O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 1,07 Mb.
bet66/113
Sana25.03.2022
Hajmi1,07 Mb.
#509354
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   113
Bog'liq
KOUCHING MARUZALAR

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
5A110902-PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA MUTAXASSISLIGI I BOSQICH MAGISTRANTI


SOBIROV ULUG’BEKNING


SHAXS PSIXOLOGIYASI VA KOUCHING FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
BUXORO-2021
MAVZU: PSIXOLOGIK KOUCHING O’TKAZISH VA KOUCH SHAXSI
REJA:
KIRISH

  1. BOB. KOUCHING O’TKAZISH SHART-SHAROITLARI

    1. Kouching kimlarga tavsiya qilinadi

    2. Mijoz shaxsiga qo’yiladigan talablar

    3. Mijozning individual xususiyatlari va uning motivatsiyasi

    4. Kouchning shaxsiy sifatlari va kasbiy bilim, malakalari

    5. Kouching psixotexnikasi va metodlarini egallash

    6. Kouch shaxsiy muvaffaqqiyatlari va o’zini o’zi rivojlantirish zaruriyatlari

I Bob bo’yicha xulosa



  1. BOB. KOUCH SHAXSIGA QO’YILADIGAN TALABLAR.

    1. Kouch shaxsi ko’maklashuvchi omil sifatida.

    2. Emotsional stabillik va obektivlik

    3. Boshqa insonlar ishonchini qozonish qobiliyati

    4. O’zga insonlar qadryatlariga hurmat

    5. O’zini o’zi yaxshi tushunish

    6. Diqqatlilik va tinglash qobiliyati

    7. Kouch shaxsni kasbiy faoliyatiga ta’siri

II Bob bo’yicha xulosa


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KOUCHING O’TKAZISH SHART-SHAROITLARI
Psixologik Kouchinglar tabiiy va maxsus tarzda uyushtirilgan bo’ladi. Maxsus tarzda uyushtirilgan Kouchingda alohida vaziyatlar va o‘yin ishtirokchilarining shaxsiy ehtiyojlari, ularda individual shakillanishi zarur bo‘lgan sifatlar katta rol o’ynaydi va shaxs ataylab u yoki bu ijtimoiy psixologik vaziyatga o‘zgalar tomonidan tushurilishi haqida oldingi bo’limlarda ham keltirib o’tgan edik. Kouching mashg‘ulotlari uchun maxsus vaziyat, aniq maqsad, shaxsiy ehtiyojlar hamda mashg‘ulotlarni o‘tkazuvchi shaxs yoki boshlovchi bo’lishi zarur.
Eng muhimi guruhni tashkil qilish bosqichi bo’lib, bunda quyidagi jihatlarga e’tibor berish kerak:
 Har qanday Kouchingda (faqat nogironlar bilan o’tkaziladigan maxsus Kouchinglarni hisobga olmaganda) tashqi jismoniy defektga ega bo’lgan va psixik holatida buzilishlar bo’lgan kishilar ishtirok etmasligi lozim. Negaki, bunday holatlarda aynan ana shunday kamchilikka ega bo’lganlarda aks ta’sir bo’lishi ehtimoli kuchliroqligi har qanday mutaxassis uchun tushunarli bo’lsa kerak.
 guruh a’zolarining soni 8 tadan 12 tagacha (ba’zi hollardagina 20 tagacha) bo’lgani ma’qul.
 ishtirokchilarning yoshi iloji boricha taxminan teng bo’lishi, ya’ni ular orasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi mumkin (Alohida qayd etish lozim, 45-50 yoshdan kattalar uchun Kouching juda katta va ahamiyatli ta’sirga ega bo’lmasligi va ular kutganchalik natija bermasligi ham mumkin).
 ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng bo’lishi kerak.  Bundan tashqari yana quyidagilarga ham e’tibor berish lozim bo’ladi:
 Kouchingda muammosi bir xil bo’lgan odamlarni to’plash kerak.
 Kouching ishtirokchilari iloji boricha bir-biriga notanish bo’lishlari lozim.
 Kouching o’tkaziladigan xona albatta izolyatsiyalangan bo’lishi shart, ya’ni hech kim ularni bezovta qilishi mumkin emas va ular ham boshqalarga halaqit bermasligi kerak.
 Rasmiylashgan guruh bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim.
 Kouchdan auditoriya erkin bo’lishini ta’minlash va auditoriyani yaxshi bilish talab etiladi.
Kouchingda metodik qo’llanmalarni tadbig’ qilishda Kouching yo’nalishini tanlanishi quyidagi omillarga bog’liqdir:

  • Kouching mundarijasi.

  • Guruhning o’ziga xosligi.

  • Holatlarning o’ziga xosligi.

  • Kouchning imkoniyatlari.

Kouching boshlanishidan oldin qoidalari (qonunlar) qabul qilib olinadi. Kouching — emotsiyaga boy, noan’anaviy mashg’ulot bo’lib, shaxsning muloqot usulini o’zgartirish, uyg’unlashtirishga, shaxslararo munosabatlarni yaxshilash, boshqa odamlar bilan muloqotda yuzaga keladigan qarama-qarshiliklarni hal etishga yo’naltirilgan. Kouching maqsadlari inson psixologiyasining murakkab jarayonlariga, nozik tomonlariga ta’sir etishi mumkin, shuning uchun kouchning ishini qimmatbaho toshga ishlov berayotgan zargar mehnati bilan taqqoslashgan. Shuningdek, kouchning zargarlik mahorati guruhda intizomni (ayniqsa guruh maktab yoshidagi bolalar va o’smirlardan tashkil topgan bo’lsa) o’rnatishdan, Kouchingni yangi goyalarniqollash bilan boshlanadi. Kouching qoidalari yoki qonunlari guruh ichidagi jarayonlarni nazorat qilish va tartibga keltirish uchun xizmat qiladi. Bu qonunlarni qo’llash Kouching qatnashchilari uchun yordam bo’ladi va aksincha, agar kouch bularga e’tibor bermasa Kouching guruhi “bo’linib ketishi” yoki qatnashchilarni ko’ngliga “jarohat” yetkazishi mumkin. Shuning uchun Kouchingni tashkiliy bosqichida kouch tomonidan ishtirokchilarga Kouchingni asosiy quyidagi qoidalariga rioya qilish kerakligi tushuntiriladi.
Kouchingning asosiy qonunlari:
1. “00” qonuni. Barcha ishtirokchilar mashg’ulot boshlanishiga va tanaffusdan keyin kechikmay kelishlari, bunda kouch ularga namuna bo’lishi kerak. Kouching boshlovchisi faqatgina Kouchingni boshqarmasdan guruh bilan birgalikda tahlil qiladi va o’zini tutishi va muloqoti bilan qatnashchilarga namuna bo’ladi.
2. “Mikrofon” qonuni. Kimning qo’lida mikrofon bo’lsa o’sha odam gapiradi. Mikrofon sifatida mashq o’tkazish vaqtida aylana bo’yicha har bir ishtirokchiga uzatiladigan biror bir yumshoq o’yinchoqdan, oddiy marker yoki ruchkadan foydalanish mumkin.
3. “Faollik” qonuni. ‘Siz biror bir mashqni bajarishda ishtirok etmasligingiz mumkin. Bu siz vazifani bajara olmaysiz degani emas, balki siz chetdan turib kuzatmoqchisiz. Bu haqida avvaldan ma’lum qilish kerak bo’ladi. Lekin guruhdan bir kishining chiqib ketishi shu guruhning ishiga ta’sir qilishini ham e’tiborga olish kerak bo’ladi.
4. “Faqat o’z fikrini bayon etish” qonuni. Bu qonun o’zining fikrini birinchi shaxs nomidan bayon etish, ya’ni “Mening fikrimcha, men his qilaman, mening o’ylashimcha...”. Har bir ishtirokchi guruhninig boshqa qatnashchilarining fikrlarini bilmaydi. Guruh nomidan gapira olmaydi, shuning uchun ko’pchilik, ya’ni “biz” deb boshlanadigan fikrlar mumkin emas.
5. “Guruhning barcha qatnashchilariga hayrixoh munosabatda, xushmuomala bo’lish” qonuni. Ushbu qonun quyidagicha talqin qilinadi:
“Barchamizning afzallik tomonlarimiz va kamchiliklarimiz bor. Kouching vaqtida boshqalarning xususiyatlariga sabrli bo’lish kerak. Agar sizni nimadir qoniqtirmasa, hech bir ishtirokchiga zarar yetkazmagan holda bu haqida kouchga ma’lum qiling”. Bu qonun ayniqsa o’smirlar guruhida muhimdir. Kouching vaqtida bir-birini familiyasi va laqabi bilan atash mumkin emas.
6. “O’z ismini aytish” qonuni. Agar Kouching qatnashchilari bir-biriga notanish bo’lsa har bir chiqish oldidan o’z ismini aytishi kerak bo’ladi.
7. “Muloyimlik” qonuni. Barcha qatnashchilar bir-birlariga xushmuomalalik bilan va o’zlarini taqdim qilganda aytgan ismlari bilan murojaat qilishlari kerak bo’ladi.
8. “Shu yerda va hozir” qonuni. Ayni vaqtda va shu yerda bo’layotgan jarayonning, shuningdek, qatnashchilarning his-tuyg’ulari, kechinmalari va munosabatlarini Kouching doirasida ko’rib chiqish va ularni kelajak yoki o’tmish bilan bog’lamaslik kerak. Bu qoida guruhning har bir qatnashchisiga mazkur Kouching vaqtidagi kechinmalarni anglab yetish imkonini beradi.
9. “Konfidensiallik” qonuni. “Kouching vaqtida sodir bo’ladigan barcha holatlar, vaziyatlar faqat shu yerda va faqat Kouching qatnashchilari bilan muhokama qilinadi va tashqariga chiqmaydi”. Bu qonun Kouching qatnashchilariga o’z fikrlarini erkin bayon etish imkonini beradi.
10. “Ishtirokchi sifatida faqat o’zini taklif etish” qonuni. Ko’p hollarda ba’zi ishtirokchilar biror bir mashqda ishtirok etishni xohlamasdan boshqa ishtirokchilarni taklif etadilar. Bu esa boshqalarga ham ta’sir ko’rsatib, Kouchingning muvaffaqiyatli tugashiga aks ta’sir etadi. Shuning uchun bu qonunni Kouching boshlanishidan avval tanishtirish kerak bo’ladi.
11. “Seminarning boshidan oxirigacha qatnashish” qonuni. Bu ishtirokchilarda mas’uliyatni vujudga keltirish uchun zarur bo’lgan tamoyildir.
12. “Ixtiyoriylik” qonuni. Seminarda o’z mulohazalarini bayon qilish, munozaralarda, o’yin va mashqlarda ishtirok etishda ixtiyoriylikni joriy qilishi mumkin.
13. “Vaqtni tejash – sarishtalik” qonuni. Guruh ishtirokchilari Kouching mashg’uloti davomida gaplarini imkon qadar qisqa, lo’nda ifodalashi, mavzu doirasidan chetga chiqib ketmasligi lozim.
14. “Shaxsni baholamaslik” qonuni. Har bir ishtirokchi o’z fikr mulohazalarini, hissiyotlarini bayon qilishi mumkin, biroq bunda boshlovchi va qolgan ishtirokchilar hikoyadagi vaziyatnigina muhokama qilishlari kerak va so’zlovchining o’sha paytdagi xulq-atvori, hatti-harakatini baholashdan qochishlari kerak. M: “o’sha paytda siz jahlga berilmasligingiz yoki bunday demasligingiz kerak edi” va hokazo. Buning o’rniga bunaqa vaziyatda men bunday qilardim yoki deyardim kabi variantlarda so’zlashish yoki fikrini bildirish so’raladi.
Qoshimcha tarzda shuni ta’kidlash kerak Kouchingda ishtirokchilar birbirlariga do’stona munosabatda bo’lishi, bir-birlarining hissiyotlarini hurmat qilishlari kerak (M: ketishi kerak bo’lib qolsa albatta boshlovchini ogohlantirishi va aksincha). Bundan tashqari kouch tomonidan quyidagilar alohida ta’kidlab o’tilishi shart.
- Birovning fikrini umuman noto’g’ri deb hisoblagan yoki unga qo’shilmagan taqdirda ham uni to’xtatib qo’yish yoki ustidan kulishga hech kimning haqqi yo’q.
- Ishtirokchilar bir-birini masharalashi yoki g’ururiga tegadigan gaplar aytishi mumkin emas.
- Ishtirokchilar ham, boshlovchi ham, agar savol uning shaxsiy hayotiga tegishli bo’lsa, javob bermaslik huquqiga ega.
- Boshlovchiga savollar va fikrlar anonim tarzda berilish imkoniyati yaratilishi shart. Lekin bu haddan tashqari chegaradan chiqish imkonini bermasligi, ya’ni boshlovchining shaxsiyatiga tegish kabilarga yo’l qo’yilmasligi ta’minlanishi kerak. Me’yorlarni mashg’ulot o’tkazishdan avvalroq katta qog’ozga yozib, xonaga osib qo’yish yoki guruh a’zolari bilan birgalikda “Aqliy hujum” usuli orqali aniqlashtirib olish maqsadga muvofiq. Bu birinchi guruhiy kelishuv hisoblanadi. Bunda shu narsa muhimki, har bir kishining fikrini albatta eshitish, nima uchun bu tamoyilga xayrixohligi yoki noroziligini izohlashini so’rash lozim. Tamoyillarni tasdiqlashni ovozga qo’yish kerakmas. Agar kimdir guruhning fikriga norozi bo’ladigan bo’lsa, uni ko’ndirishga harakat qilish yoki guruh boshqa qarorga kelishi lozim bo’ladi. Chunki uning fikrini inobatga olmaslik - guruhdagi psixologik iqlimga salbiy ta’sir etishi aniq. Ya’ni fikri inobatga olinmagan ishtirokchida norozilik holati paydo bo’ladi va bu uning Kouchingdagi butun ishtiroki davomida negativ holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari unda ruhiy tushkunlik, o’z-o’zini baholashning pasayishi va hokazolar ham paydo bo’lish ehtimolini tug’diradi.
Kouching qonunlarining maqsad va vazifalari.
1. Kouching guruhini umumiy qonunlar asosida jipslashtirish.
2. Guruhiy Kouching o’tkazishning asosiy tashkiliy tartibini belgilab berish.
3. Qabul qilingan qonunlar asosida guruhni boshqarish imkoniyati.
4. Kouching qonunlarining Kouching maqsadi va vazifalariga yo’nalganligi guruhning qo’yilgan maqsadga erishishiga yordam beradi.
Kouchingni moddiy texnik jihozlash.
Odatda Kouching mashg’ulotlari maxsus xonalarda yoki maxsus tanlangan joylarda (tabiat quchog’ida) o’tkaziladi. Lekin joyning tayyorlanishidagi asosiy talab shuki, shu guruh a’zolari bir biriga hissiy yaqin bo’lishlari o’zaro bevosita ta’sir ko’rsatish yoki ko’zlariga boqish imkoniyatlariga ega bo’lishi kerak.
Kouching mashg’ulotlari uchun maxsus vaziyat aniq maqsad, shaxsiy ehtiyojlar hamda ana shunday mashg’ulotlarni o’tkazuvchi bo’lishi lozim. Yana boshlovchida zarur Kouching mashg’ulotlari muvaffaqiyatli bo’lishi uchun ayrim tomonlarga aniq bo’ysunish va boshqarish malakasi mavjud bo’lishi lozim. Kouching muloqotlarida yana bir umumiy jihat borki, bunda muloqot yoki ishtirokchilari o‘rtasida samimiy, iliq munosabatlar o‘rnatilishi, ular bir-birlariga ishonishlari lozim. Buning uchun boshlovchi o‘yin boshida shunday sharoit yaratadiki, natijada ishtirokchilar bir-birlarini tanib, iliq munosabatlarga moyillik sezishlari shart. Kouchingning asosiy ustanovkasi: rolli o`yin shaklida bo’lib, rolli vaziyatni idrok etishni tashkil qilish mutlaqo zarur, chunki Kouching qatnashchilarida kouchning yordamida o`yinda yaratilgan vaziyatlarga nisbatan individual munosabatini uyg`otish zarur. Kouchingni o`tkazish davomida uni qatnashchilarining shaxsiy muloqot usullarini o`zining boshqalarga nisbatan pozitsiyasini yaqqol anglashtiruvchi vaziyatni rag`batlantirish joiz.

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish