O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti axmedova Dildora Bahodirovna



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/123
Sana26.02.2022
Hajmi2,44 Mb.
#467464
TuriУчебное пособие
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123
Bog'liq
Ona tili 1 kurs talabalar uchun

y
o‘l - 
j
o‘l, 
y
o‘q - 
j
o‘q. 
2) 
g‘ 
 
o‘rnida 

 
ishlatiladi:
to
g‘ 
-
 to
v
, so
g‘ 
 - so
v
va b. 
3) so‘z oxirida 
k
,
 
q
tovushlari tushiriladi:
quru(
q
), sari
(q)
.
O‘g‘uz
lahjasi Janubiy Xorazmdagi (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp, 
Qo‘shko‘pir, Shovot tumanlari) bir qancha shevalarni o‘z ichiga oladi. Belgilari: 
1) unlilar qisqa va cho‘ziq aytiladi: 
at (hayvon), aad (ism). 
2)
 
t
tovushi
 
d
,
 
k
esa 
g
tarzida aytiladi: 
t
og‘ - 
d
og‘ , 
k
eldi - 
g
aldi.
3) -
ning
qo‘shimchasi –
ing
tarzida, 
-ga
qo‘shimchasi esa 
-a, -na
tarzida 
aytiladi:
yorim
ga 
– yorim
a
, ali
na
 (qo‘li
ga
).
O‘zbek milliy tilining lahjalari orasida, odatda, qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi 
hozirgi o‘zbek milliy adabiy tilining me'yorlarini belgilashda muhim ahamiyat 
kasb etgan deb, odatda, alohida ajratiladi. Buning boisi shundaki, o‘zbek xalqining 
shakllanishida qarluq etnik tarkibi Qoraxoniylar davridan boshlab alohida mavqega 
ega edi. 
O‘zbek tili bu lahjasining nomlanishida (qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi) bir 
muncha anglashilmovchilik mavjud. Birinchidan, bu atamadagi [
chigil
] so‘zi 
ortiqcha, chunki chigillar qarluqlarning bir bo‘g‘ini, xolos. Bu bo‘g‘in qanchalik 
katta va, Koshg‘ariy so‘ziga ko‘ra, ahamiyatli bo‘lmasin, qarluq toifasiga mansub. 
Ikkinchidan, atama tarkibidagi [
uyg‘ur
] so‘zining ham qadimgi uyg‘urlarga 
hech qanday aloqasi yo‘q. Bu atama o‘zbek tili bilan birgalikda turkiy tillar g‘arbiy 
hun tarmog‘ining qarluq guruhiga mansub bo‘lgan hozirgi uyg‘ur tiliga ishora 


23 
qiladi, xolos. Shuning uchun hozirgi o‘zbek milliy adabiy tili me'yorlarining bu 
lahja xususiyati bilan yaqinligi bejiz emas. Lahjaning qayta nomlanishida tarixchi 
va shevashunoslarning xulosasi zarur. 
A.K.Borovkov qayd qilib o‘tganidek, o‘zbek tilining birorta shevasini ham 
adabiy tilga hamma jihatdan asos bo‘lgan deb aytib bo‘lmaydi. Buning bosh sababi 
shundaki, hozirgi o‘zbek milliy adabiy tili uzoq adabiy ishlov an'anasining 
(jumladan, eski turkiy, eski o‘zbek, yangi o‘zbek adabiy tillarining) bevosita 
davomi va XX asrda u (yozuv va adabiy ishlov an'anasiga ega bo‘lmagan xalqlarda 
bo‘lganidek) tamoman yangi bir hodisa sifatida yuzaga kelmagan: milliy adabiy til 
kamida ming yillik adabiy ishlov mahsuli. Ikkinchidan, o‘zbek tilining barcha 
lahjalari o‘zbek tilining taraqqiyotiga ma'lum bir darajada hissa qo‘shgan. Birining 
adabiy tilga ta'siri bir sohada kuchliroq bo‘lsa, boshqa sohada o‘zga bir shevalar 
guruhining ta'siri ko‘proq seziladi. Masalan, Andijon, Farg‘ona shevalarida o‘zbek 
tiliga xos eng ko‘p tarqalgan grammatik shakllardan birini – hozirgi zamon 
fe'lining
 
[
-yap
] affiksi vositasida yasaluvchi shaklini bergan deyiladi. Lekin bu 
shakl qipchoq lahjalarida ham aynan shunday qo‘llanadi. Shunisi xarakterliki, bir 
qarashda adabiy tildan birmuncha uzoqroq deb tasavvur qilinadigan qipchoq 
lahjasi morfologiyasi singarmonizmdan, ya'ni fonetik o‘ziga xoslikdan xoli olinsa, 
adabiy til morfologiyasi bilan qariyb bir xil. Yoki adabiy tilga fonetik jihatdan asos 
deyilgan Toshkent shevasida [
x
] va [
h
] tovushlari, qaratqich va tushum kelishiklari 
shakllari farqlanmaydi. Qipchoq shevalarida esa ular qat'iy ajratiladi. Qipchoq 
shevalarining adabiy til lug‘atini, xususan, uning chorvachilik atamalari tizimini 
rivojlantirishda, adabiy tilning uslubiy imkoniyatlarini boyitishda katta hissasi bor. 
Masalan, [
qirqim
]

[
o‘tov
]

[
to‘l
]

[
sarimoy
]

[
chakki
]

[
chalop
]

[
uloq
]

[
sovliq

kabi umumiy va chorvachilik atamalari, [
quyruq
]

[
bovur
]

[
patir
]

[
tovoq
]

[
kulchatoy
]

[
lochira
]
 
singari pazandachilik atamalari adabiy tilga qipchoq 
shevalaridan kirib kelgan. 


24 
Adabiy tilning rivojlanishiga o‘zbek tilining o‘g‘uz lahjasi ham ma'lum 
darajada hissa qo‘shgan. Buning uchun adabiy tildagi [
yoshulli
]

[
o‘g‘lon
]

[
buyon
]

[
qaydin
]

[
qorago‘z
] kabi qator so‘zlarni misol sifatida keltirish kifoya. 
Demak, o‘zbek milliy adabiy tilining shakllanishi va taraqqiyotida tayanch 
manba bo‘lgan tarixiy an'ana bilan bir qatorda barcha lahja va shevalarning o‘ziga 
xos o‘rni bor.

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish