O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Download 5,43 Mb.
bet4/71
Sana23.05.2022
Hajmi5,43 Mb.
#608566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
PED TEXNOLOGIYA MAJMUA

Tayanch so’zlar: Komunikatsiya va texnologiya assotsiatsiyasi, audivizualli komunikatsiya,pedagogik texnologiya va dasturli ta’lim, umumyapon pedagogik texnologiya markazi kengashi,o’qitish texnologiyasi.

O’tgan asrning 70 yillarida pedagogikada yuzaga kelgan «O’quv jarayonini to’liq boshqarish g’oyasi» pedagogik amaliyotda aniq maqsadlar va natijalarga yo’naltirilgan o’quv jarayonini boshqarish orqali didaktik muammolarni echish mumkinligini ko’rsatdi.


Bizning fikrimizcha, ta’lim jarayonida entsiklopedik bilimlar berish o’z ahamiyatini yo’qotib bormoqda. Insonlar faoliyati printsipial tarzda o’zgardi, ular texnologiyalarni boshqarishlariga, umumiy maqsadlariga erishish uchun tayyor bo’lishlariga to’g’ri kelayapti.
Zamonaviy kishi o’z kuchini yangi bilimlar, ko’nikmalar va malakalar olishga emas, balki tez eskiradigan va nofunktsional bilimlardan xalos bo’lishga yo’naltirishga majbur bo’layapti.
Ammo, ushbu fikr qanchalik paradoksal bo’lmasin, real ta’lim sharoitida o’quv maqsadlariga yo’naltirilgan va loyihalashtirilgan o’quv jarayonini tashkil etish kerakki, unda o’qituvchi va ta’lim oluvchilar davr o’zgarishini tushunib etishlari va bunga tayyor bo’lishlari lozim. Demak, o’quv jarayonini texnologiyalashtirish zaruriyati kelib chiqdi. Biz dastlab texnologiya tushunchasiga to’xtalamiz.
Texnologiya deganda sub’ekt tomonidan ob’ektga ko’rsatilgan ta’sir natijasida sub’ektda sifat o’zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, ob’ektga yo’naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi.
Ta’limni texnologiyalashtirishning asosini ta’lim jarayoni va ta’lim oluvchilarning berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o’quv natijalariga erishishlarini kafolatlash maqsadida to’liq boshqarishga yo’naltirilgan g’oyasi tashkil etadi. Bunday yondashishning mohiyati, ta’lim jarayonini tizimlashtirishdan, uni aniq rasmiylashtirilgan va qismlari bo’yicha aniq elementlarga ajratish yordamida maksimal shakllantirishdan iborat.
Tadqiqotlarda texnologiyalashtirish o’quv jarayonining qatnashuvchilarining (ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar) o’zaro harakati usuli va vositalari deb fikr yuritiladi. Ta’lim texnologiyasining elementlari-usullar, yo’llar, vositalar va shakllar quyidagilarga adekvat tanlanadi hamda qo’llaniladi:

  • Ta’lim maqsadlariga;

  • O’quv axborotining murakkabligiga va mazmuniga;

  • Ta’lim oluvchilarning yoshi, psixologik va fiziologik xususiyatlariga;

  • Ta’lim beruvchining pedagogik mahoratiga va individual xususiyatiga;

  • O’quv muassasasining moddiy ta’minlanganligiga.

Amerikalik olimlar R.Gane va L.Brigslar pedagogik texnologiya usulida dars o’tishning quyidagi shaklini taklif etganlar. Dars o’tishning usuli xususiy o’quv maqsadlariga erishishga hamda fikrlash tafakkurini mahsuldor darajasini rag’batlantirishga qaratilgan:

  1. Talabalar diqqatini jamlash.

  2. Talabalarga dars maqsadini etkazish.

  3. Kerakli bilimlarni esda qoldirish va ko’nikmalarni egallash zarurligini uqtirish.

  4. Ta’lim oluvchida qiziqishni uyg’otish, harakat qilishga undaydigan o’quv materialni taqdim etish.

  5. Talabaning javob harakatlarini ma’qullab, rag’batlantirish.

  6. Talabalarning o’zlashtirishidan xabardor bo’lib borish.

  7. Talabaning fikrlash (tafakkur) faoliyatini boshqarish, bilim va malakalari mustahkamlanishini rag’batlantirib borish.

  8. Talabalarning harakatini baholash.

F.S.Keller oliy o’quv yurtlari uchun pedagogik texnologiyaning usullarini individuallashtirilgan tizimini ishlab chiqdi. Keller rejasining muhim belgilariga quyidagilar kiradi:

  1. O’quv materiali mazmunini (oldin o’tilgan bilimning mazmuni haqida) talaba to’liq o’zlashtirib olishiga erishish.

  2. Har bir talaba o’zlashtirish tezligiga binoan alohida ishlashi.

  3. Ma’ruzadan talaba motiv hosil qilish va umumiy yo’naltirish uchungina foydalanish.

  4. O’quv axborotlarini bayon qilish uchun nashr etilgan o’quv qo’llanmalardan foydalanish.

  5. O’quv materiali bo’limlarining o’zlashtirilganini aniqlashdan assistent (aspirant, a’lochi, talaba)lar kuchidan foydalanish.


Download 5,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish