nazariyasiga oid 7 ta risola.
Jami 800 ga yaqin maktub.

Sitseronning notiqlik san’atiga bag‘ishlangan asarlari orasida uch risola – "Notiq haqida", "Brut yoki mashhur notiqlar haqida" va "Notiq" nomli asarlari juda katta tarixiy, nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu risolalarda notiqlik san’ati deyarli barcha aspektlarda tahlil etilgan.


Sitseron notiqlik mahorati o‘ziga xos xislatlarga ega. Masalan, u biror fikrni bayon etar ekan, nutqini shu fikr doirasi bilan cheklab qo‘ymagan. Aksincha, uning nutqlarida fikr erkinligi hukmron bo‘lgan va notiqning falsafiy, siyosiy, axloqiy qarashlari har doim uyg‘un tarzda mujassamlashgan. Sitseron notiq sifatida o‘z tinglovchisiga emotsional ta’sir etish masalasiga alohida e’tibor bergan. Shuning uchun ham uning nutqlarida balandparvoz so‘z, ibora va jumlalar ko‘p uchrar, nutqining umumiy yo‘nalishi ulug‘vor uslubga moyil edi. Biroq ana shu ulug‘vorlik orasida u oddiylik, kulgi-mutoyiba, ritorik savollardan ham foydalanardi. Shu jihatdan qaraganda uning nutq uslubi qorishiq, umumiylashgan uslubga ham o‘xshab ketardi. Sitseron nutq kompozitsiyasiga alohida e’tibor bergan. Ayniqsa, nutqning kishilar ongiga ta’sir etuvchi qismi - argumentatsiya, mantiqiy isbotlarga va kishilarning hissiyotiga ta’sir etuvchi qismiga alohida e’tibor qilgan. Sitseron nutq jarayonida uch muhim omilga alohida e’tibor berishni ta’kidlagan. Bu nutqning kirish qismi, xotimasi va repetisiyasidir.Sitseronning hayoti, ijodi, falsafiy va adabiy qarashlari, notiqlik mahorati va bu sohadagi ta’limoti hozirgi kunda ham amaliy va nazariy ahamiyatga molikdir.

Sharq va G‘arb falsafasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang.

Tafakkur taraqqiyoti bosqichlari

Sharq va G‘arb falsafasining o‘zaro bog‘liqligi.

Sharq va G‘arb falsafasining o‘zaro farqli jihatlari.

Sharq va G‘arb falsafiy ta’limotlarining tafakkur taraqqiyotidagi ahamiyati.

Qadimgi davr

"Falsafa", aniqrogʻi "filosofiya" soʻzi G’arbda paydo boʻlgan bo’lsada-da, falsafiy muammolar boshqa madaniyatlarda ham koʻrilgan. Uzoq Sharq faylasuflari Sharq falsafasiga oid boʻlishsa, Shimoliy Afrika hamda Yaqin Sharq falsafasi, Yevropa bilan uzviy aloqada boʻlishgani tufayli, Gʻarb falsafasiga doir, deb bilinadi.

Koʻpgina jamiyatlar falsafiy muammolarni koʻrib chiqishdi va boshqa jamiyatlar ishlari asosida oʻz falsafiy anʼanalarini qurishdi. Masalan, Yaqin Sharq falsafasi Gʻarb falsafasi taʼsiri ostida boʻldi. Rus (baʼzilar buni Gʻarb falsafasiga taalluqli, deb koʻrishadi), Yahudiy, Islomiy, Afrika va baʼzi Lotin Amerikasi falsafiy anʼanalari Gʻarb falsafasidan taʼsirlanishdi; biroq, oʻzlarining aslliklarini ham yoʻqotishmadi.

Qadimgi tarixdan beri siyosiy hukumat oʻrnatish ildizlari doimo odam tabiatiga bogʻliq boʻlib kelgan. Aflotun oʻzining Respublika (The Republic) sida ideal jamiyat faylasuf-qirol tomonidan boshqarilishi mumkinligini yozadi, chunki u falsafani yaxshi tushungan odam ezgulik tushunchasini ham yaxshi anglashini taʼkidlaydi.


O‘rta asr

Oʻrta Asrlar falsafasi Gʻarbiy Yevropa va Yaqin Sharqdagi hozir Oʻrta Asrlar, deb ataluvchi va Rim imperiyasi tugatilishidan to Renessansgachaboʻlgan davrga oid falsafadir. Oʻrta Asrlar falsafasi qisman antik Yunon-Rim madaniyatini qayta kashf qilish va teologik muammolar bilan shugʻullangan.Ushbu davrga oid baʼzi muammolar eʼtiqod va ong munosabatlari, xudoning mavjudligiva birligi kabi masalalardan iboratdir.


Bu anʼanalar orasidagi farqlar xush koʻrilgan tarixiy faylasuflar, gʻoyalar, uslublar yoki tillar bilan aniqlanadi. Ularni bir-biriga tegishli metodlar bilan oʻrgansa boʻladi va ular orasida sezilarli umumiyliklar bor.
Muhim faylasuflardan biri - ibn Sino Oʻrta Osiyo, va umuman Islom olamida mantiq va metafizikani shakllantirdi; bunda u Arastu va Aflotun ishlariga tayandi. Ibn Sino olamning vaqt oʻqida yaratilishini rad etadi; olam uning yaratuvchisi emanatsiyasidir, deydi.
Uyg‘onish davri
Zamonaviy falsafa skeptitsizm paydo boʻlishi va zamonaviy fizika tugʻilishi bilan boshlangan, deb hisoblanadi. Ushbu davrga oid muhim kishilar Montaigne, Descartes, Locke, Spinoza, Leibniz, Berkeley, Hume va Kant'dir. Bu davr 17-18-asrlarga toʻgʻri kelib, Kant'ning metafizik mavzularni Newton mexanikasi bilan bogʻlashga davomli urinishlari bilan yakun topgan, deb hisoblanadi.

Sharq falsafasi atamasi bilan Hindiston, Eron, Xitoy, Koreya, Yaponiya falsafiy anʼanalari nomlanadi. Gohida bu roʻyxatga Yaqin Sharq ham qoʻshiladi, biroq Yaqin Sharq falsafasi Ibrohimiy dinlar yoyilishi va Yevropa bilan savdo-sotiq faolligi tufayli Gʻarb falsafasining koʻpgina alomatlariga ega.


Jamiyatdagi fikrlar uning amallariga chuqur taʼsir koʻrsatadi. Falsafani amaliy oʻrganish yangi sohalar, masalan, amaliy etika va siyosiy falsafa kabilarning paydo boʻlishiga olib keldi. Konfutsiy, Sun Tzi, Ibn Xoldun, Ibn Rushd, Ibn Taimiyyah, Niccolò Machiavelli, Gottfried Leibniz, John Locke, Jean-Jacques Rousseau, Karl Marx, John Stuart Mill, Mahatma Gandhi va boshqalarning siyosiy va iqtisodiy qarashlari maʼlum hukumatlar tuzilishiga va amaliyotiga sezilarli taʼsir qildi

Fanning maqsad, vazifalari. Nutq madaniyati tushunchasi va tarixi. Nutq madaniyati va muomala odobi. «Qutadg‘u bilig», «Hibat ul haqoyiq», «Qobusnoma», «Mahbub ul qulub» kabi asarlarda nutq madaniyati, so‘zlashish odobi masalalari. Jamiyat va nutq madaniyati. Nutq madaniyatining boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati.


Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Notiqlik san’atining shakllanish tarixi. Notiqlikning yuzaga kelish omillari. Yunon notiqligi. Qadimgi Yunoniston – notiqlik san’atining vatani. Qadimgi Gretsiyada notiqlar faoliyati. Xalq yig‘inlarining notiqlik san’atining shakllantirishdagi o‘rni. Ijtimoiy-siyosiy masalalarda omma e’tiborini tortishning muhimligi. Fikr va g‘oyalarni to‘g‘ri va ta’sirchan ifodalashning ahamiyati. Huquq tizimida notiqlikning o‘rni. Yunon ritorlarining og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini egallashdagi faoliyatlari. Falsafa maktablarining notiqlik san’atiga munosabatlari.
Aristotelning notiqlik san’ati taraqqiyotidagi xizmatlari.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Rim notiqlik maktabining o‘ziga xosliklari. Sitseronning notiqlik san’ati haqidagi qarashlari. Notiqlik vazifalari.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat..
Sharq notiqligi haqida ma’lumot. Sharq voizlarining qarashlari. Mumtoz asarlarda voizlik san’atining ulug‘lanishi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Til me’yori lingvistik tushuncha sifatida. O‘zbek adabiy tili – umumxalq o‘zbek tilining oliy shakli. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining shakllanishi. Adabiy tilga ta’rif. Adabiy tilga xos muhim belgilar: me’yorlashganlik, xalqchillik, umummajburiylik, ko‘p vazifalilik, uslubiy tarmoqlanganlik, qayd etilganlik, tanlanganlik, barqarorlik va o‘zgaruvchanlik, zamonaviylik.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Me’yor ko‘rinishlari: fonetik, leksik, orfografik, orfoepik, so‘z yasash, so‘z qo‘llash me’yorlari; punktuatsion, sintaktik, stilistik me’yorlar.

Me’yoriylikdan maqsadli chekinish. Lug‘atlarning nutq madaniyati bo‘yicha universal manba sifatidagi ahamiyati.

Adabiy til nutq madaniyatining asosi sifatida. Adabiy til me’yorlarini egallashga to‘siq bo‘luvchi ba’zi holat va sabablar.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.


Nutq sifatlari. Nutqning to‘g‘riligi – nutq madaniyatining birlamchi sharti. Nutqning aniqligi, mantiqiyligi, jo‘yaliligi, maqsadga muvofiqligi va ta’sirchanligi.

Til sofligi, nutq sofligi uchun kurash – umuxalq ishi. Nutq boyligi va ta’sirchanligi, ularga erishi yo‘llari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.


Og‘zaki nutq xususiyatlari. To‘g‘ri talaffuz me’yorlari. O‘zbek tilida urg‘u. Olinma so‘zlar talaffuzi.
Yozma nutq xususiyatlari. Yozma nutqda oldindan hozirlanish xosligi hamda unda tahrir imkoniyatining mavjudligi. Matnni tahrirlash. Yozma nutqning nisbatan to‘g‘ri va aniqligi. Imlo me’yorlari: yozma nutqda uchraydigan tipik xatolar va ularning tasnifi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.


O‘zbek adabiy tilining vazifaviy uslublari. Jonli so‘zlashuv uslubi. Adabiy til uslublari: ilmiy uslub, rasmiy uslub, publitsistik uslub, badiiy uslub. Ushbu uslublarning o‘ziga xos xususiyatlari. Badiiy uslubning keng qamrovliligi. Uning tarmoqlanishi: poetik nutq, dramatik nutq, nasriy nutq kabilar.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.


Ko‘chimlar: metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, ironiya, ironiyaning nutq emotsiyasini tashkil etishdagi o‘rni. Ekspressiv-emotsional leksika. Sintaktik figuralar: inversiya, ellipsis, gradatsiya, antiteza, ritorik so‘roq, takrorlarning nutq ta’sirchanligini ta’minlashdagi ahamiyati.

Badiiy nutqda adabiy til me’yorlaridan ma’lum maqsadda chekinishga yo‘l qo‘yilishi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.

Ritorika tushunchasi asosida nutq, notiqlik degan mazmun yotishi, bunda asosan, nutqdagi marom e’tiborga olinishi. Va’z va voizlik esa sharqona pand-nasihat – didaktikaga asoslanishi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.

Mutolaa san’ati arabcha «mutolaa – o‘qish, o‘qib o‘rganish» ma’nolarni anglatishi, voizlik esa SHarq va G‘arbda boshqa-boshqa tushunchalar o‘laroq talqin qilinishi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Lirik janrlar asosida marom va ohang turishi, voiz nutqida ham maqom va ohang ishtirokiga alohida e’tibor qaratish. Ritor tanlagan mavzuga qarab lirik janrlarga xos tez, sekin, yuqori yoki past ohanglarning o‘rin almashinib turishi. She’r vaznlariga xos marom, nutq materiali semantikasiga bevosita ta’sir etishi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.


Dramatik asarda ritm va ohangning etakchi mavqeda turishi. Dramatik asardagi muallif nutqi asosiy ritm va ohang regulyatori vazifasini bajarishi. Qahramonlararo dialogda, monolog va ichki nutq talqinida notiqlik san’atiga xos marom o‘zgarishlarining muqarrarligi. Shu nuqtai nazardan voizlik va dramatik janrlar mustahkam aloqaga ega bo‘lishi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Epik ijod namunalarining mutolaa san’ati bilan mushtarak holatda yashashi qonuniyligi. Mutolaa jarayonida notiqlikka xos marom, ohang, urg‘u, talaffuz va ifodaning muhim retseptiv vazifa bajarishi. Epik ijodda ham nutqning obrazlar, personajlar, ifoda shakllari, pafos bilan bog‘liq ko‘rinishlari uchrashi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.

Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi bir nechta bosqichlardan iborat ekanligi. Birinchi bosqichning psixologik funksiyaga yo‘naltirilishi. Bunda jumla va so‘zning psixologik ta’sir kuchiga ega bo‘lishi. Ikkinchidan, ayni matn bo‘laklarining semantik-struktural vazifalarini bajarishi. Uchinchidan, obraz mohiyatini ochishda va tushunib etishda jumla, so‘z va tovushning zarur retseptiv komponent vazifasini bajarishi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.

Ritorika, mutolaa zamonaviy adabiyot rivojini ta’minlovchi, o‘quvchi va badiiy asar munosabatini mustahkamlovchi vosita ekanligi, badiiy asarni o‘qish, tushunish, tushuntirish jarayonida ritorika mezonlarining ulkan ahamiyat kasb etishi. Zamonaviy epik, dramatik, lirik janrlarga xos semantik-struktural mohiyat bevosita mutolaa san’ati va ritorika bilan bog‘liqligi

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.


Nutqning toʻgʻriligi. Nutqning aniqligi. Nutqning mantiqiyligi. Nutqning tozaligi. Nutqning ta’sirchanligi. Nutqda tashqi koʻrinish, talab, toʻgʻrilik, mantiqiylik, chiroylilik, yorqinlik, ta’sirchanlik, jozibadorlik, obrazlilik, ortologiya, notiqlik san’ati, fonetik, leksik, grammatik, urgʻu, morfologik va sintaktik chalkashliklar, ta’sir, ruhiyat, tildan tashqari omil, mavzu, muvofiqlik, ruhiy vaziyat, auditoriya, bilim, savodxonlik, samimiyat, e’tibor, subyektiv mulohaza, nutq rejasi, nutqiy mashq kabilarning ahamiyati.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.

Oʻzbek muloqot xulqining jins jihatdan xoslanishining asosiy sabablari, kasb-hunar va yosh bilan bogʻliq jihatlari. Oʻzbek erkak va ayollari muloqot xulqiga xos boʻlgan farqli xususiyatlar.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.


20-mavzu: Pedagogning nutqiy madaniyati

Axloq, kasb axloqi, pedagogik axloq tushunchalari. Pedagogik muloqot tushunchasi. Pedagog muloqotida nutq madaniyatining tutgan oʻrni.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.

Mustaqillik sharoitida oʻzbek tilshunosligining rivojlanish shart-sharoitlari. Oʻzbek xalqi taraqqiyotining mustaqillik davrida til va nutq madaniyati. Globallashuv va til siyosatining ayrim masalalari.


Orta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati oziga xos mavqyega egadir. Sharqda, jumladan, Movaroun-nahrda notiqlik, voizlik, ya’ni va’zxonlik «Qur’on»ni targ’ib qilish bilan mushtarak holda sozning ahamiyati, ma’nosi va undan orinli foydalanish borasida kop yaxshi fikrlar aytilgan. Ana shu nuqtai nazardan qaralsa, “Nutq odobi”, “Muomala madaniyati” nomlari bilan yuritilib kelingan “nutq madaniyati” tushunchasi juda qadimdan olimlar, ziyolilarning diqqatini tortgan: Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Al-Xorazmiy, Mahmud Koshg’ariy, Mahmud Zamaxshariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Sofi Olloyor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug’ siymolar nutq odobi masalalariga, umuman, nutqqa jiddiy e’tibor berish bilan birga tilga, lug’atga, grammatikaga va mantiqshunos-likka oid asarlar yozganlar. Buyuk qomusiy olim Beruniy (973-1048) ozining “Geodeziya” asarida har bir fanning paydo bulishi va taraqqiy etishi inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojning hosilasidir.


Ulug’ vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy tog’ri sozlash, tog’ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va chiroyli nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati kattaligi haqida shunday deydi: “Qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, qanday sorash va qanday javob berish (masalasiga) kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman...” .

Kaykovus tomonidan 1082-1083 yillarda yaratilgan, qadimgi sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri hisoblangan “Qobusnoma”da ham nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz fikrlar aytilgan. Asar 44 bobdan iborat bolib, uning 6-7-boblari soz odobi haqidadir. Muallif farzandiga qilgan nasihatlari haqidadir. Muallif farzandiga qilgan nasihatlari orqali oquvchini yoqimli, muloyim, orinli sozlashga, behuda gapirmaslikka undaydi. Sozlaganda oylab, har bir fikrdan kelib chiqadigan xulosani koz oldiga keltirib, gapirish kerakligini, kishi kamtar bolishi, ozini xalq orasida oddiy tutishi lozimligini eslatib, mahmadonalik qilish, kop gapirish donolik belgisi emasligini shunday ifodalaydi: “Ey farzand, agar har nechakim suxandon bolsang, ozingni bilg’ondan kamroq tutg’il, to sozlash vaqtida nodon va beburd bolib qolmag’aysan. Kob bilib, oz sozlag’il va kam bilib kop soz demag’il. Nima uchunki, aqlsiz shundoq kishi boladur-u kop sozlar. Debdularki, xomushlik salomatlik sababidir, chunki kop sozlaguvchi oqil kishi bolsa ham, avom uni aqlsiz derlar”83.


Ulug’ shoir Yusuf Xos Hojib turkiy xalqlarning XII asrdagi ajoyib badiiy yodgorligi bolgan “Qutadg’u bilig” (“Baxt keltiruvchi bilim”) asarida sozlarni tog’ri tanlash va tog’ri qollash haqida: “Bilib sozlasa soz bilig sanalur” degan edi. Qisqa sozlash, sozlarga iloji boricha koproq ma’no yuklash haqida:

Ugush sozlama soz biror sozla oz


Tuman soz tugunini bu bir sozla yoz,

deydi. Mazmuni: sozni kop sozlama, kamroq sozla. Tuman (ming) soz tugunini shu bir soz ila yech. Gapirishdan maqsad sozlovchi kozda tutgan narsa, hodisa, voqyealarni tinglovchiga tog’ri, ta’sirchan yetkazishdan iborat. Shunday ekan, nutqning tog’riligi, ravonligi va mantiqiyligiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Mutafakkir sozlovchini tilning ahamiyatini tushungan holda, hovliqmasdan, sozning ma’nolarini yaxshi anglab, nutqni ravon qilib tuzishga chaqiradi.

Adib Ahmad Yugnakiy (XII-XIII) ham sozlaganda nutqni oylab, shoshmsdan tuzishga, keraksiz, yaramas sozlarni ishlatmaslikka, mazmundor sozlashga chaqiradi. Notog’ri tuzilgan nutq tufayli keyin xijolat chekib yurmagin, deb sozlovchini ogohlantiradi:

Oqub sozla sozni eva sozlama,

Sozung kizla kedin, boshing kizlama.

Mazmuni: (Sozni uqib sozla, shoshib gapirma, keraksiz yaramas sozlarni yashir, yaramas gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma)84.



Nutq odobi deb yuritilgan qoida va korsatmalarda sodda va orinli gapirish, qisqa va mazmundor sozlash, ezmalik, laqmalikni qoralash, keksalar, ustozlar oldida nutq odobini saqlash, tog’ri, rost va dadil gapirish, yolg’onchilik, tilyog’lamalikni qoralash va boshqa shu kabi mavzularda soz boradi.

Orta Osiyo notiqligining oziga xos xususiyatlari shundan iborat ediki, u, eng avvalo, osha davr tuzumining manfaatlariga xizmat qilar edi. Bu davrda notiqlik san’ati ustalarini nadimlar, qissagoylar, masalgoylar, badihagoylar, qiroatxonalar, muammogoylar, voizlar, goyandalar, maddohlar, qasidaxonlar deb yuritilishi ham ana shundan dalolat beradi. Ammo tilning yaratuvchisi xalq ekanligini va uning, eng avvalo, xalqqa xizmat qilishini tog’ri anglovchi sog’lom fikrli kishilar uning ijtimoiy mohiyatini doimo tog’ri tushunib kelganlar. Navoiyning davlat arbobi sifatida mehnatkash xalq oldida qilgan chiqishlari, uning til haqida aytgan fikrlari buning dalilidir. Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug’atayn”, “Mahbub ul-qulub”, ”Nazm ul-javohir” asarlari ozbek tilida nutq tuzishning gozal namunalari bolishi bilan birga uning mukamallashishiga ham katta hissa qoshdi. U ozining “Mahbub ul-qulub” asarida shunday deydi: “Til muncha sharaf bila nutqning olatidir va ham nutqdirki, gar nopisand zohir bolsa, tilning ofatidur...”85 ya’ni, til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir, agar u o`rinsiz ishlatilsa, tilning ofatidir.
Download 57,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish