agroturizm
turi keng rivojlanmoqda.
Agroturizmni ma‟lum bir mintaqaning o‟ziga xos dehqonchilik va chorvachilik
mahsulotlarini yetishtirish jarayonini ko‟rsatish maqsadida tashkil etilishi mumkin.
Bu tajriba Yevropaning bir qancha davlatlarida rivojlangan. Masalan, Fransiya va
Portugaliya mamlakatlarida uzumni yetishtirishdan boshlab, undan turli ichimliklar
olishgacha bo‟lgan bir butun jarayon tur sifatida taklif etilgan. Agroturizmning
30
yo‟nalishlardan biri qishloq turizmi alohida daromad keltiradigan tur hisoblanib,
dunyo turizm xizmat bozorida alohida o„rin tutadi.
Dam olish vaqti har qanday shaharlik uchun qishloqdami yoki dala
xovlidami juda ham maroqlidir. Bu xayot talabi bo„lib, doimo dala xovlilarini yoki
boshqa joylarni ko„p yillar davomida sinalgan va tekshirilgan joylarda dam olish
uchun ijaraga olinadi. Qishloq turizmining o„ziga xos tomonlari shundaki,
masalan, Sitsiliyaning agrar viloyatlarida ishchi kuchi yetishmasligi tufayli
kambag„al turistlar yoki studentlarni ish haqi to„lamasdan, boshpana va ovqat
uchun ishga yollashi mumkin. Bunday «dam oluvchi» usha yerga borib qaytishi
uchun mablag„ topsa bo„lgani. Yo„l-yo„lakay bir-ikki kun plyajlarda cho„milishi,
muzeylarni, yodgorliklarni va boshqalarni ko„rishi mumkin.
Qishloqda dam olish - bu tabiat qo„ynida bo„lish, yillar davomida shahar
sharoitida yig„ilib qolgan charchoqlarni chiqarish, toza havo, ekologik toza bo„lgan
oziq-ovqatlar, iqlim sharoitlarini o„zgartirish, aholi sonining kamligi, boshqa
tartib-qoida va yashash madaniyati, qishloq xo„jalik ishlarida ishtirok etish,
bog„dorchilik, chorvachilik, tabiat bergan in‟omlarni to„plash va qolaversa, dam
olishning arzonligidan iborat.
Shahar aholisining yozgi issiq kunlardagi va qishki qorli kunlardagi xordiq
olishlarini to„g„ri tashkil etish imkoniyati mavjudligini e‟tiborga olib, qishloq
turizmini respublikamiz hududida quyidagi tarzda tashkil etish tavsiya etiladi: katta
bo„lmagan uylarni, qishloqlardagi
katta bo„lmagan xonalarni, kottejlarni, tabiat
manzaralari chiroyli bo„lgan joylarni ijaraga olish yo„li bilan.
Turistlar qishloqdagi fermerning uyida oilasini joylashtirishi maqsadga
muvofiqdir, bu - turistlarni qishloq hayoti va u yerdagi yangi insonlar bilan
yaqindan tanishtirishga, ularning urf-odatlari va qishloq xo„jalik ishlari bilan
kuchi yetgan darajada ishlashga imkon beradi. Shubhasiz, bu uy egalari uchun
noqulayliklar yaratadi, lekin fermerlar uchun qo„shimcha pul va yangilik olib
keladi. Bunda turistlar uchun maxsus bir yoki bir necha xona ajratilib, barcha
zaruriy narsalar yetkazib beriladi. Bunday turizmdan davlat ham, fermerlar ham
daromad ko„radi. Shu jihatdan qishloq turizmini qulay va kamharajat turizm turi
31
deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |