O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti Pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti Til nazariyasi va metodikasi kafedrasi Sobit Avezov, Tavakkal Choriyev



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/84
Sana20.03.2022
Hajmi0,91 Mb.
#504420
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   84
Bog'liq
til va nutq ostirish metodikasi

2.Guvrash davri
. Bu davrga 2,5-3 oylikdan 5-6 oylikkacha 
bo’lgan payt kiradi. Bu oylarda bolalarda sezish qobiliyatini yanada 
o’stirish va idrok eta bilishni tarkib toptirish uchun zarur bo’lgan 
sharoitlarni yaratish lozim. Bola bu davrda ba'zi bir buyumlarni (shisha 
va shiiildoq) farq qila boshlaydi, o’ziga yaqin kishilarni begonalardan 
ajrata boshlaydi, onasini va o’ziga yaqin kishilarni ko’rgan zahoti 
taniydi. 
Bolada tovushlarni diqqat bilan tinglash va bir-biridan farqlash 
qobiliyati o’sa boshlaydi, tanish tovush diqqatini darrov o’ziga jalb 
etadi, tinchlantiradi va quvontiradi. 
Bola 4 oylik bo’lganida shiqildoq tovushiga yoki ko’rinmasdan 
chaqirayotgan qishi ovoziga boshini buradi va uni topib oladi. 
Bu oyda bola diqqatini musiqaviy tovushlarga jalb etish kerak. 
Qo’shiqlar, musiqaviy o’yinchoqlarning ohangdor jaranglashi bolada 
quvnoq kayfiyat qo’zg’aydi, uning diqqatini kattalarning musiqa 
sadosiga uyg’un suratda bayroqcha, ro’molcha bilan ijro etiladigan 
harakatlarga jalb etadi. 
Bola to’rt oylik bo’lganida kikirlab kuladi, u o’zi bilan har kuni 
muomalada bo’ladigan kishilarga juda ham o’rganib qoladi. Shuning 
uchun bolaga tez-tez so’z o’rgatib turish kerak. Kattalar bolalar bilan 
muomala qilish jarayonida bolada tovushga javoban tovush chiqarish 
qobiliyatini paydo qilish va o’stirish kerak. Bola 3 - 4 oylik bo’lganda 
uning "gugu" lashiga (g-g, bu-u), 4, 5 oylik bo’lganda esa: "ma-ma", 
"da-da", "buv-buv", "baba", "aya", "ya", "a-na" kabi unli tovushlar 


37 
ko’proq, bo’lgan bo’g’inlarni takrorlashiga ahamiyat berish kerak. 
Bolada "gugu" lash qobiliyatini o’stirishga harakat qilish uning tili 
chiqarishiga yordam beradigan artikulyatsiya apparatining o’sishiga va 
tovushga quloq sola bilish faoliyatiini rivojlantirishga imkon yaratadi. 
Bu davrda bolalar bilan nutqni rivojlantirish bo’yicha maxsus 
mashg’ulotlar o’tkazish tavsiya etiladi. Bu mashg’ulotlarning asosiy 
maqsadi:
1. Bolalardagi quvnoq kayfiyatni quvvatlash. 
2. Javob tovushlarini vujudga keltirish. 
3. U bilan quvnoq gaplashayotgan kishini qidirib topishga 
o’rgatish. 
Shunday qilib, mashg’ulotda ham, bolalar bilan bo’ladigan 
munosabatlarda ham bolalarda ijobiy emotsional holatlarni vujudga 
keltirish, eshituv idrokini va tovushlarga taqlid qilish malakasini 
rivojlantirishga katta e'tibor berilishi lozim. 
Rejim daqiqalarida ham va mashg’ulotlarda ham bir xil maqsad va 
vazifalar qo’yilishiga qaramasdan, bir qancha ahamiyatli farqlar ham 
bor. 
Mashg’ulotlarni kunning ikkinchi yarmida bolani chiniqtirishdan 
40 - 60 daqiqa o’tgach o’tkazish taklif etiladi. Nutqni rivojlantirishda 
oldindan qaysi bolaning qaysi tomoniga ahamiyat berish kerakligi 
belgilab olinadi. Mashg’ulot har kuni 4 marta 3-6 daqiqadan o’traziladi. 
Har bir mashg’ulotda bir necha ta'sir etish usullaridan navbat bilan 
foydalanish ko’zda tutilishi va ular o’rtasidagi pauza (dam olish) 30 
soniyadan iborat bo’lishi kerak. Bu pauzada bolaga tovushni talaffuz 
etish imkoni beriladi. Avval bola bilan quvnoq "gaplashiladi"
("ma-ma-ma"), so’ngra uning tepasida bir necha daqiqa jim turiladi, 
keyin o’yinchoq, shaqillatiladi va bola bilan yana bir marta quvnoq 
“gaplashiladi". 
Agar bola katta kishi tomonidan talaffuz etilgan ("ma-ma-ma-ma") 
bo’g’inni takrorlasa, unga kulib boqib (tasdiq ma'nosida), silab qo’yish 
va yana bir marta quvnoq ohangda mashqni takrorlash kerak. 
Mashg’ulotning oxirida ota yoki ona (tarbiyachi-hamshira) bolaning 
harakatini yana bir marta tasdiqlaydi. Tasdiqlash vaqtida so’zlarni to’liq 
aytish kerak. 
3. 

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish