O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


Necha yuz yillar davomida shakllangan asl insoniy qadriyatlarimiz o‘rnini buzg‘unchi g‘oyalar egallab olishiga yo‘l qo‘ymasligimiz zarur



Download 369,97 Kb.
bet3/74
Sana27.11.2022
Hajmi369,97 Kb.
#873510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Маънавият мажмуа

Necha yuz yillar davomida shakllangan asl insoniy qadriyatlarimiz o‘rnini buzg‘unchi g‘oyalar egallab olishiga yo‘l qo‘ymasligimiz zarur.
Bugungi kunda aksariyat odamlar, avvalambor, rahbarlar, davlat xodimlarining bilimsizligi, saviyasining pastligi, zamondan orqada qolayotgani, jadid bobolarimiz “jaholat” deb atagan illat islohotlar yo‘lidagi jiddiy to‘siq bo‘lib qolmoqda.
Biz ta’lim tizimiga, o‘qituvchi va murabbiylar nufuzini oshirishga katta ahamiyat beryapmiz. CHunki jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish kerak. Lekin Vatan, xalq taqdiri o‘rtada turganda, kerak bo‘lsa, qonun ham o‘z kuchini ko‘rsatishi shart.
Albatta, tegishli idoralar bu ishni qiladi, qilyapti ham. Lekin aksariyat odamlarning bilim va madaniy saviyasi o‘zgarishi qiyin bo‘lyapti.
Savol tug‘iladi: mana, iqtisodiy kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha katta ishlarni boshladik. Lekin ma’naviy qashshoqlikni qanday qisqartiramiz? Fikr qaramligidan qanday qutulamiz?
Islohotlarimiz uchun zarur bo‘lgan mablag‘ va investitsiyalarni qiyinchilik bilan bo‘lsayam topyapmiz, ammo ma’naviy immunitetni mustahkamlash uchun ruhiy resursni qaerdan topamiz?
Bu savollar har birimizni o‘ylantirishi kerak.
Bugungi shiddatli, o‘ta murakkab zamon shuni ko‘rsatmoqdaki, bu borada faqat ta’lim-tarbiya tizimining o‘zi mavjud ma’naviy tahdidlarga qarshi turolmaydi. Bu masalaga butun jamiyatning kuch va imkoniyatlarini safarbar etmas ekanmiz, kutilgan natijaga erisholmaymiz. CHunki bugungi kunda bolalarimizni ota-ona, bog‘cha, maktab yoki institut emas, aksariyat hollarda qo‘lidagi telefon “tarbiyalamoqda”. Afsuski, ana shu kichkinagina telefon endi oddiy aloqa vositasi emas, ko‘pincha yot mafkurani targ‘ib etadigan katta qurolga, zo‘ravonlik, yovuzlik “virusi”ni tarqatadigan manbaga aylanmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Milliy ma’naviyatimizga mutlaqo begona bo‘lgan zararli g‘oyalar, tushuncha va qarashlar chegarani buzmasdan, bildirmasdan, ta’bir joiz bo‘lsa, “chaqirilmagan mehmon” bo‘lib xonadonimizga, jamiyatimizga, eng yomoni, murg‘ak bolalarimizning pokiza qalbi va yuragiga kirib kelmoqda.
Bularning barchasi biz uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lib yangrashi zarur.
Biz – g‘ururi baland xalqmiz. Bu, hech shubhasiz, katta boylik. Ajdodlarimiz asrlar davomida asrab-avaylab kelgan bu boylikni yo‘qotib qo‘ysak, kelgusi avlodlar bizni aslo kechirmaydi. Aksincha – bu fazilatni xalqimizni, millatimizni birlashtiradigan eng kuchli tamoyilga aylantirishimiz kerak.
Negaki, g‘ururi baland xalqning qadr-qimmati ham baland, ma’naviyati, irodasi kuchli bo‘ladi. Bunday xalq bilan har qanday buyuk maqsadlarga etish mumkin.
Aynan ana shunday fazilatlarimizga tayanib, biz boshqalarga ergashuvchi emas, aksincha, doimo ergashtiruvchi xalq bo‘lib kelganmiz. Bilim, ma’rifat, madaniyat bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lganmiz. Bu – bizning qon-qonimizga, zotu zurriyodimizga singib ketgan, milliy qadriyatimizga aylangan fazilat.
SHunday ekan, chetda nima yaltiroq bo‘lib ko‘rinsa, o‘shaning orqasidan chopish, xorijniki ekan, deb unga qulluq qilish, boshqalarga ko‘r-ko‘rona ergashish bizga yarashmaydi. Ayniqsa, ma’naviyat sohasida. Afsuski, keyingi paytda bu borada chetning ta’siri, ta’bir joiz bo‘lsa, “import”ning hajmi oshib ketmoqda.
Daraxtning bo‘shini qurt yeydi”, degan maqol bejiz aytilmagan. Afsuski, keyingi paytda ma’naviy hayotimizda bo‘shashish, bo‘shliq sezilmoqda. Ma’naviy immuniteti zaif bo‘lgan ba’zi yoshlar yurish-turishda ham, muomala-munosabatda ham boshqalarga ko‘r-ko‘rona ergashmoqda.
Milliy o‘zligimizni, buyuk ajdodlarimizni tanimaslik, ilm va irodaning etarli emasligi bunga sabab bo‘lmoqda, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.
Ayniqsa, yoshlar tarbiyasida jamoatchilikning roli susayib borayotgani barchamizni tashvishga solishi lozim. Ilgari “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”, degan maqolga amal qilib yashardik. O‘g‘il-qizlarimizning axloq-odobi, o‘qishi uchun nafaqat ularning ota-onalari, avvalo, mahalla ahli, kayvoni keksalar, ziyolilar o‘zini mas’ul va javobgar deb bilardi. SHuning uchun ham mahallalarimizda urush-janjal, bezorilik, ichkilikbozlik qilib yuradigan yoshlar, oilaviy ajrimlar kam bo‘lardi. Keksa avlod vakillari yoshlarni mehnatga, o‘z uyini, ko‘chalar, guzar va maydonlarni ozoda tutishga o‘rgatardi.
Endi ayrim odamlar hovlisini bolasiga emas, mardikorga tozalatadi. Bolaga bitta kitob olib berishga pulini qizg‘anadi-yu, serxarajat to‘y va ma’rakalar o‘tkazishga topgan-tutganini bir kunda sarflab yuboradi.
Ko‘p qavatli uylarda qo‘shni qo‘shnisini tanimaydi. Bu holda bolalar mehnatni, tejamkorlikni, me’yorni, odob va madaniyatni, mehr-oqibatni kimdan o‘rganadi?
Ma’naviyatimiz uchun eng katta xavf – bu aksariyat odamlarimizdagi loqaydlik va beparvolik kuchayib borayotganida, desak, bu ham ayni haqiqat bo‘ladi.
Siyosatshunoslar o‘rtasida: “Sen uxlaganingda, dushman uyg‘oq bo‘ladi”, degan gap bor.
Ayniqsa, hozirgi zamonda, boshqa xalqlar katta-katta marralar sari intilayotgan bir paytda ma’naviy jihatdan g‘aflatga botib, “uxlab yotish”ga, loqayd bo‘lishga hech kimning haqqi yo‘q. Barcha fojia va muammolar, Vatanga, millatga, kelajakka xiyonat aynan loqaydlikdan
SHu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: bunday tahdidlarga qarshi kurashda ma’naviy-ma’rifiy ishlarga, ta’lim-tarbiya sohasiga javobgar tashkilotlarimiz qanday rol o‘ynamoqda? Bizda umuman ma’naviy targ‘ibot metodikasi, zamonaviy texnologiyalar bormi? Bu masalalar bilan kimdir ilmiy asosda shug‘ullanyaptimi?
Ana shu savollarga javob topish uchun bu yildan boshlab “Eng ma’naviyatli tuman”, “Eng ma’naviyatli tarmoq” tanlovlarini tashkil etish, ushbu tanlovlar yakunlariga ko‘ra, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda namunali ish olib borayotgan tumanlar, vazirlik va idoralarni munosib taqdirlash tizimini yo‘lga qo‘yishimiz lozim.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy-ma’naviy muhitni ilmiy asosda tahlil qilib, uni yaxshilash, takomillashtirish bo‘yicha samarali mexanizmlarini yaratish va ishga solishni davrning o‘zi talab etmoqda. Jamiyatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar shunday asosda yo‘lga qo‘yilmagani uchun ham ular kutilgan natijani bermayapti.
Hech qachon unutmasligimiz kerak: ma’naviyat – bu, avvalo, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hurmat va e’tibor, xalq va davlat kelajagini birgalikda qurish yo‘lidagi ezgu intilishlar, ibratli fazilatlardir. Bir so‘z bilan aytganda, ma’naviyat – jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir. Bu poydevor qancha mustahkam bo‘lsa, xalq ham, davlat ham shuncha kuchli bo‘ladi.

Download 369,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish