4.4Mehmonxona vebsaytini tahlil etish.
Mehmonxonaning web sayti mavjud emas, biroq booking.com, trip advisor tarmoqlarida mehmonxona haqida ma`lumotlar toppish mumkin.Mehmonxonaning qabul bo’limida 1 ta kompyuter mavjud. Receptiondagi asosiy ish kompyuteri doimo yonib turadi, chunki bunda mehmonxonaga taalluqli bo’lgan asosiy ma’lumotlar saqlanadi va kelishi rejalashtirilgan mijozlar, qabul qilingan xizmatlar ro’yxati kiritiladi. Shuningdek bu yerda hamkor firmalar uchun shartnomalar, excel formada mijozlar kelish va ketish ro’yxati, xodimlar to’g’risida ma’lumotlar, buxgalteriyaga oid ma’lumotlar (uni faqatgina mehmonxona buxgalteri ishlatadi) kiritilgan. Kompyuter internetga ham ulangan. Biron ma’lumot kerak bo'lsa tezda qidirib topish oson bo’ladi. Ma’lumotlardan to’g’ri va o’z o’rnida foydalanish, ularning yo’qolib ketmasligini ta’minlash uchun administrator mas’uldir. Bundan tashqari mehmonxona kameralarining tasviri ham kompyuter oynasi sahifalari birida doimo ochiq turadi, u orqali administrator mehmonxonada sodir bo’layotdan jarayonlardan ogoh bo’lib turadi.
5.1 Xonalarni ozoda tutish va kunlik tozalash jadvali shakllantirish tartibi.
Xonalarni ozoda tutish tartibi va strategiyalari.
“Xadijam” mehmonxonasiga sayyohlar 12:00 da ro’yxatdan chiqariladi, 14:00 da esa qabul qilinadi. Keyingi mehmon qabul qilinishigacha ikki soat vaqt mobaynida mehmon kelishi rejalashtirilgan xonalar umumiy tozalanadi, bu uchun oqsochga 40 daqiqa vaqt beriladi.
Oqsochlar ish vaqti 8:00 dan boshlanadi. Ular kelishlari bilanoq mehmon yashab turgan xonalarda kunlik tozalash ishlarini har bir xona uchun 30 daqiqa vaqt davomida olib boradilar. Xonalar soat strelkasi bo’yicha tozalanadi, umumiy uborkada pastel va sochiqlar almashtirilib tozasi qo’yiladi, mini-bar ichidagi ichimliklar yangilanadi, bo’sh bo’lsa to’ldiriladi. Oxirgi bo’lib sanuzel tozalanadi. Avval oyna so’ng tartib bilan rakovina, vanna va unitaz oxirida pol tozalanib, artib chiqiladi.
Oqsochlar bajarayotgan ishlar administrator tomonidan nazorat qilinib turiladi. Ular tozalash ishlarini olib borayotgan jarayonda mehmon ko’ziga ko’rinmasliklari talab qilinadi. Xizmatchilarning etikasi (kiyinish, xonalarga chiqish tartibi).
Tozalik xizmati bilan shug’ullanuvchilar ish joylarida o’z vaqtida bo’lishlari, uniformalarini kiyishlari shartdir. Mehmonxonada ular quyidagi etiket qoidalariga rioya qilishlari talab etiladi:
Qulay, tor bo’lmagan kiyim uniformada bo’lish;
Gigiyena talablariga javob berish (toza kiyim, tirnoqlar olingan, sochlar yig’ishtirilgan);
Past poshnali oyoq kiyimi kiyish;
Baland ovozda gapirmaslik;
Telefonda so’zlashmaslik, musiqa shitmaslik; Iloji boricha mijoz ko’ziga ko’rinmasliklari kerak.
Mehmon xonani tark etganidan so’ng administrator oqsochlarga xabar beradi va xonalarning kalitini topshiradi. Ular ishlarini bajarib bo’lganlaridan so’ng administrator tomonidan tekshirib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |