O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligi Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Tarjimonshunoslik va Lingvodidaktika kafedrasi 11-2 ghtf-19-guruh talabasi Boboyeva Mehribonuning



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana26.02.2022
Hajmi0,51 Mb.
#471536
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-2 GHTF-19-guruh talabasi Boboyeva Mehribonu



O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta 
maxsus ta’lim Vazirligi Buxoro davlat 
universiteti Xorijiy tillar fakulteti 
Tarjimonshunoslik va Lingvodidaktika 
kafedrasi 11-2 GHTF-19-guruh talabasi 
Boboyeva Mehribonuning 
 “Milliy so’zlar tarjimasi xususiyatlari” 
mavzusidagi 
KURS ISHI 
 
 
 
Ilmiy rahbar: Solixova N.N 
 


Mundarija: 
1.
Milliy so’zlarning tarjimada berilishi. 
2.
Xos so’zlarni tarjima qilish uslublari. 
3.
Tarjimaga ko’chgan so’zlarning ma’no va tushunchasi 
4.
Milliy madaniy so’zlarni tarjimasi 
5.
Milliy til haqida 
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 



 
Barchamizga ma’lumki, tarjima o’ta nozik jarayon bo’lib bunda tarjimon bor 
mahoratini ishga solib uni qayta yaratishustida tinimsiz samarali izlanishlar olib 
borishi talab etiladi. Uning dolzarbligi shundaki, kitobxon uchun notanish 
bo’lgan asar albatta tarjimon orqali yetib keladi va bu asardan ma’naviy ozuqa 
olishda yoki umumiy tasavvurga ega bo’lishda qayta yaratilgan asaning asliga 
muqobilligi juda muhimdir. Shunday bir fikr bor: Tarjima bilan 
shug’ullanuvchi shaxs, ya’ni tarjimon ikki til, ikki millat o’rtasidagi ko’prikdir, 
uning tarjima qilish qobiliyati orqali xalqning, millatning eng nozik qirralari aks 
ettiriladi. Darhaqiqat, butun bir xalqning madaniyati, turmush tarsi, an’analari 
va dunyoqarashi albatta uning tilida namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham bu 
jihatdan tarjimon zimmasida turgan mas’uliyat juda katta. Ayniqsa muayyan 
xalq tiliga mansub bo’lgan milliy so’zlarni ya’ni xos so’zlarni tarjima qilishda 
tarjimonning yondashuvi alohida e’tiborga molikdir. Chunki tarjimon asarni 
qanday ko’z bilan ko’rsa o’quvchi ham shundayligicha qabul qiladi. 
Ma’lumki badiiy tarjimada milliy kolorit tushunchasi bizga noma’lum 
bo’lgan xalqning urf-odatlari, hayot tarsi, umumiy olganda, milliy xususiyatlari 
tushuniladi. Shunday ekan, milliy koloritni saqlagan holda eng maqbul 
usullardan to’g’ri foydalanib tarjima qila olgan tarjimonni shak-shubhasiz o’z 
kasbining ustasi deyish mumkin. 
Misol uchun, o’zbek tilida uchragan so’zlar va tushunchalar boshqa 
tillarda bo’lmasligi yoki mazmun, shakl, hajm jihatdan farq qilishi mimkin. 
Lekin aynan milliyligimizni ifoda etadigan vositalar ham shulardan ekanligini 
hisobga olgan holda madaniyatimizning o’ziga xos o’ziga xos qirralarini 
o’quvchiga yetkazib berishda uning tarjima muammolari barchamizning 
oldimizda ko’ndalang turibdi. Xos so’zlarni tarjima qilishda quyidagi 
usullardan barakali foydalanishimiz mumkin. Bular: 
1.
Transliteratsiya yoki transkripsiya qilish
2.
Sarlavha osti izohlari va tushuntirish 
3.
Kalkalash



4.
Analogiya o’xshash so’zlar bilan tarjima qilish 
5.
Tasviriy tarjimalar 
1. Transliteratsiya- bu usul Asliyat tilidagi so’zning harflarini o’zgartirish 
orqali Tarjima tilidagi boshqa harflarga moslashtirish “Milliy xos so’zlarning 
transliteratsiyayo’li bilan tarjimada berilishining asosiy sababi asliyatda 
qo’llanilgan milliy xususiyatli til vositalarining tarjima tilida mavjud 
bo’lmaganligidir.
Quyidagi so’zlar ham transliteratsiya va transkripsiya usulida tarjima tiliga 
ko’chgan: 
-Somebody knocked with a handle of kamchi at the gate. 
-Shu payt kimdir qamchi dastasi bilan darvozani taqillatdi.
-Give to her newly made kurpacha let them put it around sandal wood. 
-Anovi yangi qoplagan ko’rpachalaringni ber, tanchaga o’shani yopsin. 
2. Ko’pincha transliteratsiyayoki transkripsiya usulida tarjimaga ko’chgan 
so’zlar anglatgan ma’no yoki tushunchani o’quvchi bilan yaqindan tanishtirish 
maqsadida sarlavha osti izohlari va tushuntirishlaridan foydalaniladi. Quyidagi 
so’zlar ham shu yo’sinda tarjima qilingan: 
“He ate two pieces of handalak ( a small honey melon ) and drank several 
pialas of tea.” 
“ Faqat bir-ikki tilim handalak yediyu, uch-to’rt payola choy ichdi.” 
“The guests in Qutidor’s house were well respected people, treated with first 
and second courses of many kinds of foods and sweets like khalva and 
nisholda.” 
“Qutidorning tashqarisig’a er mehmonlar to’lg’onlar ular quyuq, suyuq 
oshlar, holva, nisholda bilan izzatlanardilar” 
3.Ba’zan asliyatdagi so’zlarning tarjiman tilida muqobili bo’lmasa ham saqlab 
qolishimkoniyati bo’ladi. Bunga kalakalash yo’li bilan erishish mumkin. 
Kalkalash- bu so’zma so’z tarjima qilishdir. Quyidagi gapda ham bu usuldan 
foydalanilaganini yaqqol ko’rish mumkin: 
“Call my father a lionarmed man” 
“Sherpanja deb otamni aytsinlar” 



6.
Analogiya- bu asliyat tilidagi so’zni tarjima tiliga goho asliyatdagi lisoniy 
vositalar ma’nolariga
ma’lum darajada yaqinroq mazmunli birliklar uchrasada ular o’zlarining shartli 
muqobillaridan xislat xususiyat, shakl, hajm- miqdor jihatdan farqlanadi, bu 
tafovut tarjimada o’zaro almashinuviga yo’l qo’ymaydi. 
“Mullah Fazliddin left his heavy red chakmon and wet high boots at the 
threshold” 
“Mulla Fazliddin ho’l bo’lib og’irlashgan piyozi, chakmoni va etigini dahlizda 
qoldirdi” 
7.
Tasviriy tarjima- bu iboralarning mazmunini o’zgaruvchan so’z 
birikmalari yordamida berish.
Shunday holatlar bo’ladiki, tarjima tilida asliyat tiliga ekvivalent va o’xshash 
frazeologik birikma topilmaganda tasviriy yo’l bilan tarjima qilinadi. 
Milliy so’zlarni tarjima qilishda ham so’zlar ma’lum bir belgilariga ko’ra 
tasvirlangan holda tarjimaga ko’chadi. Quyidagicha so’zlar ham shunday 
tarjima qilingan: 
“There was a small but really heavy iron box in the sack” 
“Tohir gapning ichida uncha katta bo’lmagan po’lat sandiq borligini sezdi” 
“A dagger was hanging on sed his wet homespun striped shirt” 
“ Tohir yomg’irda ho’l bo’lib, badaniga yopishib turgan qalam yaktak ustidan 
xanjar taqib olgan edi” 
“ And the next day he went to see his father at his shaelter of solitude 
“Yana ikki kundan so’ng otasini borib ko’rish uchun xobgohidan chiqdi” 
Shunday holatlar bo’ladiki, har bir tarjimon milliy so’zlarni tarjima qilishga 
turlicha yondashadi. Ayrim tarjimonlar ham borki, ular milliy bo’yoqdan holi 
bo’lgan va tarjima tilida o’zlarining ma’no va vazifalari jihatlaridan uyg’un 
ekvivalentiga ega bo’lgan vositalarni ham milliyligini saqlab qolish maqsadida 
transliteratsiya usulida tarjima qilishadi. Masalan, birgina “ayvon” so’zi 
tarjimasi transliteratsiya va transkripsiya usulida 3 xil variantini sanash mumkin



Ayvan 
Aivan 
Iwan 
Hovuz so’zi ham tarjimaga 3 xil ko’chgan: 
Reservior
Haouze
Hauz 
Realiya so’zi lotincha “realia” so’zidan olingan bo’lib, ashyoviy, haqiqiy degan 
ma’nolarni anglatadi. Lingvistik atamalar lug’atida unga quyidagicha ta’rif 
beriladi. “Borliqdagi ashyoviy madaniyat natijasi, mumtoz grammatikada esa, 
muayyan mamlakatning davlat qurulishi, muayyan tilde muloqot qilish 
xususiyatlarini ifodalovchi lingvistik birlik. 
Milliy ma’naviyatimiz va tib madaniyatimizning rivoj topishiga fanning 
boshqa barcha sohalari qatori tarjimashunoslikham o’z ulushini qo’shishi lozim. 
Ayni paytda, tarjimondan xorijiy tillardan o’zbek tiliga bevosita yoki bilvosita 
o’girilyotgan asliyat asarida mujassam bo’lgan milliy ma’naviyat va til 
madaniyatini tarjima tili xalqiga asliymonand tarzda yetkazib berish talab 
qilinadi. Tarjimonning vazifasi asliyat asarida ijodkor tomonidan mohirona 
tasvirlangan milliy ma’naviyat va til madaniyatini tarjima tilida qayta 
yaratishdan iborat. Agar tarjimon asliyatda mujassam bo’lgan milliy ma’naviyat 
va til madaniyatini tarjima tilida noto’g’ri talqin etsa, birinchidan, asliyatdagi 
asar va uning muallifi hamda ana shu asar mansub bo’lgan xalq sha’niga do’g 
tushurib qo’yadi
Ikkinchidan esa tarjima tili, xalqining milliy ma’naviyati va til madaniyatiga 
nisbatan nojoizlik paydo bo’ladi. 
Til milliy qadriyatlarni birlashtirib, tutashtirib, namoyon etib turuvchi eng 
mustahkam zanjir, boy va cheksiz ma’noviy xazina
Til insonning birlamchi ehtiyoji, anglash, bilish, so’zlash, aloqa- munosabat 
vositasi, mansub- xoslik omili bo’lgani bois hamisha jamiyat ravnaqining 
asosiy mezonlaridan bo’lib kelgan. Jumladan, o’zbek tili o’zbek millatining 
uzoq tarixiy ildizlariga, o’z siyosiy- huquqiy asoslariga ega muqaddas qadriyati, 
ulkan ma’naviy yutug’idir. Bugungi taraqqiyotiga qadar shonli va sharafli 
yo’llarni bosib, keskin va shiddatli to’fonlarni yengib kelayotgan milliy tilimiz



davlat maqomida yanada ulug’vorligini namoyon qilmoqda. Turli darajadagi
ijtimoiy munosabatlar, xalqaro aloqalar, fan- texnika taraqqiyoti, globallashish 
jarayonlari milliy til qiyofasida ham muayyan darajada o’z ta’sirini 
o’tkazmoqda, ichki va tashqi tahdidlar xavfini oshirmiqda. Shulardan biri yaqin 
kunlar oralig’ida munosabat- munozara maydonini egallab, keng jamoatchilik 
tanqid-u e’tiroziga uchrayotgan “rus tilini ikkinchi rasmiy davlat tili sifatida 
e’lon qilish” tashabbusini ilgari surgan “ziyolilar”ga ham tegishlidir. 
O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotida ta’lim ustivor yo’nalish 
hisoblanadi. Mamlakatimiz tarqqiyotida Ta’lim To’g’risidagi Qonuni va Kadrlar 
Tayyorlash milliy dasturi o’ziga xos o’rin egallaydi. Keyingi yillarda chet tillari 
va ularni o’rganishga har qachongidan ham jiddiyroq yondashilmoqda. 
Ayniqsa, bu borada muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Karimovning 
“Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari 
to’g’risida” 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-sonli qarori alohida ahamiyat kasb 
etadi, ushbu qarorni yanada takomillashtirish chet tillarini o’rganish imkonini 
yanada kengaytirishni ta’minlash, nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni 
o’qitish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish maqsadida 
Vazirlar Mahkamasi qarori e’lon qilindi. 
Yuqoridagi qarorlar tufayli chet tillarni o’rganish sohasida, xususan, 
tarjimashunoslikda ko’pgina yutuqlarga erishildi. Tarjima ijodiy ish, 
tarjimashunoslik umumfilologik fan. Mazkur soha chet tillar yo’nalishlari o’quv 
reja va dasturlarida mustahkam o’rin olgan. Tarjima til bilishda, til o’rganish va 
o’rgatishda, o’zga xalqlarning o’ziga xos xususiyatlarini bilish va 
o’zlashtirishda, qolaversa o’z madaniyatimizni xorijda targ’ib qilishda muhim 
rol o’ynaydi. 
Mavzuning dolzarbligi. Tarjimada milliy koloritning eng muhim jihatini 
ifodalaydigan realiyalar hamda boshqa milliy birliklarni tarjima qilish 
muammolari alohida dolzarb ahamiyatga ega. Xususan, badiiy asarlardagi milliy 
xususiyatlarni xorijiy tillarga, jumladan o’zbek tilidan ingliz tiliga o’girish 
ehtiyoji mazkur mavzuning dolzarbligini belgilaydi. 



Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Tarjimashunoslikda milliy 
xususiyatlar va ularni bir tildan boshqasiga tarjima qilish xususiyatlari borasida 
bir qator tadqiqotlar yaratilgan. 
Jumladan milliy birlik va realiyalarni tilshunoslik asnosida o’rgangan va 
ilmiy ta’riflar bergan Axmanova O.S, mamlakatshunoslik asnosida o’rgangan 
rus olimlaridan Komissarov, Vazsburd V.M, madaniyatshunoslik nuqtai 
nazaridan tadqiq etgan Vereshagin va Kostomarovlar, realiya-frazeologizmlarni 
Kunin A.V, 
 
shuningdek, realiyalarni amerikanizmlar sirasida o’raganish ham qiziqarli 
tadqiqotlardan hisoblanadi. Bundan tashqari o’zbek olimlari - Salomov G’, 
Rahimov G’ lar o’zlarining milliy xususiyatlar va birliklar ustida olib borgan 
tadqiqotlari bilan tarjimashunoslik rivoji uchun katta hissa qo’shishgan. 
Tarjimashunoslik nuqtai nazaridan ilmiy tahlil etilgan bolgar olimlari 
Vlaxov, Florin S. ning kitobi alohida ahamiyatga egadir. Rus olimlaridan 
Chernov V.G. ning ishlari bu asarlarda milliy xususiyatlarni rus tilidan ingliz 
tiliga o’girish masalasi atroflicha tadqiq qilinganligi bilan e’tiborli. 
Milliy xususiyatlarni boshqa tushunchalardan farqli tomonlarini aniqlash 
borasida bevosita rus olimi Sapogova L.I. ning ishlari e’tiborga loyiq, 
shuningdek, milliy xususiyatlarni ruschadan fransuz tiliga tarjima qilish borasida 
ham muayyan ishlar mavjudki, O’zbek tarjimashunoslaridan G’. Salomov, N. 
Komilov va R. Fayzullayevalarning ishlarida bularga muayyan darajada 
munosabat bildirilgan. 
Ularda milliy xususiyatlarning boshqa terminlardan farqi, tillardagi 
realiyalarning tematik xususiyatlari hamda o’zga tillarga tarjima qilish 
muammolari o’rganilgan. 
Tadqiqot ishining maqsad va vazifalari. Tadqiqot ishining asosiy maqsadi 
tarjimashunoslikda muhim bo’lgan milliy xususiyatlarni o’zbek tilidan ingliz 
tiliga tarjima qilish muammolariga oydinlik kiritish, realiya va milliylikni ifoda 
etuvchi birliklarning boshqa turdosh terminlardan farqini aniqlash, ularning



tarjima usullari xususiyatlarini badiiy asarlarda ilmiy tadqiq etishdan 
iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilangan: 
-
Milliy xususiyatlar va realiya haqida tushunchaga oydinlik kiritish; 
-
Milliy xususiyatlarni tasniflash muammolarini tahlil etish; 
-
Milliy xususiyatlarni tarjima qilish muammolariga oydinlik kiritish; 
-
Milliy xususiyatlarni tarjima qilish usullarini aniqlash. 
Tadqiqot ishining ob’ekti va predmeti. Tadqiqot ishimizning obyekti milliy 
birliklar va ularning tarjimasiga bag’ishlangan jahon, rus va o’zbek olimlarining 
tadqiqotlaridan iborat. Uning predmeti milliy xususiyatlar aks etgan turli badiiy 
asarlar hamda kitoblar. 
8


Tadqiqot ishida qo’llanilgan uslublar. Tadqiqot ishimizda Alisher 
Navoiyning katta hajmli Lison ut-tayr asarini ilmiy tadqiq qilishga urundik, shu 
bois ham milliy xususiyatlar tarjimasida foydalaniladigan hamma usullar - 
transliteratsiya, transkripsiya, kalkalash, izohlash yo’li bilan tarjima qilish va 
boshqalardan keng foydalanildik. 
Tadqiqotning natijalari. Bu tadqiqot ishimiz orqali milliy koloritli so’zlarni 
qay usullardan foydalangan holda tarjima qilsak ko’proq samaradorlikka erisha 
olamiz degan savolga javob qidirdik va ularga qisman javob topdik. 
Tadqiqot ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot ishimizda jahon 
tarjimashunosligida realiya termini va milliy xususiyatlarga berilgan turli 
munosabatlarning umumlashtirilganligi va muayyanlashtilirilganligi, o’zbek 
adabiyoti namunalaridagi milliy xususiyatlar muayyan asar misolida mavzuiy 
guruhlarga ajratilganligi hamda milliy xususiyatlarni o’zbek tilidan ingliz tiliga 
tarjima qilish usullarini ko’rsatib berilganligi uning nazariy ahamiyatini 
belgilaydi. Ana shu tavsiya va xulosalardan amaliy tarjimachilikda hamda 
ta’limning turli bosqichlaridagi ingliz tili darslari hamda referat, kurs ishi, 
malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiyalari yozishda foydalanish mumkinligi 
uning amaliy ahamiyati ko’lamini ko’rsatadi. 
Tadqiqotning ilmiy metodologik asoslari. Milliy xususiyatlarni tarjima 
hamda tahlil qilishda turli olimlarning, jumladan, rus, ingliz, bolgar, fransuz va 
o’zbek olimlarining fikrlari hamda nuqtayi-nazarlari to’g’ri tushunilgan holda 
tadqiq usullari, xususan, transliteratsiya, transkripsiya, so’zma so’z tarjima, izoh 
keltirish orqali tarjima qilish hamda boshqa usullardan foydalaniladi. 



 
Realiya so’zi lotincha “rea/ia”so’zidan olingan bo’lib, ashyoviy, haqiqiy 
degan ma’nolarni anglatadi. Lingvistik atamalar lug’atida unga quyidagicha 
ta’rif beriladi: “Borliqdagi ashyoviy madaniyat natijasi, mumtoz grammatikada 
esa, muayyan mamlakatning davlat qurulishi, muayyan xalqning tarixi va 
madaniyatini ifodalovchi so’zlar, muayyan tilda muloqot qilish xususiyatlarini 
ifodalovchi lingvistik birlik” deyiladi. 
Realiyalarning muayyan koloritni aks ettirish xususiyatlari to’g’risida XX 
asrning 50-yillarida tilshunoslar bahs yurita boshladilar. Bu borada bir to’xtamga 
kelish ancha murakkab kechdi. Buning asosiy sababi, o’sha bahs yuritayotgan 
tadqiqotchilarning ishlarida mazkur masalaning haqiqiy mohiyati diqqat 
markazda bo’lgan emas. Mavjud ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish natijasida 
realiyalarga baho berish borasida ikki xil qarash borligini ko’rish mumkin. U 
ham bo’lsa: 
-
tarjima nuqtai nazaridan qarash; 
-
mamlakatshunoslik asnosida yondashish. 
Ayrim olimlar realiyaga ta’rif berishda to’liq bo’lmagan yoki mavhum 
xulosalarni aytadilar. Mazkur til birliklarining faqat bir tomonigina yoritib 
beriladi xolos. Shu bois mazkur tushunchaga munosabat bildirishda avvalgi 
ta’riflarni bir ko’zdan kechirish kerak bo’ladi. Jumladan, M. L. Vaysburd 
realiyaga mamlakatshunlik asnosida yondoshadi va bu haqida quyidagi fikrlarni 
aytadi: 
“Bu muayyan mamlakat ijtimoiy va madaniy hayoti voqealari, ijtimoiy 
korxona yoki tashkilotlarning nomlari, kundalik buyum nomlari, tarixiy shaxslar 
nomlari va yana boshqa ko’plab narsalar nomlaridan iborat” . Ushbu fikr realiya 
masalasini yanada jiddiyroq o’ylab ko’rishga da’vat etadi. Bunda uning 
lingvistik terminologiya sifatida ko’rinishini aniqlab olish zarurati bor. 
10 


Rus olimasi L.N. Sobolevaning fikriga ko’ra, “realiyalar - maxsus 
xususiyatga ega bo’lgan, bir tilda va boshqa mamlakatlardagi tillar muhitida 
 
boshqa ekvivalentlari bo’lmagan milliy so’z va so’z birikmalaridir”. Ammo 
bunday qarashda mamlakat hayotidagi turli o’zgarishlar, taraqqiyot bosqichlari 
bo’lishi hamda bir mamalakatda keng tarqalgan narsa, boshqasida unday 
bo’lmasligini, shuningdek, bunday hil so’zlarning tillararo bir-biriga o’tib turishi 
mumkinligie’tibordan qochirilgan. Bunga misol tariqasida sobiq ittifoq davrida 
paydo bo’lgan

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish