O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA-MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
___________________________________________kafedrasi
___________________________________ fanidan
__________________________________________________mavzusida
KURS ISHI
Bajardi:___________________________
Rahbar:__________________________
BUXORO – 2022
MUNDARIJA
KIRISH................................................................................................................... 1.BOB Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda davlatni o’rni ………………………..
1.1 Davlatning iqtisodiyoti rivojlanishuviga aralashuv zarurligi va asosiy iqtisodiy funksiyalari…………………………………………………………………………
1.2 Bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solish vositalari…………...…..
1.3 Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining mazmuni va yo’llari …………………....
1.4 O’zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo’nalishlari................................................................................................................
2.BOB O’zbekistonda bozozr munosabatlarida iqtisodiyotning o’rni………….......
2.1 O’zbekiston bozor munosabatlarining shakllanishida o’ziga xos yo’li ………...
2.2 Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida strategik vazifalarning amalga oshirilishi…………………………………………………………………………….
XULOSA……………………………………………………………………………
KIRISH
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida 0 ‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimovning bevosita tashabbusi va rahbarligida har tomonlama puxta o‘ylab ishlab chiqilgan taraqqiyotning “0 ‘zbek modeli”ni izchil amalga oshirish orqali iqtisodiyotimiz misli ko‘rilmagan katta muvaffaqiyat va natijalarga erishdi. Jumladan, mustaqillik yillarida milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mus- tahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan meros bo‘lib qol- gan bir tomonlama xomashyo ishlab chiqarish bo‘yicha rivojlanish, paxta yakkahokimligi va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqa- rorlik mustahkamlandi, iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalari o‘rtasidagi muvozanatlik va mutanosiblik kuchaydi; bozor mexa- nizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Soliq, byudjet va tashqi iqtisodiy faoliyat sohalarida, bank tizimi faoliyatida mustahkam barqarorlik, davlat qarzini nisbatan past darajada ushlab turish ta’minlanib mam- lakatimizning jahon miqyosidagi obro‘-e’tiborini yuqori darajaga ko‘tarishga erishilmoqda.Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan modemizatsiya, tarkibiy o‘zgarish va diversifikatsiya natijasida yangidan-yangi zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish quwatlari ishga tushirilmoqda. Bu o‘zgarishlar va xalqimizning fidokorona mehnati natijasida yarati- layotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining ko‘payib, sifati tubdan yaxshilanib borishiga, aholi daromadlari va turmush darajasining keskin o‘sishi, ulaming ertangi kunga boigan ishonchi- ning tobora oshib borishiga olib kelmoqda. Ma’naviy jabhada ham tub o‘zgarishlar qilinib, jamiyat a’zolari ongida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi shakllantirildi. Ayni paytda, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Vazir- lar Mahkamasining 2017-yil 14-yanvarda bo‘lib o‘tgan kengaytiril- gan majlisida va boshqa majlislarda qilgan ma’ruzalaridan bizga shu narsa ma’lum bo‘lib turibdiki, mamlakatimizda erishilgan ulkan yu- tuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda xalqaro miqyosda va mamlakatimiz ichida o‘z yechimini topmagan muammolar, hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar ham juda ko‘p ekan.Bugungi kunda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etib turishi, dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan qarama- qarshiliklaming kuchayib borishi, jahon bozorida vaziyatning tez o‘zgarayotgani dunyoning ko‘plab mamlakatlarida investitsion faol- likning susayishi real iqtisodiyotda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati pasayib borishi ro‘y berib, jahon bozorida xarid talabining kamayishi davom etmoqda, ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda. Bundan tashqari mamlakatimizdagi ayrim sohalar, tarmoqlar va kompaniyalarda eksport hajmi kamayib, import hajmi oshib ketishi, ko‘plab kapital mablag‘lar sarflanishiga qaramay ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligining pasayib ketishi fan-texnika taraqqiyoti yuz berib, yangi texnika va texnologiyalar- ning kirib kelishiga qaramay ketgan xarajatlar va mahsulot tannarxi pasayish o‘miga aksincha, oshishi holati yuz berishi, valyuta mu- nosabatlarining tartibga solinmaganligi, naqd pul bilan naqd pulsiz hisob-kitoblar o‘rtasida farq mavjudligi kabi noxush holatlar sodir bo‘lib turibdi. Bu holatlar mamlakatimiz oldida turgan keng ko‘lamli dasturiy maqsad va vazifalar - islohotlarimizni yanada chuqurlashti- rish iqtisodiyotni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish, xususiy mulk, xususiy tadbirkorlikni kuchaytirish, iqtisodiy rivojlanish yo‘lida g‘ov bo‘lib turgan barcha to‘siq va chek- lovlami bartaraf etish, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlan- tirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmonida belgilangan vazifalar va muammolarni bartaraf etish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishni talab qiladi.Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, hayot- ning o‘zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini topish lozim bo ‘ lgan yangi va yanada murakkab vazifalami qo ‘ ymoqda. Ushbu muammolar va hayotning o‘zi oldimizga qo‘ygan murakkab vazifalami tezroq hal qilish, ulaming yechimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini chuqurroq tushunish ko‘p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa, bozor iqtisodi- yoti munosabatlarining mazmunini, ulaming talablari, ziddiyatli va chalkash xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlami yanada chuqurlashtirish, iqtisodi- yotni erkinlashtirish, tarkibiy o‘zgartirish, modemizatsiyalash va di- versifikatsiyalashning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir. “Iqtisodiyot nazariyasi” fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishi- lar va xo‘jaliklaming bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli mehnat qilish yo‘llarini va shakllarini o‘rgatadi.Jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlami bilish va ulaming amal qilishiga ongli munosabatda boiishda, mamlakatni demokrat- lashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jara- yonlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan bilimlami berishda «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining roli beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirish, ulaming ilmiy dunyoqarashini chuqurlashtirish va kengaytirish, iqtisodiy madani- yatini oshirish kabi muhim amaliy vazifalami bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda.“Iqtisodiyot nazariyasi” fani mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ulaming turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog‘liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulot- ning ko‘payishi, uning to‘g‘ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog‘liqligini ham o‘rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ulaming intellektual kamolotga erishuvida muhim rol o‘ynaydi.Doimiy o‘zgarib turuvchi ichki va tashqi iqtisodiy muhit, uning insonlar, korxonalar, mamlakatlar va butun dunyoga kuchayib boruv- chi ta’sirini kuzatib, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan xatti-harakatlar, iqtisodiy faoliyat jarayonlarini oldindan sezish va ko‘ra bilish, qisqa-
cha qilib aytganda, iqtisodiy ziyraklik - yuksak ma’naviyatli shaxs fazilatlaridan biri bo‘lib, uni chuqur iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarsiz tasavvur etish mumkin emas. Shuningdek, «Iqtisodiyot nazariyasi» fani kishilarning jamiyat iqtisodiy hayotini tashkil etish, unda faol ishtirok etish, yanada rivojlantirish borasida jamiyat va davlat oldi- dagi javobgarliklari, ya’ni iqtisodiy mas’uliyatlarini tarbiyalashda yetakchi o‘rin egallaydi. Biz qurayotgan erkin, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik fuqarolik jamiyatiga barcha jamiyat a’zolarida iqtisodiy madaniyatlilikni shakllantirish orqali erishishimiz mumkin. Bu esa amaldagi iqtisodiy qonunlar, qoi- dalar to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, o‘zlashtirilgan bilimlar asosida mehnat va ishlab chiqarish faoliyatlarini tashkil eta olish xususiyatini namoyon etib, uni faqat mazkur fan xizmatlari orqali ta’minlash mumkin.«Iqtisodiyot nazariyasi» fani faqat bilish bilan cheklanmay, balki iqtisodiy bilim va ko‘nikmaIarning turli darajadagi amaliy tat-biqi bilan ham shug‘ullanadi. U davlatning iqtisodiy siyosatini shakllantirish, iqtisodiy islohotlami samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan nazariy qoida va amaliy tavsiyalami ishlab chiqishda faol ishtirok etadi.«Iqtisodiyot nazariyasi» fanining bugungi kundagi ahamiyati yosh avlodda vatan va el-yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat hissini, turli mafkuraviy xurujlarga o‘z fikri bilan qarshi tura olish qobiliya- tini tarbiyalash kabi muhim vazifalami bajarish orqali tobora oshib bormoqda.«Iqtisodiyot nazariyasi» fanining ahamiyati uning metodologikvazifasi orqali ham namoyon bo‘lib, fanning o‘zi, tahlili va tamoyil- lari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanini chuqur o‘rganish, uning qoida va tushunchalarini bilish boshqa iqtisodiy fanlami o‘zlashtirish va yanada rivojlantirishning garovi hisoblanadi.Lekin hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyotining ichki sir-asrorlarini, uning haqiqiy qiyofasini, unda sodir bo‘lib turadigan nomutanosiblik, ishsizlik va inqirozlar kabi nohush voqea va hodisalaming sabablarini sinchiklab o‘rganishga intilayotgan o‘quvchi va talabalarimiz, iqtisodiyotning muammoli tugunlarini yechishga harakat qilayotgan rah- bar xodimlar, iqtisodchi mutaxassislar, bozor iqtisodiyoti bilan qiziqa- yotgan keng kitobxonlar ommasi talablariga javob beradigan o‘zbek tilidagi adabiyotlar, qo‘llanmalar, ayniqsa, oliy o‘quv yurtlari tala- balari uchun tayyorlangan darsliklar yetarli emas. Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yetishmasligi bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari va kollej- lardagi ahvol o‘rganilib, mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyevning Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-yanvarda bo‘lib o‘tgan ken- gaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida darslik, maxsus va badiiy adabiyotga bo‘lgan real ehtiyojni o‘rganib, turli darsliklami yaratish, ularni boshqa tillarga tarjima qilish, o‘quv yurtlari, kutubxona va axborot-resurs markazlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘ygan vazifalaridan kelib chiqib, “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo‘yicha mazkur darslik qayta tayyorlandi.Albatta, bu vazifaning uddasidan chiqish oson ish emas. Qo‘yilgan vazifaning murakkabligi shundan iboratki, shu davrgacha dunyodagi hech bir mamlakat iqtisodiy jarayonlami boshqarish va harakatlami uyg‘unlashtirishning bir mexanizmidan butunlay boshqasiga birdani- ga o‘tgan emas. Bu uzoq davmi talab qiladigan jarayon bo‘lib, alohi- da davrni taqozo qiladi. Uning hamma uchun bir xil bo‘lgan o‘lchami va nusxalari ham yo‘q.Shunday ekan, bozor iqtisodiyoti davrini va mamlakatimizda hozirgi davrdagi iqtisodiy islohotlami, o‘zgaruvchan xo‘jalik tizimini faqat AQSH yoki Yevropa mamlakatlarida mavjud bo‘lgan, ko‘plari eskirib ketgan, o‘z mamlakatlarida ham inqirozlaming oldini olish, iqtisodiyotni tartibga solish yo‘llarini ko‘rsata olmagan va munozarali bo‘lib, bizning real iqtisodiy hayotimizdan ancha uzoq bo‘lgan naza- riyalar asosida iqtisodiyotning rivojlanish yo‘lini yoritib bo‘lmaydi. Shuningdek, bizning iqtisodiy tafakkur tariximizda uzoq vaqt hukmron bo‘lgan, iqtisodiy hodisalarni asosan sinfiy nuqtai nazaridan va sinfiy kurash jihatlaridan olib qaragan, iqtisodiy taraqqiyotning umuminsoniy tomonlarini keyingi o‘ringa surgan eski marksistik yo‘nalishdagi aqida va qoidalarga asoslanib ham bozor xo‘jaligi hamda hozirgi zamon iqtisodiyoti dagi bir qator hodisalarni tushuntirib bo‘lmaydi. Barcha iqtisodiy tizimlarda davlat va bozor tizimi o‘ziga xos ahamiyat kasb etib, har biri mustaqil amal qiladi. Shu bilan birga turli iqtisodiy tizimlar bir-biridan iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlat va bozor rolining nisbati bo‘yicha keskin farqlanadi. Masalan, bir iqtisodiy tizim ko‘proq davlat tomonidan boshqarishga tayansa, boshqasi bozor mexanizmi orqali tartiblashga ustunlik beradi. Mustaqil taraqqiyot davrida «mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug‘diradigan muammolami hal etish zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo‘llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini toia oqladi»177.Ushbu bobda bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning rolini ochib berishga harakat qilinadi. Shuningdek, davlatning milliy iqtisodiyotdagi roli tahlil qilinib, keyin uning iqtisodiy vazifalari tavsifi beriladi. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usul va vositalari bayon etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |