O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/358
Sana22.07.2022
Hajmi4,91 Mb.
#835505
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   358
Bog'liq
ona tili va adabiyoti

Imlo qoidalari. 
Kirillcha o`zbek yozuvining imlo qoidalari dastlab 1940-yilning 4-iyulida yangi 
alifbe hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan va shu yilning o`zida "Birlashgan 
o`zbek alfaviti va orfografiyasi" nomli to`plamda e’lon qilingan. Keyinchalik bu qoidalar 
yana bir necha marta qayta ishlandi, shular asosida 1952,1953,1955-yillarda "O`zbek 
orfografiyasining asosiy qoidalari" loyiha tarzida besh marta qayta nashr qilindi, nihoyat, 
uning 5-nashri 1956-yilning 4-aprelida O`zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan 
tasdiqlandi. Hozirgi (kirillcha) o`zbek yozuvining imlosi ana shu "... qoidalar"ga asoslangan. 
U quyidagi 5 bo`limni o`z ichiga oladi: 
1. Ayrim harflar imlosi (1-30-§ qoidalari) 
2. O`zak-negiz va qo`shimchalar imlosi (31-55-§ qoidalari). 
3. Qo`shma so`z va so`z birikmalari imlosi (56-58-§ qoidalari). 
4. Bo`g`in ko`chirilishi (59-62-§ qoidalari) 
5. Bosh harflarning yozilishi (63-72-§ qoidalari). 
Yangi (lotincha) o`zbek yozuvining imlo qoidalari 1995-yilning 24-avgustida 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan va 
shu yilning o`zida "O`zbek tilining asosiy imlo qoidalari" nomi bilan kitobcha shaklida 
nashr qilingan. U quyidagi 7 bo`limni o`z ichiga oladi: 
1.Harflar imlosi: 
Unlilar imlosi (1-7-qoidalar) 
Undoshlar imlosi (8-32-qoidalar) 
2. Asos va qo`shimchalar imlosi (33-37-qoidalar). 


40 
3. Qo`shib yozish (38-50-qoidalar). 
4. Chiziqcha bilan yozish (51-56-qoidalar) 
5. Ajratib yozish (57-65-qoidalar) 
6 Bosh harflar imlosi (66-74-qoidalar). 
7. Ko`chirish qoidalari (75-82-qoidalar). 
Adabiyotlar:
3[43-45],9[26-38],10[103-115],22[29-53],24[45-49],27[3-21],93[5-21],110[6-27]. 

Imlo haqida 

Imlo qoidalari 

Imloning ahamiyati 
Amaldagi "...qoidalarning" ayrim paragraflari yangi "...qoidalar"ga kiritilmagan. 
Masalan: 2-paragraf (3-moddasi); 6-paragraf (2 va 3-moddalari); 8-paragraf (1-moddasi); 9-
paragraf ("yo" harfi), 10 paragraf ("yu" harfi), 11-paragraf ("ya"harfi), 12-paragraf (2-
moddasi), 13-paragraf (v>b kabi holatlar), 21-paragraf, 22-paragraf (2-moddasi), 26-
paragraf (1-moddasi), 27-paragraf, 28-paragraf, 31-paragraf, 40-paragraf, 41-paragraf,48-
paragraf, 49-paragraf, 50-paragraf (2-moddasidagi "u(yu" ga aloqador qism), 52-paragraf, 
58-paragraf, 14-paragraf va boshqalar. Yuqorida berilgan qoidalarning yangi qoidalar 
to`plamiga kiritilmaganligi bir qator omillarga asoslanadi: "e" harfining yangi yozuvda faqat 
"e" unlisini ifodalashi ("y"+e"ni emas), yo,yu,ya harflarining yangi alifboda yo`qligi, ayrim 
qoidalarning o`zini oqlamaganligi kabi sabablar shular jumlasidandir. Faktlar tahliliga 
murojaat etaylik: 
1. 1956-yil "...qoidalari"ning 2- paragrafida "u" harfining yozilishiga oid 3 ta qoida 
berilgan bo`lib, shulardan bittasi (2-qoida) 
qovun, sovun, tarvuz, tasavvur, quvur 
kabi 
so`zlar imlosiga taalluqlidir. Bu qoidaga ko`ra so`zlarning oldingi bo`g`inlarida o,a,u 
unlilaridan biri bo`lsa va shu unlidan keyingi yopiq bo`g`in boshida v undoshi kelsa, "v"dan 
so`ng "u" yoziladi. Yangi (lotincha) o`zbek yozuvi imlosida bu qoida faqat "o" unlisidan 
keyingi yopiq bo`g`inga (
qovun, sovun, tovush 
so`zlaridagi 
"v"dan so`ng "u" yozilishiga)
nisbatan saqlangan, oldingi bo`g`inda "a" (masalan, 
tarvuz
so`zida) yoki "u" (masalan, quvur 
so`zida) bo`lgan holatlar yangi "qoidalar"dan tushirib qoldirilgan. 
1956-yil "...qoidalari"ning 31-§ da 
osh-osha, bosh-boshla, sog`-sog`ay, yosh-yoshla
kabi so`zlarda talaffuziga ko`ra o yoki yo yozilishi, ammo 
son, ong, yosh, ot
kabi bir 
bo`g`inli ba’zi so`zlarda yasovchi qo`shimchalar qo`shilganda, "o" tovushi "a" ga, "yo" 
tovushi "ya" ga aylanishi aytilgan: 

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish