1.1.Djordj Kellining shaxs kognitiv nazariyasi
Kellining eng mashhur ilmiy ishlari - bu ikki jildlik "Shaxsiy qurilish psixologiyasi" (1955). Shaxsiyat kontseptsiyasining nazariy formulalarini va ularning klinik qo'llanmalarini tavsiflaydi. Kelli ishining boshqa jihatlari bilan tanishishni istagan talabalarga quyidagi kitoblar tavsiya etiladi: "Shaxsiyat tuzilishi nazariyasidagi yangi yo'nalishlar"; "Shaxsiy qurilish psixologiyasi" va "Shaxsiy qurilish psixologiyasini rivojlantirish".
Shaxsga doir kognitiv nazariya gumanistik maktab vakillari qarashlariga yaqin bo‘lsada, muhim tafovutlarga ham ega. Kognitiv nazariya asoschisi deb amerikalik psixolog Dj.Kelli (1905—1966) tilga olinadi. Uning fikriga ko‘ra odam faqat bir narsani - hayotda nima ro‘y berganini va ro‘y berishi mumkinligini bilishni istaydi. Shaxs taraqqiyotining asosiy manbai, Kelli fikriga ko‘ra, ijtimoiy muhit. Kognitiv nazariya inson xulqiga intellektual jarayonlar ta‘siriga alohida urg‘u qo‘yadi. Mazkur nazariyada har bir odam bo‘lajak hodisalarni oldindan bilish imkoniyatini beradigan ashyolar tabiati to‘g‘risidagi farazlarini tekshiruvchi olimga qiyoslanadi. Har qanday hodisa ko‘p karra talqin etilish imkoniyatiga ega. Ushbu yo‘nalishdagi asosiy tushuncha ―konstrukt‖ tushunchasidir (ing. construct — qurmoq). Bu tushuncha ma‘lum bilish jarayonlar xususiyatlarini (idrok, xotira, tafakkur, nutq) qamrab oladi. Konstruktlar sharofati tufayli odam nafaqat olamni anglaydi, balki shaxslararo munosabatlarni ham o‘rnatadi. Mazkur munosabatlar negizida yotgan konstruktlar shaxsga doir konstruktlar deb nomlanadi (Fransella F., Bannister D., 1987).
Konstrukt — bu odam o‘zini va o‘zgalarni idrok etish usulini belgilaydigan o‘ziga xos klassifikator qolipdir. Kelli nuqtai nazariga binoan, har birimiz faraz qilamiz va uni tekshirib yashaymiz, bir so‘z bilan aytganda, xos konstruktlar (klassifikator) yordamida ko‘rib turgan odamimiz aqlli yo aqlli emasligi, qobiliyatli yo qobiliyatsiz ekanligi va h.,ni aniqlash muammosini hal qilish bilan shug‘ullanadi. Har bir konstrukt «dixotomiya» (ikki qutbga)ga ega;
«aqlli/aqlli emas», «qobiliyatli/qobiliyatsiz» va h. Odam hodisa tavsif etadigan ehtimolli yakunni aniqroq ifodalaydigan dixotomik konstrukt qutbini ixtiyoriy ravishda tanlaydi, ya‘ni bashorat qilish imkonini beradigan konstruktdan foydalanadi. Ayrim konstruktlar tor doiradagi hodisalar tavsifini berish uchun yaroqli bo‘lsa, boshqalari keng qo‘llanilish ko‘lamiga ega.
Masalan,
―aqlli/ahmoq‖ konstrukti ob-havo tavsifini berishga yaroqsiz bo‘lsa, yaxshi/yomon‖ konstrukti turmushimizning barcha hodisalarini tavsif etish imkonini beradi.
Odamlar bir-biridan nafaqat konstruktlar miqdori bilan, balki ularning joylashuvi bilan ham farq qilishadi. Ongda tezkor o‘zini namoyon qiladigan konstruktlar dinat, sekinroq namoyon bo‘ladigan konstruktlar — subordinat deb nomlanadi. Masalan, kimgadir duch kelganda uni aqlli yoki ahmoq nuqtai nazaridan baholayotgan bo‘lsangizda, birozdan so‘ng mehribon yo jahldor deb baholayotgan bo‘lsangiz sizning ―aqlli/ahmoq konstruktingiz dinat, ―ezgu/yovuz konstruktingiz subordinat sanaladi.
Odamlar o‘rtasidagi do‘stlik, muhabbat va h., kabi normal munosabatlar odamlar konstruktlari monand bo‘lsagina vujudga kelishi mumkin. Tasavvur qilib ko‘ring, ikki kishi muvaffaqiyatli munosabatga kirishmoqchi bo‘lganda birida ―axloqli/axloqsiz konstrukti ustivor bo‘lsa-yu, boshqasida bunday konstruktning o‘zi bo‘lmasa nima ro‘y berishi mumkin.
Konstruktlarga doir tizim statik (o‘zgarmas) hosila emas, u hayotiy tajriba ta‘siri ostida muttasil o‘zgarib turadi, ya‘ni shaxs butun hayoti davomida shakllanadi va taraqqiy etadi. Shaxsda ―ong ustivorlik qiladi.
Ongsizlik olis (subordinat) konstruktlarga taalluqlidir. Mazkur konstruktlardan odam olamning idrok etilayotgan hodisalarini talqin etishda kamdan-kam foydalanadi. Kelli shaxs erkinligi cheklangan deb hisoblaydi.
Inson hayotida davomida shakllangan konstruktlar tizimi cheklovlarga aylanadi. Biroq u odam hayoti butkul determinatsiyalashgan (belgilangan) deb hisoblamagan. Har qanday vaziyatda odam muqobil bashoratlarni yaratish imkoniyatiga ega.
Tashqi olam – ezgu ham, yovuz ham emas – u biz miyamizda qanday tasavvur
qilsak – shunday. Kognitivistlar fikriga ko‘ra odam taqdiri o‘z qo‘lidadir.
Insonning ichki olami sub‘ektiv bo‘lib, uning ichki olami uning tasavvuri
hosilasidir va odam tashqi olamni o‘z ichki olami voqeligi orqali talqin
qiladi. Mazkur kontseptsiyaning ustivor unsuri shaxsga doir
konstruktlardir. U, o‘z navbatida, ikki darajalidir:
Do'stlaringiz bilan baham: |