O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti



Download 2,02 Mb.
bet7/25
Sana22.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#692181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
« JANGOVAR TEXNIKALAR PARKI VA ULARNI JIHOZLARI. JANGOVAR TEXNIKALAR PARKDA BTR-80GA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH TURLARI MAVZUSIDA BO‘YICHA TA’LIM TEXNOLOGIYASINING

Kuchlanish bo‘limi:
1-FVU; 2-qizdirgich shitogi; 3-qizdirgichni boshqaruv pulti; 4-yoritkich rozetkasi; 5-kuchlanish bo‘limi devorchasi; 6-yoqilg‘i mayin tozalash filtri; 7-kuchlanish bo‘limi devori lyuki qopqog‘i; 8-havo kiritish qopqog‘i; 9-motor usti lyuki qopqog‘i; 10-yoqilg‘i baklari; 11-havo filtri ifloslanganligini bildiruvchi indikator; 12-qizdirgichdan gaz chiqarish quvuri qopqog‘i; 13-havo filtri; 14-havo kiritish qopqoqlarini ko‘tarish richagi; 15-havo balloni; 16-chelak; 17-sovutish tizimi radiatoriga quyish bo‘g‘zi tiqini; 18-moy radiatori; 19 va 28-generatorlar; 20-tortuvchi rolik; 21-gidrosistema bachogi; 22-ventilyatoryuritmasi muftasi; 23-kompressor; 24-dvigatelni to‘xtatish mexanizmi elektromagniti; 25-markazdan qochma moy filtri; 26-moy to‘ldirish bo‘g‘izi qopqog‘i; 27-qizdirgich; 29 va 32-havo olish quvuri; 30-havo kiritish va havo chiqarish qoqoqlari yuritmasi mexanizmi elektromagniti; 31-havo chiqarish va kiritish qopqoqlari yuritmasi mexanizmi; 33 va 41-yoqilg‘i baklari; 34-havo chiqarish qopqoqlari; 35-ventilyator kojuxi; 36-sovutish agregati ustki qopqog‘i; 37-sovutish tizimi radiatori; 38-kengaytirish bachogi to‘ldirish bo‘g‘izi tiqini; 39-kengaytirish bachogi; 40-sovutish agregati usti qopqog‘i tayanchi.


1.2 «Qurollar va texnikadan foydalanish bo‘yicha asosiy qoidalar»
Zirhli tank texnikalari va qurollardan foydalanishning asosiy tushunchalari foydalanishning asosiy tushuncha va vazifalari
Zirhli texnika va qurollardan foydalanish – bu texnikalarni foydalanishga tayyorlash, o‘z vazifasi bo‘yicha foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish, takmirlash, tashish va saqlashni o‘z ichiga oladi.
Foydalanishga tayyorlash texnik holatini tekshirish, texnik xizmat ko‘rsatishda kerakli tadbirlar o‘tkazish, o‘rnatilgan texnik zaxira (xizmat muddati), maklum sharoitlarda, joylarda, yil, kun va ob-havo sharoitlarida texnika va qurollardan puxta foydalanishni takminlash, hamda bu jarayon vaqtida kismga keltirilgan texnikalarni safga qo‘yish va qism ro‘yxatiga kiritish ham kiradi.
Safga qo‘yish – bu namunani qism ro‘yxatiga kiritish, bo‘linmalarga berish, foydalanishga tayyorlash va shaxsiy tarkibga biriktirish demakdir.
Texnika va qurollardan foydalanish – bu ulardan o‘z vazifasi bo‘yicha, belgilangan ko‘rsatkich parametrlariga va texnik xujjatlarga asoslanib foydalanishdir.
Texnik xizmat ko‘rsatish - bu namunalardan foydalanish, saqlash va tashish jarayonida texnik soz va foydalanishga tayyor holda ushlash maqsadida o‘tkaziladigan tadbir va ishlar majmuasiga tushuniladi.
Tashish – bu texnika va qurollarni boshqa joyga ko‘chirishga tayyorlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatib har xil transport vositalari yordamida belgilangan joyga etkazish va tushirishga aytiladi.
Saqlash – bu namunani maxsus tayyorlangan joyda, maklum muddatda uni texnik sozligini va foydalanishga tayyorligini ushlash maqsadida o‘tkaziladigan tadbirga aytiladi.
Texnik holati – namunani sozligi va ishga yaroqligi bo‘yicha aniqlanadi.
Texnik soz – bu namunani tegishli xujjatlar talabiga mos, to‘liq butlangan, o‘rnatilgan texnik zaxiraga ega, bundan tashqari texnik xizmat ko‘rsatish ishlari to‘liq va sifatli bajarilgan, barcha nuqson va kamchiliklari bartaraf etilgan.
Ishga yaroqli – namuna texnik xujjatlar talabiga javob bermasa, ham o‘tkazilgan texnik xizmat ko‘rsatish va takmirlash ishlari sifati va to‘liqligi namunadan foydalanishga taksir etmasligi.
Safga qo‘yish – bu o‘rnatilgan tartib bo‘yicha namunalarni qism ro‘yxatiga kiritish, bo‘linmalarga topshirish, shaxsiy tarkibni biriktirish va foydalanishga tayyorlash. Texnika va qurollar bilan to‘ldirish maqsadida qabul qilingan namunalar bo‘linmaga qism komandiri buyrug‘iga asoslanib tarqatiladi. Buyruqda quyidagilar ko‘rsatiladi:
- namunani nomi, markasi, turi;
- mashinaning qobig‘i va dvigatel raqami, zavoddan berilgan raqami;
- safga qo‘yilayotgan vaqtdagi texnik zaxirasi;-
- topshirilayotgan bo‘linma nomi;
- biriktirilayotgan shaxsiy tarkib familiyalari.
Safga qo‘yish haqida buyruq nomeri, kuni, ekipaj akzolari familiyalari yoki boshqa biron bir shaxslarni texnika va qurol-aslahalarga biriktirilganligi mashina formulyariga yoziladi. Buyruqga asoslanib bo‘linma komandirlari va shaxsiy tarkib o‘ziga biriktirilgan texnikalarni qabul qiladilar. YAngi texnika va qurol-aslahalari namunalarini qabul qilishdan oldin maxsus yig‘inlar tashkillashtiriladi. Yig‘in yakunida sinov o‘tkaziladi. Haydovchi (mexanik-haydovchi) yangi texnikalar olishdan oldin yoki boshqa xil mashinalarda qayta tayyorlash o‘quvlarini o‘tsa, imtihon topshiradilar. Namunalarga biriktirilgan shaxsiy tarkib foydalanishdagi havfsizlik choralari bilan tanishtiriladi. Bunday instruktajlar bo‘linma “Texnika havfsizliklari etkazish” jurnalida hisobga olinib boriladi. Bu jurnal bo‘linma komandirida saqlanadi va instruktaj o‘tkazuvchi shaxsga beriladi. Namunalarda ishlayotganda hvfsizlik choralariga rioya qilish nazoratini gurux komandiri yoki boshqa javobgar shaxslar amalga oshiradi. Mashinalar qabul qilingandan so‘ng bo‘linma komandiri rahbarligida shaxsiy tarkib texnika va qurollarni safga qo‘yishga tayyorlaydi. Texnika va qurollarni safga tayyorlash davomida texnikalar jangovar shay holatga keltiriladi. Safga qo‘yish buyrug‘iga asosan mashinalarga biriktirilgan raqamlar va bildiruv belgilari yoziladi. Raqami va bildiruv belgilari yo‘q texnikalardan foydalanish taqiqlanadi. Avtomobil texnikalarni va mototsikllarga raqam va bildiruv belgilari olish va biriktirish MV buyrug‘i va diretivalariga asoslanadi. Safga qo‘yishga qadar o‘rta yoki kapital takmirdan o‘tgan avtomobil, xamda muxandis texnikalari ishlab chiqarish zavodlari (takmirlash zavodi va qism) texnik talablariga muofiq obkatkadan o‘tkazilishi kerak. Obkatka o‘tkazilganligi xaqida mashina formulyariga yozib qo‘yiladi.Obkatka raqamlangan va belgilangan mashinalarda qisqa muddatlarda o‘tkaziladi. Harbiy inspeksiya tomonidan tekshiruv paytida, agar texnikalar obkatkadan chiqmagan bo‘lsa – ular qoniqarsiz bahoga baholanadi. Bo‘linma komandirlari texnikalarni safga qo‘yib ularni jangovar holatga keltirilganligi haqida qism komandiriga bildirgi beradi. Qism komandiri texnika va qurol-aslahalarni safga qo‘yishga va shaxsiy tarkibni texnikalardan foydalanishga tayyorligini tekshirishni tashkillashtiradi. Bundan keyingina, shaxsiy tarkib texnika va qurol-aslahalarni tantanali topshirish vaqti va tartibini etkazadi.
Texnika va qurol-aslahalarni tantanali topshirish qoida bo‘yicha, qism bayrog‘i olib chiqilib shaxsiy tarkibga beriladi. Tantanali yig‘ilishda qism komandirining texnika va qurol-aslahalarni safga qo‘yish haqidagi buyrug‘i o‘qiladi. Qism komandiri texnikalar biriktirilgan ekipaj komandirlari, haydovchi va boshqa javobgar shaxslardan bildirgi qabul qiladi va ularga mashina formulyarini (pasport) topshiradi. SHaxsiy tarkib namuna formulyariga (pasport) imzo qo‘yadilar va shu vaqtdan boshlab o‘ziga biriktirilgan texnika va qurol-aslahalarga to‘liq javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi. Agar tantanali ravishda texnika va qurol-aslahalarni shaxsiy tarkibga topshirishni iloji bo‘lmasa yoki topshirilayotgan texnikalar oz miqdorni tashkil etsa, batalgon komandiri o‘zi batalgon yoki vzvod shaxsiy tarkibi oldida safga qo‘yishi mumkin. Otish qurollari va shaxsiy tarkibga beriladigan shaxsiy buyum va vositalar bo‘linma komandirlari tomonidan topshiriladi. Generallar, ofitserlar, serjantlar qurol va shaxsiy tarkib buyumlarni qism omborxonalaridan oladilar. O‘q otish qurol markasi nomeri olinganligi va topshirilganligi shaxsiy guvohnomasiga yozib qo‘yiladi.

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish