O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti «axborot texnologiyalari» kafedrasi


 Axborot tizimlarini qo‘llanish sohasi bo‘yicha sinflanishi



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/107
Sana22.04.2022
Hajmi2,4 Mb.
#572151
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107
Bog'liq
axborot tizimlari

8. Axborot tizimlarini qo‘llanish sohasi bo‘yicha sinflanishi
Qo‘llanish sohasi bo‘yicha 
axborot tizimlari moddiy ishlab chiqarish, 
ijtimoiy va boshqaruv sohasiga ajraladi. Ishlab chiqarish sohasida quyidagi 
yo‘nalishlar bo‘yicha axborot tizimlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 
mashinasozlik majmui, yoqilg‘i – energetika majmui, transport majmui, 
metallurgiya majmui, kimyo-o‘rmon majmui, transport majmui, metallurgiya 
majmui. 


Ijtimoiy sohada axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ajratiladi: 
sog‘liqni saqlash, nafaqa va ijtimoiy ta’minot, ta’lim, madaniyat va aholi dam 
olishi, ijtimoiy va sotsial hayot, xizmatlar va faxrli maishiy hayoti, savdo va 
umumiy ovqatlanish, kommunal xizmat, atrof-muhit muhofazasi. 
Boshqaruv sohasida axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 
ajratiladi: deputatlar korpusi va ijroiya hokimiyati, davlat boshqaruvi va statistika, 
tashqi iqtisodiy faoliyat, moliya organlari, bank tizimlari, huquqni muxrfaza etish 
organlari va hokazolarga xizmat ko‘rsatish. 
Faoliyat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha axborot tizimlari quyidagi yo‘na-
lishlarga ajratiladi: sanoat, transport, aloqa, qishloq xo‘jaligi va xokazo. 
Qo‘llanish doirasi bo‘yicha asosiy klassifikatsiyaviy (tasnifiy) belgi axborot 
tizimlari va texnologiyalarini qo‘llash sohasi bilan aniqlanadi. 
Mamlakat milliy iqtisodi ijtimoiy mahsulotni yaratish, iste’mol qilish yoki 
taqsimlashda ishtirok etuvchi iqtisodiy-tashkiliy ob’ektlarni (korxonalar, 
birlashmalar, konsernlar, va hokazolar) o‘zida aks ettiradiki, ular ham o‘z 
navbatida ishlab chiqarish va iqtisodiy-tashkiliy axborot tizimlariga bo‘linadi. 
Ishlab chiqarish tizimlarida mahsulot yaratish, loyihani ish-lab chiqish, 
ilmiy qoidalarni tayyorlash amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayonlarining 
me’yorida ishlashini boshqarish tizimi ta’minlaydi, unda ishlab chiqarish sohasida 
bevosita ishtirok etmaydigan mutaxassislar band. Ular faoliyatining sohasi – 
ishlab chiqarish jarayonlarini tashkillashtirish va boshqarish, ular talab etadigan 
zahiralarni ta’minlashdan iborat. 
Ishlab chiqarish tizimlari sinfini mahsulotning turli hayo-tiy sikli 
bosqichlariga muvofiq holda kichik sinflarga bo‘lish mumkin: ilmiy tadqiqot – 
loyihalash – ishlab chiqarish – sinovdan o‘tkazish. 
Ishlab chiqarish jarayonlari uchun axborot texnologiyalarini qo‘llash 
tegishlicha mehnat vositalari, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari, ilmiy 
tadqiqotlar, loyiha ishlari va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning 
kompleks avtomatlashtirish tizimlariga olib keladi. 
Texnologik 
jarayonlarni 
kompleks 
avtomatlashtirishda 
axbo-rot 
texnologiyalarini qo‘llash texnologik jarayonlarni avtomatlash-tirilgan boshqarish 
tizimi (TJ ABT), moslashgan ishlab chiqarish tizimlari (MIT ABT), transport-
omborxona tizimlari (TOT ABT)-ning yaratilishiga olib keladi. Bunday tizimlarni 
yaratishdan maq-sad-milliy iqtisod tarmoqlarini yuqori ishonchli mehnat vositala-
rini tadbiq etish hisobiga texnik qayta jihozlashni ta’minlash, ularni 
avtomatlashgan uchastka va texnologik jarayonlarga kompleks-lash, ishlab 
chiqarishga moslashuvchanlik, iqtisodiylik bag‘ishlashdir. 
Axborot texnologiyalarini ilmiy – tadqiqot loyihalarida, konstruktorlik 
ishlarida, texnologik tayyorlashda qo‘llash ushbu so-halarning avtomatlashgan 
tizimlari yaratilishiga olib keladi. 
Kompleks ITAT va LAT ilmiy-tadqiqot institutlari va loyiha tashki-
lotlarida fundamental tadqiqotlarni olib borish va texnika, texnologiya-larning 
yangi avlodlarini yaratishda foydalani-ladi. Bunday tizimlar tarkibiga sun’iy 
intellekt komponentlari (ekspert tizimlar, bilimlar bazasi, multimedia vositalari) 
va ishchi stansiyalari lokal tizimlari va tadqiqotchi hamda konstruk-torlarning 
avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari (AIU) kiradi. 
Axborot texnologiyalarini ilmiy-tadqiqotlar, loyiha-konstruktorlik ishlari va 
ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashdan asosiy maqsad «tadqiqot loyihalash – 


konstruktorlash – ishlab chiqarishga tayyorlash» hayotiy siklining barcha 
bosqichlarida mahsulot ishlanmalari va texnologiyasini o‘tkazish sifati, 
foydalanish harakteristikasi, texnologiyasi, yangi mahsulot ilmiyligi jihatini 
oshirish, nomenklaturani kengaytirish, tajribaviy ishlab chiqarishni qisqartirishdan 
iborat. 
Boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy tizimlarida ob’ekt sifatida iqtisodiyotni 
boshqarishning barcha bosqichlarida amalga oshirila-digan ishlab chiqarish, ijtimoiy-
iqtisodiy funksional jarayonlar xizmat qiladi. Axborot tizimlari bosh-qarish xizmatlari 
xodimlarining ax-borot xizmat ko‘rsatish tizimlari bo‘lib, axborotni to‘plash, 
saqlash, uzatish va qayta ishlash bo‘yicha texnologik vazifalarni bajaradi. U konkret 
iqtisodiy ob’ekt uchun qabul kilingan metodlar va tuzilmaviy boshqaruv faoliyati 
tomonidan belgilangan reglamentda shakllanadi va ishlaydi, uning oldida turgan 
maqsad va vazifalarni bajaradi. 
Tashkiliy – iqtisodiy tizimlar halq xo‘jaligida qabul qilgan boshqarish organlari 
tuzilmasiga muvofiq kichik sinflarga bo‘linmasligi mumkin. 
Tashkiliy-iqtisodiy tizimlarda barpo etilgan avtomatlashgan axborot vositalari 
axborotni qayta ishlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun mo‘ljallangan 
axborot, iqtisodiy-matematik metodlar va modellar, texnik, dasturiy, texnologik 
vositalar va mutaxassislar yig‘indisini o‘zida aks ettiradi. 

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish