Oʼzbekiston respublikasi oliy va oʼrta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti «iqtisodiyot»


Ya`ni: V=1/(1+En-b)*t (4) Bu yerda: En-b - har xil davrdagi xarajatlarni keltirish normativi



Download 0,65 Mb.
bet8/9
Sana11.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#339987
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Korxona Jo`rabek

Ya`ni:


V=1/(1+En-b)*t (4)

Bu yerda: En-b - har xil davrdagi xarajatlarni keltirish normativi;



vaqt.

t - mablag’larni ishga tushirishdan samara olgungacha bo’lgan

Investitsiya samaradorligini aniqlashda uning o’zini qoplash muddati, xavf darajasi, inflyatsiyani oshish tempi, kelajakda soliqlar miqdorini o’zigarishi kabilar hisobga olinishi shart. Chunki investitsiyani qulay va samarali sohaga qo’yish investorlar uchun muhim ahamiyatga ega.

Shunday qilib, investitsiya samaradorligini hisoblaganda yuqorida keltirilgan qoidalarda keltirilgan ko’rsatkichlarni solishtirma tahlili katta ahamiyatga ega.



  1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni takomillashtirish.

Bizga ma’lumki, davlat kafolatisiz xorij sarmoyalarini kiritish katta samara beradi. Shuning uchun imkon qadar hukumat kafolati bilan keladigan chet el investitsiyalarini chegaralab, ularning o’rniga xususiy investorlar yoki tashabbuskor investorlarning kelishini rag’batlantirishni tashkil etish zarur. Shuningdek, keyingi yillarda sanoat korxonalarida xom-ashyolarni qayta ishlashni ta`minlash va respublikada tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini yanada ko’paytirish uchun xorijiy sarmoyalarni yanada ko’proq jalb qilish maqsadida xorijiy sarmoyador faoliyatini muvofiqlashtiruvchi qonununchilik ham uzluksiz takomillashib bormoqda.

Xorijiy investorlar sarmoyalarining kafolati uchun yaratilgan qonunchilik bazasining shakllanishi bilan bir qatorda, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov: “Shuni alohida ta`kidlamoqchimanki, investitsiyalar birinchi navbatda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar oqimi - bu, chet ellik sheriklarimiz respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamdagi demokratik va bozor islohotlarining to’g’riligi hamda samaradorligini tan olgani, ularni biz bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini yana bir tasdig’idir”, deb izohdaydilar50. Shunday hujjatlardan biri O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 15-dekabrda imzolangan “2011-2015 - yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” PQ-1442-sonli Qarori bo’lib, u sanoat korxonalariga sarmoyalarni jalb qilish muhitini tubdan o’zgartirish imkoniyatini yaratdi.

Ushbu qaror asosida 2011 – 2015 - yillarda O'zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risidagi Dastur ma'qullandi. Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro’yhatlar bo’yicha olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, materiallar va butlovchi buyumlar 2016-yilning 1-yanvariga qadar muddatga bojxona to’lovlari to’lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig’imlaridan tashqari) ozod etiladi.

To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar (TTXI) ularni qabul qilayotgan mamlakatga ijobiy natijalar keltirishi borasida jiddiy dalillar mavjud bo’lishiga qaramay, ularning o’tish davri iqtisodiyotini boshdan kechirayotgan mamlakatlarga ta`siri keng kapital oqimi nuqtai nazaridan chuqur va holis baholashni talab etadi. Aytish joizki, ayrim turdagi iqtisodiyotlar uchun TTXI ta`sirining tabiati va darajasi mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining bosqichi, iqtisodiy siyosat va umumiy ishbilarmonlik muhiti orqali belgilanadi. Ushbu xususiyatlar o’zaro yaqqol farqlangani bois, ichki iqtisodiyot uchun TTXIning ta`siri va ular tufayli olingan foyda har bir alohida mamlakatda turlicha bo’ladi.

Iqtisodiyotning yopiq turida yoki kapital oqimi chegaralangan mamlakatlarda ichki investitsiyalar hajmi ichki jamg’armalar bilan cheklanadi. Bunday holatda xorijiy kapitalning kirib kelishi mamlakatdagi investitsiyalar darajasining o’sishiga olib keladi.

O’tish davri iqtisodiyotini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda TTXI oqimi muayyan mehnat samaradorligini oshiribgina qolmay, balki ishchi kuchi bandligini ham ta`minlaydi. Yirik kapitalning kirib kelishi, o’z navbatida, uni qabul qiluvchi mamlakat valyutasi qadrining oshishiga ham olib kelishi mumkin. TTXIning nafaqat moliya manbai, balki ularning o’zga mamlakat iqtisodiyotidan kelib chiqqanligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki TTXI nafaqat kapital va xorijiy valyuta olib keladi, balki ular yangi texnologiyalar, boshqaruv nou-xaulari, yangi mahsulotlar va ishlab chiqarish uslublarining ham joriy qilinishiga olib keladi.

Sanoat korxonalariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish iqtisodiy taraqqiyotni ta`minlaydi, inson kapitalini shakllantiradi, shuningdek, xorijiy kapital ishtirokida ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi va shu tariqa mahalliy bozorda faoliyat yuritayotgan korxonalar daromadini ko’paytiradi. Demak, xorijiy investitsiyalar oqimi raqobatni oshirishda muhim vosita bo’lib, bu o’z navbatida, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni samaradorlikni oshirishga qaratilgan strategiyalarni qo’llashga rag’batlantiradi.

Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiy o’sishga ko’rsatgan ta`siriga kelsak, xorijiy investorlar investitsiya kiritilayotgan mamlakat korxonasida boshqaruvni nazorat qilish huquqi bilan birga, odatda, 25 yoki undan ko’proq foizni tashkil etadigan uzoq muddatli majburiyatlarni ham o’z zimmasiga oladi.

Xorijiy investitsiyalar iqtisodiyotning barcha sohalarida, jumladan, sanoat tarmog’ida ham kapital, boshqaruv ko’nikmalari, jahon bozoridagi mavjud sotish kanallari kabi yetishmaydigan elementlarni taklif etish orqali eksportni

rag’batlantirishi mumkin.

Tadqiqotlardan ma`lum bo’lishicha, ichki bozorda raqobatni rag’batlantiruvchi hukumat siyosati chet el investitsiyalarining iqtisodiy taraqqiyotga ta`sirining muhim omili bo’lib hizmat qiladi.

Bizning fikrimizcha, chet el investitsiyalarining milliy itisodiyotga ta`siri va ular tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligi turlicha bo’lishi mumkin:



Birinchidan, xorijiy investitsiyalar milliy iqtisodiyot uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi.

Buni biz sanoat tarmog’iga chet el investitsiyalarining kirib kelishi natijasida mahalliy jamg’armalarga qo’shimcha ravishda investitsion faoliyat kengayib, mehnat va kapital samaradorligini oshirishga ko’maklashadigan boshqaruv, marketing va ilg’or texnologiyalarni joriy etilishida ko’rishimiz mumkin. Milliy daromadning o’sishi kirib keladigan kapital oqimi hajmi hamda kapitalga bo’lgan extiyoj o’zgaruvchanligiga bog’liq;



Ikkinchidan, sanoat tarmog’idagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar milliy iqtisodiyotning taraqqiyotiga salbiy ta`sir ko’rsatishi ham mumkin. Bozorga kirib borish yo’lida katta to’siqlar mavjud sanoat sohalarida ish yuritayotgan xorijiy kompaniyalar bunday sharoitda o’z manfaatlarini ko’zlab, bozorning konsentratsiya darajasini yanada oshirishlari mumkin. Ular mahalliy kapital bozori va xorijiy valyuta zaxiralaridan imtiyozli ravishda foydalanish imkoniyatidan foydalanib, ichki jamg’arma va investitsiyalar darajasini pasaytirishlari mumkin.

Uchinchidan, xorijiy investitsiyalarning milliy iqtisodiyotga ta`sirini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri - sanoat tarmog’ida ana shunday loyihalar amalga oshirilayotgan mahalliy bozordagi raqobat darajasidir. Bizning fikrimizcha, raqobat va antimonopoliya sohasida muqobil hukumat siyosatining amalga oshirilishi o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Mana shunday sharoitdagina xorijiy investitsiyalar uni qabul qilgan mamlakat iqtisodiy rivojiga maqbul ta`sir ko’rsatadi. Ushbu ta`sir sabablari shuki, xorijiy investitsiyalar, birinchi

navbatda, qo’shilgan qiymatni oshirish va ko’proq daromad olish imkoni

bo’lgan sohalarga kirib keladi. xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarish va investitsiyalarning ko’payishi orqali iqtisodiy o’sishga ko’rsatadigan bevosita ta`siridan tashqari mehnat samaradorligini oshirish, yangi texnologiya va nou- xaularni joriy etish, ichki jamg’arma, investitsiyalar va eksport imkoniyatlarini ko’paytirish, infratuzilmani rivojlantirish orqali iqtisodiyotga bilvosita ta`sir ham o’tkazadi.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, hech qaysi o’ziga ishongan xorijiy kompaniya yoki xususiy tadbirkor iqtisodiyotda chuqur islohotlar amalga oshirilmayotgan, sarmoya kiritishning zarur kafolat va istiqbollari hamda rivojlantirishning omillari mavjud bo’lmagan bozorga qadam bosmaydi.

Sanoat korxonalariga, ayniqsa, xom ashyoni mukammal qayta ishlab, tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga berilayotgan yuqorida qayd etilgan qator imtiyoz hamda yengilliklar sanoatning imkoniyatlarini amalga oshirish va kelgusida ularning o’sishini ta`minlashga qaratilgan.

Bizning fikrimizcha, sanoat tarmog’iga xorijiy investitsiyalarni kengroq jalb qilish va ulardan samarali foydalanish orqali ushbu tarmoq faoliyatini yanada jadallashtirish masalalari quyidagi yo’nalishlarda namoyon bo’ladi:




Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish