O`qituvchi hikoyasi. Bu metod asar muallifi haqida ma’lumot berishda eng samarali hisoblanadi. Asar muallifi, shoir va yozuvchilar haqida so`zlab berayotganda ularning suratlari, bolalar uchun yozgan asarlari namoyish etilsa, o`quvchilarning muallif ijodiga qiziqishlari ortadi. O`qituvchi yozuvchi va shoirlar haqidagi ma’lumotlarni o`quvchilar saviyasiga mos ravishda hayajonli qilib hikoya qilsa, ularning badiiy asarni o`qishga ichki istagi kuchayadi.
Shuni alohiuda ta’kidlash kerakki, bugungi kuhda har bir sinf o`qish kitobiga mo`ljallangan, aniqrog`i, mavzularni qay tariqa o`tish metodikasi– o`qituvchi kitobi nasr etib kelinmoqda. Jumladan, 1-sinf uchun mo`ljallangan “O`qish darslari” metodik qo`llanmasida mavzularning texnologik xaritasi, dars ishlanmalari to`liq aksini topgan.33 Muhimi, unda har bir mavzuni o`tishga oid didaktik o`yinlar, zamonaviy pedagogik texnologiya namunalaridan foydalanish tavsiya etilgan. Aytaylik, qo`llanmada, “Biz–buyuklar avlodi” bo`limidagi “So`z mulkining sultoni” mavzusini o`tishda (1 soatga mo`ljallangan) quyidagilarga e’tibor qaratish tavsiya etilgan.
Mavzuga doir tayanch tushunchalar: Alisher Navoiy, buyuk shoir, olim, davlat arbobi, asarlar, shoirlar sultoni, hikmatli so`zlar.
Demak, dars davomida o`qituvchi mathnda tilga olingan ana shu so`zlarni mohiyatini o`quvchilarga anglatishi zarur. Bunda lug`at ishidan foydalanish, shu so`zlarning navoiy davridagi va bugungi ko`rinishlargi haqida to`xtalib o`tadi.
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish, ifodali o`qish, testlar munozara. Bunda suhbat o`tgan mavzuni (Amir Temur o`gitlari) umumlashtiruvchi, yangi mavzu (So`z mulkining sultoni) haqida kirish suhbati o`tiladi. Masalan, O`qituvchi:
Bolalar biz o`tgan darslarda ajdodlarimizdan kimni o`rgandik?
Amir Temur bobomizni.
U kishi kim bo`lgan ekanlar?
Buyuk sarkarda bo`lganlar.
Songra o`qituvchi Amir temur o`gitlaridan qaysilarini bilishlari so`raladi. Amir Temur do`stlik haqida nima degan ekanlar? Aql va adolat haqidagi hikmatli so`zlarni yoddan aytadilar. Buni qatorlararo musobaqa tarzida o`tkazish mumkin, ya’ni o`qituvchi aytishni boshlaydi, o`quvchilar birma-bir davom ettiradilar. O`qituvchi bolalar javoblarini umumlashtirib, Amir Temur o`gitlari ma’nosini yana bir marta tushuntiradi.
Bugun biz ajdodlarimizdan yana bir kishi bilan tanishamiz.
Xattaxtaga Alisher Navoiyning rasmi ilinadi. Bolalardan o`qituvchi so`raydi:
Bu kishi kim bo`ladilar. Bilgan o`quvchilar aytadi, bilmagan o`quvchilarga o`qituvchi yordam beradi. O`qituvchi shu tariqa, Alisher Navoiy haqida, uning tug`ilgan yili, joyi, oilasi haqida ma’lumot beradi. U kishining dovrug`i olamga ketganligi, u o`zining g`azallari va bir qancha kitoblari bilan mashhurligini aytadi. (imkoni bo`lsa Alisher Navoiy haqidagi kinofilmdan foydalanadi).
Alisher Navoiy haqidagi matn o`qilgach esa savol-javob asosida matn mazmuni tushuntiriladi.
Shakl: jamoa, guruh bilan ishlashda o`qituvchi o`quvchilarga avval ichda o`qishni topshiradi. So`ngra, hikmatli so`z 4 ta bol`ganligi uchun avval yaxhshi o`qiydigan 4 ta o`quvchiga, keyin boshqa o`quvchilarga o`qitiladi. Mazmuni so`zlatiladi.
Jihoz: mavzuga oid plakatlar, Alisher Navoiy portreti, hikmatli so`zlar yozilgan plakatlar.
Yangi mavzuni mustahkamlashda esa testlardan foydalanish maqsadga muvofiq sanalgan. Masalan, quyidagi sodda testlarni yechish 1-sinf o`quvchilariga ancha qulay:
Bilmaganni orlanib so`ramagan kim bo`ladi?
A.Olim
B. Zolim
2. Oz-oz o`rgansa nima bo`lar ekan?
A.Dono
B.Daryo
3. Yaxshi kishi qanday bo`ladi?
A.Yomonlarga ham yaxshilik qiladi
B. Yaxshi bo`ladi
4. Yaxshilik qilishni bilmasa nima qilish kerak ekan?
A.Yaxshilarga qo`shilishi
B. Yomonlik qilish
1-sinf o`quvchilarini savodxonlikka, nutqini o`stirishga qaratilgan didaktik o`yinlar ham o`qituvchi mahoratiga qarab tashkil qilinishi mumkin. Jumladan, “Biz –buyuklar avlodi” bo`limidagi matnlar asosida “O`zim tekshiraman” o`yini ham ta’limiy ahamiyatga ega. Bunday o`yinlarni boshlang`ich sinflarda har bir darsning avvalida o`tkazish mumkin. O`qituvchi o`quvchilarga kichik hajmdagi diktant yozdgiradi. Barcha o`quvchilar yozib bo`lishgach, o`qituvchi avvaldan xattaxtaga yozib, bekitib qo`ygan matnni ko`rsatadi. O`quvchilar esa o`qituvchi yozganiga qarab o`zlargining diktantlarini tekshiradilar. Yoxud, Amir Temur, Alisher Navoiy hikmatli so`zlarini yod olgan o`quvchilar xotirasini tekshirishda ham shunday o`yinning og`zaki usulini tashkil qilish mumkin.
“Hikoya” o`yinida esa o`qituvchi xattaxtaga bir nechta so`z yozib qo`yadi. O`quvchilar mustaqil ravishda shu so`zlar ishtirokida hikoya tuzadilar. Bunda, bo`limga oid “Dono Alisher”, “Sohibqiron o`gitlari” sinngari mavzular mustaqil hikoya tuzish uchun berilishi mumkin.
Bundan tashqari, o`quvchilarning dam olish daqiqalarida “U kim? Bu nima?, “Topag`on”, “Noto`gri jumla”, “Bo`lishi mumkin emas” o`yinlarini o`tkazishi mumkin. Bunday o`yinlar hazil-mutoyibaga boy bo`ladi. Masalan, shunday matn aytiladi: “ Abdulla juda bilimli bola. U bugun ham topshiriqni juda yaxshi bajardi. O`qituvchi uni maqtadi va “nol” ball qo`ydi. Abdulla yaqinda 2-sinfni tugatib, 1-sinfga o`tdi”. Tabiiyki, bu matnni diqqat bilan tinglagan 1-sinf o`quvchilari ham “Bo`lishi mumkin emas’ deb qichqiradilar. Shu tariqa, lablarida tabassum paydo bo`ladi.
Umuman, boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish har jihatdan maqsadga muvofiq va samarali natija beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |