O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti axmedova Dildora Bahodirovna



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/206
Sana22.01.2022
Hajmi2,44 Mb.
#399679
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   206
Bog'liq
Ona tili 1 kurs talabalar uchun

k
  
tovushi  
y
  
tarzida aytiladi: 
ela
k
 - ela
y
, tera
k
 - tera

   
2) 
o
 
lashish yuz  beradi: 
a
ka - 
o
ka, nahor – nohor. 
3) Bu lahjada qaratqich kelishigining qo‘shimchasi yo‘q bo‘lib, uning o‘rniga ham   
tushum kelishigi qo‘shimchasi  
-ni
  ishlatiladi: 
ukam
ni(ng)
   daftari

     
Qipchoq
  lahjasi  shevalari  O‘zbekistonning  hamma  viloyatlarida  mavjud,  ular 
asosan qishloqlarda tarqalgan (Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qoraqalpog‘iston, 
Shimoliy  Xorazm  viloyatlari,  Turkmanistonning  Toshovuz  viloyati  shevalari). 
Belgilari  quyidagilar: 
     1) 
y
 
o‘rnida 
j
 ishlatiladi:   
y
o‘l - 
j
o‘l, 
y
o‘q - 
j
o‘q. 
     2) 
g‘ 
 
 o‘rnida 

 
ishlatiladi:   
to
g‘ 
 -
 to
v
, so
g‘ 
 - so
v
 va b. 
     3) so‘z oxirida 
k
,
 
q
 tovushlari tushiriladi:    
quru(
q
), sari
(q)
.
 
     O‘g‘uz
  lahjasi  Janubiy  Xorazmdagi  (Urganch,  Xiva,  Xonqa,  Hazorasp, 
Qo‘shko‘pir, Shovot tumanlari) bir qancha shevalarni o‘z ichiga  oladi. Belgilari: 
     1) unlilar qisqa va cho‘ziq  aytiladi: 
at (hayvon), aad (ism). 
     2)
 
t
 tovushi
 
d
,
 
k
 esa 
g
 tarzida aytiladi: 
t
og‘  - 
d
og‘ , 
k
eldi - 
g
aldi.
  
     3)  -
ning
  qo‘shimchasi  –
ing
  tarzida, 
-ga
  qo‘shimchasi  esa 
-a,  -na
    tarzida 
aytiladi:   
yorim
ga 
– yorim
a
,  ali
na
 (qo‘li
ga
).
  
    O‘zbek  milliy  tilining  lahjalari  orasida,  odatda,  qarluq-chigil-uyg‘ur  lahjasi 
hozirgi  o‘zbek  milliy  adabiy  tilining  me'yorlarini  belgilashda  muhim  ahamiyat 
kasb etgan deb, odatda, alohida ajratiladi. Buning boisi shundaki, o‘zbek xalqining 
shakllanishida qarluq etnik tarkibi Qoraxoniylar davridan boshlab alohida mavqega 
ega edi. 
       O‘zbek  tili  bu  lahjasining  nomlanishida  (qarluq-chigil-uyg‘ur  lahjasi)  bir 
muncha  anglashilmovchilik  mavjud.  Birinchidan,  bu  atamadagi  [
chigil
]  so‘zi 
ortiqcha,  chunki  chigillar    qarluqlarning  bir  bo‘g‘ini,  xolos.  Bu  bo‘g‘in qanchalik 
katta va, Koshg‘ariy  so‘ziga  ko‘ra, ahamiyatli  bo‘lmasin, qarluq toifasiga mansub. 
Ikkinchidan,  atama  tarkibidagi  [
uyg‘ur
]  so‘zining  ham  qadimgi  uyg‘urlarga 
hech qanday aloqasi yo‘q. Bu atama o‘zbek tili bilan birgalikda turkiy tillar g‘arbiy 
hun  tarmog‘ining  qarluq  guruhiga  mansub  bo‘lgan  hozirgi  uyg‘ur  tiliga  ishora 


23 
 
 
qiladi,  xolos.  Shuning  uchun  hozirgi  o‘zbek  milliy  adabiy  tili  me'yorlarining  bu 
lahja  xususiyati  bilan  yaqinligi  bejiz  emas.  Lahjaning  qayta  nomlanishida  tarixchi 
va shevashunoslarning xulosasi zarur. 
A.K.Borovkov  qayd  qilib  o‘tganidek,  o‘zbek  tilining  birorta  shevasini  ham 
adabiy tilga hamma jihatdan asos bo‘lgan deb aytib bo‘lmaydi. Buning bosh sababi 
shundaki,  hozirgi  o‘zbek  milliy  adabiy  tili  uzoq  adabiy  ishlov  an'anasining 
(jumladan,  eski  turkiy,  eski  o‘zbek,  yangi  o‘zbek  adabiy  tillarining)  bevosita 
davomi va XX asrda u (yozuv va adabiy ishlov an'anasiga ega bo‘lmagan xalqlarda 
bo‘lganidek)  tamoman yangi bir hodisa sifatida yuzaga kelmagan: milliy adabiy til 
kamida  ming  yillik  adabiy  ishlov  mahsuli.  Ikkinchidan,  o‘zbek  tilining  barcha 
lahjalari  o‘zbek  tilining taraqqiyotiga ma'lum bir darajada hissa qo‘shgan. Birining 
adabiy  tilga  ta'siri  bir  sohada  kuchliroq  bo‘lsa,  boshqa  sohada  o‘zga  bir  shevalar 
guruhining  ta'siri ko‘proq seziladi. Masalan, Andijon, Farg‘ona shevalarida o‘zbek 
tiliga  xos  eng  ko‘p  tarqalgan  grammatik  shakllardan  birini  –  hozirgi  zamon 
fe'lining
 
[
-yap
]  affiksi  vositasida  yasaluvchi  shaklini  bergan  deyiladi.  Lekin  bu 
shakl  qipchoq  lahjalarida  ham  aynan  shunday  qo‘llanadi.  Shunisi xarakterliki, bir 
qarashda  adabiy  tildan  birmuncha  uzoqroq  deb  tasavvur  qilinadigan  qipchoq 
lahjasi  morfologiyasi  singarmonizmdan,  ya'ni  fonetik  o‘ziga  xoslikdan xoli olinsa, 
adabiy  til morfologiyasi bilan qariyb bir xil. Yoki adabiy tilga fonetik jihatdan asos 
deyilgan Toshkent shevasida [
x
] va [
h
] tovushlari, qaratqich va tushum kelishiklari 
shakllari  farqlanmaydi.  Qipchoq  shevalarida  esa  ular  qat'iy  ajratiladi.  Qipchoq 
shevalarining  adabiy  til  lug‘atini,  xususan,  uning  chorvachilik  atamalari  tizimini 
rivojlantirishda,  adabiy  tilning  uslubiy  imkoniyatlarini  boyitishda  katta  hissasi  bor. 
Masalan,  [
qirqim
]

[
o‘tov
]

[
to‘l
]

[
sarimoy
]

[
chakki
]

[
chalop
]

[
uloq
]

[
sovliq

kabi  umumiy  va  chorvachilik  atamalari,  [
quyruq
]

[
bovur
]

[
patir
]

[
tovoq
]

[
kulchatoy
]

[
lochira
]
 
singari  pazandachilik  atamalari  adabiy  tilga  qipchoq 
shevalaridan kirib kelgan. 


24 
 
 
Adabiy  tilning  rivojlanishiga  o‘zbek  tilining  o‘g‘uz  lahjasi  ham  ma'lum 
darajada  hissa  qo‘shgan.  Buning  uchun  adabiy  tildagi  [
yoshulli
]

[
o‘g‘lon
]

[
buyon
]

[
qaydin
]

[
qorago‘z
] kabi qator so‘zlarni misol sifatida keltirish kifoya. 
Demak,  o‘zbek  milliy  adabiy  tilining  shakllanishi  va  taraqqiyotida  tayanch 
manba bo‘lgan tarixiy an'ana bilan bir qatorda barcha lahja va shevalarning o‘ziga 
xos o‘rni bor.  

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish