Foydalanilgan adabiyotlar:
1. K. Axmerov va boshqalar.
«Umumiy va anorganik kimyo», Toshkent, «O’qituvchi», 1988 yil.
2. K. Axmerov va boshqalar.
«Umumiy va anorganik kimyo», Toshkent, «O’zbekiston», 2003 yil.
3. N.A. Parpiev va boshqalar.
«Anorganik kimyo nazariy asoslari» Toshkent, «O’zbekiston»,
2000yil.
4. Maqsudov N. X.
Umumiy ximiya. K.x. injenerlik fakulteti stundentlari uchun darslik.
Toshkent.; «O’qituvchi», 1977 yil.
5. Obshaya ximiya; Uchebnik (Pod red. Ye.M. Sokolovskiy i L.S. Guzeya -3–e iz d. prerab. i dop. – M.: Izd – vo Moskva un.ta, 1989. – 640s.
6. Rustamov X.R.
Fizik kimyo: Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslik. – T.
«O’zbekiston», 2000. – 487 b.
Mavzu: Atomning tuzilishi
. O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli.
Vаqti: 2 sоаt
|
Tаlаbаlаr sоni:
|
O’quv mаshg’ulоtining shаkli va turi
|
Nazariy: yangi bilimlarni egallash bo’yicha o’quv mashg’ulot
|
O’quv mashg’ulotining rеjаsi:
|
1).Аtоm tаrkibi. Izоtоp, izоbаr, izоtоn vа izоelеktrоn elеmеntlаr.
2) s-, p-, d- vа f- elеmеntlаrning kimyoviy elеmеntlаr Dаvriy sistеmаsidаgi o’rni vа хоssаlаri.
3). Kvаnt sоnlаri, Pаuli prinsipi, Gund qоidаsi.
|
O’quv mаshg’ulоtining mаqsаdi: “Atomning tuzilishi” to’g’risidа tushunchalarni hosil qilish
|
Pеdаgоgik vаzifаlаr
|
O’quv fаоliyatining nаtijаlаri:
|
Atom tarkibining tuzilishi, yangi elementlar sintezi, davriy jadval bilan tanishtirish
|
Atom tarkibining tuzilishi, yangi elementlar sintezi, davriy jadvalni izоhlаb bеrаdilаr.
|
s-, p-, d- vа f- elеmеntlаrning аhаmiyatini tushuntirish
|
s-, p-, d- vа f- elеmеntlаrni aytib bеrаdilаr.
|
Pauli prinsipi va Gund qoidasini ochib beradilar
|
Pauli prinsipi va Gund qoidasini tаsvirlаb bеrаdilаr.
|
Klechkovckiy qoidasini gаpirib bеrаdi.
|
Klechkovckiy qoidasini оchib bеrаdilаr.
|
Vаtаnpаrvаr, fidоyi vа bаrkаmоl shахslаrni tаrbiyalаshning аhаmiyatini tushuntirаdi.
|
Vаtаnpаrvаr, fidоyi vа bаrkаmоl shахslаrni tаrbiyalаsh dаvr tаlаbi ekаnligini tushuntirаdi.
|
O’qitish metodlari
|
Kichik aхborotli ma’ruza namoyish
|
O’qitish vоsitаlаri
|
kompyuter, vizuаl mаtеriаllаr, tаrqаtmа mаtеriаllаr.
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shаkllаri
|
Jаmоаviy, frоntаl, juftlikdа ishlаsh.
|
O’qitish shаrt-sharoiti
|
Maхsus tехnik vositalar bilan jihozlangan xona
|
Qaytar aloqaning usul va vositalari
|
Оg’zаki nаzоrаt, sаvоl-jаvоb, o’z-o’zini nаzоrаt qilish, “5”bаlli rеyting tizimi аsоsidа.
|
Dаrsning tехnоlоgik хаritаsi
Mavzu: Atomning tuzilishi.
Faoliyat
bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
O’quvchi
|
1-O’quv mashg’ulotiga kirish
(5daq.)
|
Tashkiliy boshlanishi
O’quvchilar bilan salomlashadi, ularni mashg’ulotga tayyorgarligi va davomatini tеkshiradi.
|
Darsga tayyorgarlik
ko’radilar.
|
2-bosqich.
Asosiy
(65daq.)
|
I.O’quv faniga olib kirish (15daq)
1.2.Fan bo’yicha o’tiladigan mavzular bilan tanishtiradi, ularning uzviyligi haqida ma’lumot bеradi.”tushunchalar tahlili” metodi misolida(1-ilova)
1.3. Birinchi o’quv mashg’ulotning mavzusi, rеjasi, maqsadi va o’quv faoliyat natijalariga qo’yiladigan baholash mеzoni bilan tanishtiradi, BBB ususlida. (2-ilova).
II.O’quvchilar bilimini faollashtirish(10daq)
2.1.O’quvchilar bilimini tеzkor blits so’rov orqali faollashtiradi (3-ilova). Javoblarni qabul qiladi, ular asosida yangi o’quv matеrialni uzviyligi bo’yicha ma’lumotlarbеrishga o’tadi.
III.YAngi o’quv matеrialiga kirish (40daq)
2.2. Slaydlarni PowеrPoint dasturi asosida (taqdimot ilova qilinadi) namoyish va sharхlash orqali mavzu bo’yicha asosiy nazariy хolatlarni bayon qiladi.
2.3. Har bir rеjani mustahkamlash uchun savollar bеradi (4-ilova).
2.4. Mavzuning har bir qismi bo’yicha хulosalar qiladi.
2.5. Ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.
2.6. Yangi o’quv matеrialini o’zlashtirish darjasini tеkshirish bo’yicha masalalar yechadi.
|
Tinglaydilar, yozib oladilar.
Yozib oladilar
Tinglaydilar
Yozib oladilar
Savolga javob bеradilar
Tinglaydilar
Savollarga javob bеradilar.
Ma’lumot-larni daftarga qayd qiladilar.
Savollarga javob bеradilar
|
3-bosqich.
Yakuniy
(10 daq.)
|
Mashg’ulot yakuni va uyga vazifa bеrish.
3.1. Mavzuni yakunlaydi va mazkur fanning kеlgusida kasbiy faoliyatlaridagi aхamiyatini yoritish bilan yakunlaydi.
3.3.O’quvchilar bilimini baholaydi.
3.2. Uyga vazifa bеradi va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma bеradi: Internet ma’lumotlarini yozib kelish
|
Diqqat qiladilar.
Vazifani yozib oladilar
|
Ilovalar:
1-ilova
Reja:
1).Аtоm tаrkibi. Izоtоp, izоbаr, izоtоn vа izоelеktrоn elеmеntlаr.
2) s-, p-, d- vа f- elеmеntlаrning kimyoviy elеmеntlаr Dаvriy sistеmаsidаgi o’rni vа хоssаlаri.
3). Kvаnt sоnlаri, Pаuli prinsipi, Gund qоidаsi.
|
2-ilova
3-ilova
Baholash mezonlari( umumiy ilova)
Nimalar baholanadi?
Nazariy bilimlar;
Amaliy ko’nikma va malakalar;
Xulq- atvor va shaxsiy fazilatlar.
|
|
Qachon baholanadi?
Ta’limjarayoniboshida ( J.N )
Ta’limjarayonidavomida (J.N, O.N)
Ta’lim jarayoni yakunida ( Ya.N )
|
“A’lo” baho:
Kimyo fanidan o’tilgan mavzu mazmunini chuqur va to’la egallab olgani, o’quv materialidagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarda o’rganiladigan bilimlarni mazmun jihatidan ajrata bilganligi, o’qituvchi tamonidan berilgan savollarga erkin, ijodiy fikirlab javob qila olgani, aytilgan ta’rif va tushunchalarni izohlay bilgani, shuningdek, javoblarni to’g’ri usulda, ijodiy, ishonchli va bexato bo’lishi.
|
“ Yaxshi” baho:
Kimyo fanidan o’rganilishi lozim bo’lgan o’quv materialining mazmunini chuqur va to’la o’zlashtirgani, o’rganilgan tushunchalar ta’riflarini to’la bayon eta olishi, berilgan topshiriqni bajarish malakasiga ega bo’lganligi, lekin topshiriqlarni bajarishda noaniqliklarga, javob mazmunida, shakli va uslubida ayrim xatolarga yo’l qo’yilganligi.
|
“Qoniqarli” baho:
Kimyo fanidan oquv materialidagi asosiy bog’lanish va qoidalarni o’rganganligi, tushunganligi, lekin tushunshalarni, amaliy topshiriqlar mazmunini yetarli darajada chuqur egallab olmaganligidan dalolat beradigan xatolarga yo’l qo’yilishi, aytadigan fikirni bayon eta olmasligi. Javobda birlik yo’qligi. Javob to’g’ri bo’lsa ham, u alohida, tarqoq fikirlardan iborat bo’lishi. Javob berishda ikkilanish borligi, ko’p hollarda ta’lim beruvchining yordami bilan javob berishi.
|
“ Qoniqarsiz” baho:
Kimyo fanidan tizimsiz, tarqoq bilimlarga ega bo’lganligi. Nazariy amaliy va laboratoriyatopshiriqlar mazmunini bir- biridan farqini bilmasligi. Javob berish mazmunida qo’pol xatolarga yo’l qo’yishi. Fizika-astronomiyadan yod olingan iboralarni takrorlay olishi, lekin, amaliy va laboratoriya topshiriqlarini mustaqil bajara olmasligi.
|
Test savollarini baholash mezoni
4-ilova
GLOSSARIY:
Atamaning o’zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Atom
|
atomy
|
атом
|
– musbat zaryadlangan atom yadrosi bilan manfiy zaryadlangan elektronlardan tarkib topgan elektrneytral zarrachadir.
|
Alfa zarracha (α – zarracha)
|
Alpha particle ( a particle )
|
Алфа лучи
|
– musbat zaryadga ega bo’lgan zarracha bo’lib, uning massasi 4 uglerod birligiga teng, tezligi 20000 km/sek, geliy ionlari (Не2+) dan iborat.
|
Asosiy guruhcha
|
the primary group
|
Основная группа
|
– tipik elementlardan tashkil topgan elemetlar qatoridir.
|
Atomli yoki birinchi tartibdagi birikmalar
|
Atoms or compounds
|
Атомные соедине-ния
|
– hosil bo’lishida valentlik qoidasiga bo’ysunadigan moddlardir. СиCl2, BF3, NH3, FeCl3 kabi moddalar birinchi tartibdagi birikmalar qatoriga kiritiladi.
|
5-ILOVA
2.2. BOB. ATOMNING TUZILISHI MAVZUSINI O’QITISHDA INNOVATSIYALAR VA ILG’OR TAJRIBALAR
INTERFAOL DARS O’TISh MATERIALLARI
“TUSHUNCHALAR TAHLILI” METODI
Metodning mohiyati. Ushbu metod o‘tilgan (chorak, semestr yoki yilida tugagan) predmeti yoki bo‘lim barcha mavzularini o‘quvchilar tomonidan yodga olish, biron-bir mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o‘z izohlarini berish, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha o‘quvchilarni baholay olishga yo‘naltirilgan.
Metodning maqsadi. O‘quvchilarni mashg‘ulotda o‘tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarining bilim darajalarini baholayo olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek, o‘z bilimlarini bir tizimga solishga o‘rgatish.
Metodning qo‘llanishi: o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida (dars boshlanishi yoki dars oxirida, yoki predmetining biron-bir bo‘limi tugallanganda) o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini tekshirib olish uchun mo‘ljallangan. Ushbu metodni mashg‘ulot jarayonida yoki mashg‘ulotning bir qismida yakka, kichik hamda jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Metoddan uyga vazifa berishda ham foydalansa bo‘ladi.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, tayanch tushunchalar ro‘yxati, qalam (yokiruchka), slayd.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
o‘quvchilar guruhlarga (sharoitga qarab) ajratiladi;
o‘quvchilar mashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talab va qoidalar bilan tanishtiriladi;
tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi;
o‘quvchilar yakka tartibda o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar;
o‘quvchilar tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalar yoniga egallagan (yoki o‘zlarining) bilimlari asosida (berilgan tushunchalarni qanday tushungan bo‘lsalar shunday) izoh yozadilar (yakka tartibda);
o‘qituvchi tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalarni o‘qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to‘g‘ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali (imkoni bo‘lsa) tanishtiriladi;
har bir o‘quvchi to‘g‘ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarni aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo‘ladilar, o‘z-o‘zlarini tekshiradilar, baholaydilar, shuningdek bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar.
Izoh: «Tushunchalar tahlili» metodini «Chaynvord», «Uzluksiz zanjir», «Klaster», «Blis-zanjir» shaklidaham tashkil etish mumkin.
«Tushunchalar tahlili» metodidan bir darsning o‘zida dars boshlanishida o‘tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash yoki yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning dastlabki bilimlari, qanday tushunchalarni egallaganliklari va shu darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib olganliklarini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin.
«BLITS-SO’ROV” METODI
Metodning maqsadi: talabalarda tezlik, axborotlar tizimini tahlil qilish, rejalashtirish, prognozlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mazkur metodni baholash va mustahkamlash maksadida qo‘llash samarali natijalarni beradi.
Metodni amalga oshirish bosqichlari:
1. Dastlab ishtirokchilarga belgilangan mavzu yuzasidan tayyorlangan topshiriq, ya’ni tarqatma materiallarni alohida-alohida beriladi va ulardan materialni sinchiklab o‘rganish talab etiladi. SHundan so‘ng, ishtirokchilarga to‘g‘ri javoblar tarqatmadagi «yakka baho» kolonkasiga belgilash kerakligi tushuntiriladi. Bu bosqichda vazifa yakka tartibda bajariladi.
2. Navbatdagi bosqichda trener-o‘qituvchi ishtirokchilarga uch kishidan iborat kichik guruhlarga birlashtiradi va guruh a’zolarini o‘z fikrlari bilan guruhdoshlarini tanishtirib, bahslashib, bir-biriga ta’sir o‘tkazib, o‘z fikrlariga ishontirish, kelishgan holda bir to‘xtamga kelib, javoblarini «guruh bahosi» bo‘limiga raqamlar bilan belgilab chiqishni topshiradi. Bu vazifa uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.
3. Barcha kichik guruhlar o‘z ishlarini tugatgach, to‘g‘ri harakatlar ketma-ketligi trener-o‘qituvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi, va o‘quvchilardan bu javoblarni «to‘g‘ri javob» bo‘limiga yozish so‘raladi.
4. «To‘g‘ri javob» bo‘limida berilgan raqamlardan «yakka baho» bo‘limida berilgan raqamlar taqqoslanib, farq bulsa «0», mos kelsa «1» ball quyish so‘raladi. SHundan so‘ng «yakka xato» bo‘limidagi farqlar yuqoridan pastga qarab qo‘shib chiqilib, umumiy yig‘indi hisoblanadi.
5. Xuddi shu tartibda «to‘g‘ri javob» va «guruh bahosi» o‘rtasidagi farq chiqariladi va ballar «guruh xatosi» bo‘limiga yozib, yuqoridan pastga qarab qo‘shiladi va umumiy yig‘indi keltirib chiqariladi.
6. Trener-o‘qituvchi yakka va guruh xatolarini to‘plangan umumiy yig‘indi bo‘yicha alohida-alohida sharhlab beradi.
7. Ishtirokchilarga olgan baholariga qarab, ularning mavzu bo‘yicha o‘zlashtirish darajalari aniqlanadi.
Muammoli ta’lim texnologiyasining maqsad va vazifasi
O’quv yurtlarida o’quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishning muhim sharti mazkur jarayonga tizimli yondashuv sanaladi va o’qituvchilarga quyidagi dars turlari tavsiya etiladi:
Ma’ruza (kirish ma’ruzasi, mavzuli ma’ruza, umumlashtiruvchi ma’ruza) mashg’ulotlari.
Seminar (bilimlarni mustahkamlovchi, yangi bilimlarni mustaqil egallashga mo’ljallangan) darslari.
Modulli dars.
Muammoli (aqliy hujum) darslar.
Munozarali (ilmiy munozara va erkin fikrlash) darslar.
Didaktik–o’yinli (syujetli-rolli, ijodiy, ishbilarmonlar, konferentsiyalar, o’yin-mashqlar) darslar.
Sinov (didaktik kartochkalar, test topshiriqlari, o’zaro nazorat varag’i yordamida, AKT nazorat dasturlari vositasida o’tkaziladigan) darslari.
Mazkur darslarning o’ziga xos jihati dars davomida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarga asoslanadi.
Muammoli ta’lim deyilganda, o’qituvchi (pedagog) rahbarligida muammoli vaziyat yuzaga keltirilib, mazkur muammo o’quvchi-talabalarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etish nazarda tutiladi. Shuningdek, muammoli o’qitishning mohiyatini o’qituvchi (pedagog) tomonidan o’quvchi-talabalarning o’quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o’quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o’zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi.
Muammoli ta’limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog’liq:
O’quv materialini muammolashtirish;
O’quvchi-talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish;
Ta’lim jarayonini o’yin, mehnat faoliyati bilan uyg’unlashtirish;
O’qituvchi (pedagog) tomonidan muammoli metodlardan o’z o’rnida samarali foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lish;
Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda o’quvchi-talabalarga bayon etish.
Muammoli metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, o’quvchi-talabalarning muammoni hal etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida alohida ob’ekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish ko’nikmalari va bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi.
Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o’ziga xos o’qitish sharoitida yuzaga keladi hamda o’rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. O’qitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo’lidagi kutilmagan to’siq» bilan bog’langan aqliy mashaqqat holati emas, balki u bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglik holatidir. Bunday vaziyat negizida avval o’zlashtirilgan bilim izlari va yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Bunda har qanday mashaqqat muammoli vaziyat bilan bog’liq bo’lmasligi mumkin, ya’ni yangi bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog’lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli bo’lmaydi. Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda o’quvchi-talaba mashaqqat talab qilgan tushuncha yoki faktning unga avval va ayni vaqtda ma’lum bo’lgan vazifa, masala bo’yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab etadi.
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar:
- o’quvchi-talabaga notanish bo’lgan faktning mavjud bo’lishi;
- vazifalarni bajarish uchun talabaga beriladigan ko’rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi.
Muammoli vaziyatlarni hal etishda o’qituvchi (pedagog) o’quvchi-talabalar faoliyatini fikr yuritishning mantiqiy operatsiyalari-tahlil, sintez, taqqoslash, analogiya, umumlashtirish, tasniflash va xulosa yasashga yo’naltiradi.
Muammoli vaziyatlardan o’quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. Muammoli vaziyatlar tizimi muvaffaqiyatli yaratilgan hollarda mazkur mavzuni muammoli dars shaklida o’tish tavsiya etiladi. O’qitish jarayoniga muammoli darslarni qo’llash uchun o’qituvchi (pedagog) quyidagi masalalarni hal qilishi kerak bo’ladi:
- o’quv dasturi bo’yicha qaysi mavzularni muammoli dars shaklida o’tish mumkinligini;
- mavzu matnidagi masalalar bo’yicha muammoli vaziyatni keltirib chiqaradigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, sistemalilik, mantiqiylik, ketma-ketlik, izchillik printsiplariga amal qilishi;
- o’quvchi-talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta’minlaydigan vosita va usullarni aniqlashi, ulardan o’z o’rnida va samarali foydalanish yo’llarini belgilashi zarur.
O’qituvchi o’rganilayotgan bob va mavzularning didaktik maqsadi, ta’lim mazmunidan kelib chiqqan holda yuqori samara beradigan mashg’ulot turini belgilaydi, o’quv yili boshidan taqvimiy mavzularni rejalashtiradi.
Oliy o’quv yurtlarida zamonaviy ta’lim texnologiyasi – bu muammoli o’qitish, tadqiq etib, muammoni hal etishdir. Ta’lim texnologiyasi esa, rivojlanayotgan ta’lim jarayonini, muammoli o’qitish vazifasini faol o’rganish jarayonini rag’batlantirish, tadqiqot ishlarini olib borish va tafakkur etish usulini tarbiyalashdan iboratdir. Muammoli o’qitish jarayoni shaxsning ijodiy faoliyatini tarbiyalash maqsadlariga mos tarzda oliy o’quv yurtlari ish amaliyotida muammoli o’qitish bilan birgalikda illyustratsiyali tushuntirish texnologiyasi, axborot-ma’lumot texnologiyasi va dasturlashgan ta’lim texnologiyasi kabilardan keng foydalanishni taqozo etadi.
Muammoli o’qitish jarayonida o’quvchi-talabaning mustaqillik roli reproduktiv o’quv usullariga solishtirib qaraganda ancha samarali bo’ladi. Muammoli o’qitishning maqsadi o’quvchi-talabalar bilan ishlash jarayonida ta’lim-tarbiya masalalari, muammo va savollariga javob qidirish, ularni hal etish yo’llari bilan yangi bilimlarni o’zlashtirishni, o’quvchi-talabalar o’quv faoliyatida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish va hal etish bo’yicha o’qituvchi (pedagog)lar ularda qiziqish uyg’ota olishidan iborat.
Muammoli vaziyat-tinglovchi(bilim oluvchi)larga beriladigan fakt va ma’lumotlar, axborot va bilimlar bilan yangi dalillar, hodisalar, vaziyatlar orasidagi dialektik qarshiliklar bo’lib, ularni tushunib olish uchun ilgari olgan bilimlarining etishmasligidir. Bu qarama-qarshiliklar (tushunmovchiliklar) ijodiy bilimlarni o’zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuch bo’lib xizmat qiladi.
Ta’lim jarayonida muammoli vaziyat xususiyati quyidagilardan iborat:
- o’quvchi-talabalar uchun noma’lum yangilik mavjudligi;
- muammolarni o’zlari hal etishlari;
-shaxsiy qiziqish va ehtiyojlari yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni o’zlari o’rganishga harakat qilishlari;
- nima noma’lum ekanligini bilib, ma’nosini tushunib, uni hal etishga intilish kabilar.
Yuzaga kelgan muammolarni tahlil qilib fikr yuritish, o’quvchi-talabalarning mustaqil aqliy faoliyatini rivojlantirishning muhim talablaridandir. Bunday fikr yuritish o’quvchi-talabani shu narsani anglay olmaganligini tushunib etib, bu gapning ma’nosiga jiddiy ravishda e’tibor berishga qaratadi.
Muammoli ta’limni tashkil etish va olib borishda o’qituvchi (pedagog) o’zining ta’lim-tarbiya berishdagi faoliyatini aniq tushunib, etishi ham muhim ahamiyatga ega. O’qituvchi (pedagog) o’quvchi-talabalarga tayyor fikr bermay, balki ularning izlanishiga to’g’ri yo’nalish berishi lozim. O’quvchi-talabalar mashg’ulotlarda va kundalik hayotda uchraydigan voqea, xabar, hodisa va turli dalillarni o’zlari tahlil qilib, mustaqil fikrga ega bo’lishni maqsad qilib qo’yishlari kerak. Shuningdek, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlaridagi muammoli ta’lim o’quvchi-talabalarning izlanish faoliyati, bilim va malakalarni chuqur egallab olishini, tevarak-atrofdagi o’zgarishlarga bo’ladigan qarashiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatish imkoniyatini ham yaratib beradi.
O’qituvchi (pedagog) muammoli ta’lim tizimida o’quvchi- talabalar o’quv-izlanish faoliyatini shunday tashkil etadiki, ularning diqqati yuzaga kelgan qiyinchilik va kamchiliklarni hal etishga, turli axborotlarni mustaqil tahlil qilishga, echimini topish, umumlashtirish va xulosalar chiqarishga, olgan bilim va malakalarini keyingi duch keladigan vaziyatlarda qo’llay olishga qaratilgan bo’lishi lozim. Demak, buning natijasida o’quvchi- talabalarda mustaqil fikr yuritish, bilim olish, yangidan-yangi maqsadlarni qo’yish, yangicha fikrlash yo’llariga o’rganish hamda tafakkurni rivojlantirish qobiliyatining shakllanishiga imkon beradi. O’quvchi-talabalar muammoli ta’lim jarayonida o’quv materiallarini muammoli vaziyat sharoitida o’rganishlari, tegishli ma’lumotlarni mustaqil tahlil qilishlari, berilgan o’quv masalalarini farazlarini oldinga surib, ularni isbot qilish yo’llari bilan echishlari, ta’lim jarayonini o’zlashtirishga aql bilan harakat qilishlari ularning intellektual faoliyatlarini oshiradi.
Muammoli darslarda o’qituvchining faoliyati, avvalo mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda o’quv muammolarini aniqlash, muammoli vaziyatlar tizimini yaratish, o’quvchi-talabalar oldiga o’quv muammolarini yuqori ilmiy va metodik saviyada qo’yish, darsda mazkur o’quv muammolaridan samarali foydalanishga erishish, o’quvchi-talabalar faoliyatini muammolarni hal etishga yo’naltirishdan iborat bo’ladi.
O’quvchi-talabalarning faoliyati muammoli vaziyatlarni idrok etish, hal qilish usullarini izlash, muammoni tahlil qilib, taxminlarni ilgari surish, taxminlarni ilmiy, mantiqiy nuqtai nazardan asoslash, taxminlarni tekshirish va xulosa chiqarishdan iborat bo’ladi.
Hozirgi zamon muammoli darslarning didaktik maqsadi quyidagilardan iborat:
1. O’quv muammolarini hal etishda o’quvchi-talabalar tomonidan avval o’zlashtirgan bilimlarini ijodiy qo’llab, yangi bilimlarni egallash ko’nikmalarini shakllantirish;
2. Bilimlarni ijodiy o’zlashtirish va ularni amalda qo’llash malakalarini hosil qilish;
3. Izlanuvchanlik, qiziqish, motivlar, mantiqiy tafakkur, ijodiy faoliyat, aqliy kamolot, zakovatni rivojlantirish va shu kabilar.
Muammoli mashg’ulotda muammoli vaziyat bo’lishi nazarda tutiladi va an’anaviy darsning hamma bosqichlarini o’z ichiga oladi: uy vazifasini tekshirish, maxsus og’zaki mashqlar, o’quvchi-talabalar oldiga dars maqsadini qo’yish, yangi o’quv materialini tayyorlash va uni o’rganish, yangi va ilgari o’rganilgan materialni bog’lab mustahkamlash, mashg’ulotni yakunlab, uyga vazifa berish kabilar. Muammoli mashg’ulotlarda yangi o’rganilayotgan qonun-qoidaga oid faktlar to’plash, ularni bir-biri bilan taqqoslash va tahlil qilish, bilimlarni o’rganish va mustahkamlash jarayoni parallel ravishda olib boriladi.
Ta’limda muammoli o’qitishning uch sharti mavjud:
Muammoli ta’limni tashkil etishda o’quv materiallarini tizimli, tartib bilan rivojlantirish.
Vazifa berilganda uni echish usullarini tanlash imkoniyatini berish.
O’quvchi-talaba bilim olishni maqsad qilib qo’yishi va maqsadiga erishishi uchun o’z bilimini to’g’ri baholay olishi.
Ta’lim jarayonida muammoli vaziyatni yuzaga keltirishda bir qator didaktik maqsadlar ham ko’zda tutiladi, ya’ni;
- o’quvchi-talabalar diqqati o’quv materialiga tortiladi;
- o’quvchi-talabalarda fanga nisbatan qiziqish uyg’otish;
- ularni o’zlashtirish faoliyatini jonlantirish;
- ularning oldiga aqliy faoliyatni rivojlantiruvchi masalalar qo’yish;
- o’quvchi-talabalar o’rganishi mumkin bo’lgan bilimlar etarli darajada emasligini dalillarga asoslangan holda ko’rsatish;
- o’quv materiallarini tahlil etishga o’rgatish;
- o’qitishdagi muammolarni hal etishning yo’llarini topishda ularga ko’mak berish.
Ta’lim jarayonida muammoli vaziyatlar bir necha turga bo’linadi:
O’quvchi-talabalar o’z oldilarida turgan masalaning echimini topa olmaydi, muammoli savol yuzaga kelganda unga o’z vaqtida javob bera olmaydi, yangi mavzuni tushunishda ancha qiyinchiliklarga duch keladi.
O’quvchi-talabalar oldin egallagan bilimlarini yangi sharoit va vaziyat yuzaga kelganda qo’llay olmaydi.
Ularning muammoni nazariy yo’l bilan hal etishi va bu tanlangan usulni amalga oshirishi o’rtasida qarama-qarshiliklar vujudga keladi.
O’quvchi-talabalar amalda bajargan topshiriq natijalari bilan o’zlarining nazariy jihatdan tushunib etishlari o’rtasida bilimlarining etishmasligi ham muammoli vaziyatlar yuzaga kelishiga olib keladi.
Ta’lim jarayonida muammoli o’qitish samarali, maqsadga muvofiq bo’lishi uchun uni o’quv jarayoni, o’quv-tarbiya ishlari asosining bir qismiga aylantirish zarur. Muammoli ta’lim yordamida talabalarda o’quv muammolari va mutaxassislik masalalarini echishga tadqiqiy yondashish, mustaqil tarzda o’rganish mahoratini shakllantirishni tarbiyalaydi.
Shunday qilib, muammoli ta’lim o’quvchi-talabalar bilim tizimlari va aqliy hamda amaliy faoliyatlarida samarali o’zlashtirishga yordam beradi, o’zlashtirgan yangi bilimlaridan kelajakdagi vaziyatlarda unumli foydalana olishni, ta’lim muammolarini echa bilish, mustaqil izlanishga o’rgatish, ijodiy tajribaga ega bo’lish va uni rivojlantirish, ta’lim jarayonining vazifalarini tahlil qilish, muammoli ta’limni aniqlash imkoniyatlarini ochib beradi.
Kichik guruhlarda ishlash
Kichik guruhlarda ishlash usuli talaba-talabalarni mustaqil ishlashga o’rgatishning eng qulay va samarali usullaridan biridir. Bunda dars jarayonida har bir talabaning ishtiroki ta’minlanadi. Bir-biridan o’rganishga imkon tug’iladi, boshqalar fikrini qadrlashga o’rgatadi. Ammo bu usulni yangi boshlangan va birinchi darsdan qo’llash ayniqsa, kimyo darslarida foydali emas. Shuning uchun avval dastlabki tushuncha va ko’nikmalar hosil qilingandan keyin foydalanish mumkin. Talaba-talabalarni guruhlarga bo’lishda ularning bilim darajalari va salohiyati e’tiborga olinishi kerak. Aks holda guruh yoki sinfda bu usulga bo’lgan qiziqishni uyg’otib bo’lmaydi. Uni quyidagi bosqichlarda tashkil qilish mumkin:
Faoliyat yo’nalishi
↓
Kerakli asos yaratilishi
↓ ↓ ↓ ↓
guruh guruh guruh guruh
↓
Aniq ko’rsatma berish va yo’naltirish
↓
Muhokama
Qo’llash usuli:
1. Faoliyat yo’nalishi aniqlanadi. Mavzuga oid muammo shunday tanlanadiki, natijada talabalar uni o’rganish(bajarish) uchun ijodiy faoliyat ko’rsatishlari zarur bo’ladi va muammodan bir-biriga bog’liq bo’lgan masalalar belgilanadi.
2. Kerakli asos yaratiladi. Talaba-talabalar mazkur muammo haqida tushunchaga ega bo’lishlari ya’ni kichik guruh ishida qatnashishlari uchun tanlangan faoliyat bo’yicha ba’zi bilim, ko’nikma va malakalarni oldindan egallagan bo’lishlari kerak.
3. Guruhlar belgilanadi. Talaba-talabalar guruhlarda 3-5 kishidan qilinib bo’linadi(ehtimol kam yoki ko’p bo’lishi mumkin). Agar u yoki bu yozma hujjat tayyorlashni talab etsa, yaxshisi 2-3 kishili guruh tuzilgani ma’qul. Guruh o’lchovi masalaning muhimligi, sinfdagi talabalar soni, talabalarning bir-biri bilan o’zaro harakatiga bog’liq holda o’zgaradi. Guruhda ishlash talabalar o’rtasida vazifalarni aniq taqsimlashga tayanadi(masalan, bir talaba munozarani boshqaradi, ikkinchisi yozib boradi, uchinchisi sardor rolini o’taydi va hokazo). Sinfni guruhlarga ajratish xohish bo’yicha yoki hisob bo’yicha amalga oshiriladi.
4. Aniq ko’rsatma beriladi. Talaba-talabalarga faoliyatni bajarish bo’yicha aniq va ko’p bo’lmagan tushuntirish beriladi. O’qituvchi guruhlarning ishlash tezligi turlicha bo’lishini inobatga olgan holda vaqt chegarasini aytadi. Guruhlar kerakli materiallar va axborotlar bilan ta’minlanadi. Talabalar guruhda ishni boshlashlari uchun o’quv vazifalarini aniq tushunib yetganligi tekshirib ko’riladi.
5. Qo’llab-quvvatlab va yo’naltirib turiladi. O’qituvchi zarurat tug’ilsa guruhlar yoniga navbatma-navbat kelib to’g’ri yo’nalishda ishlayotganligini qayd qiladi yoki ularga yordam beradi, guruhlarta tazyiq o’tkazilmaydi.
6. Muhokama qilinadi va baholanadi. Guruhlar yakuniy bosqichda ish natijalar bo’yicha axborot beradilar. Buning uchun har bir guruh o’z sardorini belgilaydi. Zarurat tug’ilsa faoliyat natijalari bo’yicha bildirilgan fikrlar o’qituvchi tomonidan yozib boriladi. Muhimi guruhda muammo yechimini asoslanishini aniqlashtirib olishdir. Agar vaqt yetarlicha bo’lsa, u yoki bu fikrni aniqlashtirishda guruhlar bir-birlariga savol ham berishlari mumkin. Kichik guruhlarda ishlash natijalari o’qituvchi tomonidan baholanadi. Bunda faoliyatni to’g’ri va aniq bajarish, vaqt sarfi asosiy mezon hisoblanadi.
Kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish
Kimyo darsida talabalar bilan kichik guruhlarda ishlashni tashkil qilish uchun o’qituvchi avvalo ularning bilim saviyasiga e’tiborni qaratishi kerak. Guruhlar tuzishda talabalarni shunday taqsimlash kerakki, har bir guruhning salohiyati ikkinchisidan kam farq qilishi yoki farq qilmasligi kerak. Shunga erishilganda sarflagan vaqtdan samarali foydalangan holda ko’zlangan natijaga erishish mumkin. Kichik guruhlarda ishlashda to’yingan uglevodorodlar mavzusini o’qitishda mavzuning turli bo’lmlarida foydalanish mumkin. Masalan, o’qituvchi tomonidan geksanning barcha izomerlarini yozing va ularda ikkilamchi, uchlamchi va to’rtlamchi uglerod atomlariga ega bo’lgan izomerlar sonini aytish topshiriq sifatida beriladi. Har bir guruh a’zolari ishni bajarishga kirishadilar. O’qituvchi qatnashchilarga oldindan tayyorlangan ko’rsatmalar beradi. Zaruriy vaqtda ularning qisqa savollariga javob berib boradi. Talabalarning to’g’ri yoki noto’g’ri yo’nalishda ishlayotganligini qayd etadi. Guruhlar ishni tugatgandan so’ng olingan natijalar yani har bir guruhning yozgan formulalari tekshiriladi va muammo yechimi to’g’risidagi izohlarni so’rab oladi. O’qituvchi tomonidan berilgan qo’shimcha savollarga, bir-birlariga bergan savol-javoblariga qarab baholash amalga oshiriladi.
Kimyo darslarida “Kichik guruhlarda ishlash” usulidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, masalalar va eksperimental masalalar echish darslarida foydalanish juda qulay.
Amaliy mashg’ulot vaqtida guruhni 3 yoki 4ga bo’lib, har guruhchaga amaliy mashg’ulotni bajarish tartibi, mashg’ulot uchun zarur jihozlarni berib, nazorat qilib turgan holda ularni amaliy mashg’ulotni mustaqil bajarishlariga o’rgatish mumkin.
Masalan, “Kimyoviy reaktsiyalarning tezligi” deb nomlangan amaliy mashg’ulotni quyidagi tartibda o’tkazish mumkin:
1. Sinfni kichik (3-4) guruhlarga bo’lamiz.
2. Amaliy mashg’ulotning maqsadi va amaliy mashg’ulotni o’tkazish tartibi hamda texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtiramiz.
3. Har bir guruhga amaliy mashg’ulotni bajarish tartibi yozilgan uslubiy ko’rsatmalarni va shu uchun kerak jihozlarni tarqatamiz.
4. Guruhlar qisqa vaqt ichida amaliy mashg’ulotni bajarish tartibi bilan tanishib chiqadilar va ishni bajarishning rejasini tuzadilar.
5. Guruhlar sardori yoki guruhning biror a’zosi rejani himoya qiladi. Barcha guruhlar o’z rejalarini himoya qilganlaridan keyin o’qituvchi ularga ishni bajarish uchun ruxsat beradi.
6. Ishni bajarish davomida o’qituvchi guruh a’zolarining ishni bajarish haqidagi amaliy ko’nikmalarini kuzatib, nazorat qilib boradi.
7. Ish yakunida guruhlar hisobot tayyorlaydi va hisobotni himoya qiladi.
Bugungi kunda ayrim o’qituvchilar “Kichik guruhlarda ishlash” metodidan foydalanib, darslarini guruhlarda hamkorlikda proektlar bajarish tartibida ham o’tkazadilar. Buning uchun har bir guruh o’zlariga berkitilgan topshiriq yuzasidan proekt tuzadilar va uni himoya qiladilar. Proekt asosan quyidagicha himoya qilinadi:
1. Proekt maqsadi;
2. Proektni bajarish tartibi;
3. Kuzatilgan natija;
4. Xulosa;
5. Proekt himoyasi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi kimyo darslarida talabalarning mustaqil fikrlash, xulosalash, analiz va sintez, o’zaro hamkorlikda ishlash kabi qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim metoddir.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Bitiruv loyiha ishining yakunida quyidagi xulosa va takliflarga kelindi:
1.Oqitish jarayonida interfaol usullarni qo’llash ta’lim jarayonini samaradorligini oshiradi.
2.Dars jarayonida interfaol metodlardan foydalanish talabalarda mustaqil fikrlashni shakllantiradi,nutq faoliyatini namoyon qilish imkoniyati yaratiladi.
3. Kimyo fanidan darslik, o’quv qo’llanmalarning yangi avlodini tayyorlash, nashr etish lozim.
4. Namunaviy fan dasturlarini bugungi kunning talabidan kelib chiqqan holda qayta ko’rib chiqilishi maqsadga muvofiq.
5.Innovatsion ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish uchun ta’lim muassasasida innovatsion texnologiyalar bo’yicha yetuk mutaxassislarni jalb qilgan holda seminar-treninglar tashkil qilish.
“ATOM YADROSINING TUZILISHI. IZOTOPLAR” MAVZULARI BO’YICHA MASALALAR YECHISH
Izotoplar deb, yadro zaryadlari bir xil bo‘lgan neytronlar soni va nisbiy atom massalari bilan farqlanadigan nuklid-elektron sistemalarga aytiladi. Qat’iy bir xil massa soniga, ya’ni yadrodagi proton va neytronlari o‘zgarmas bo‘lgan atomga nuklid deyiladi. Nuklidlarning massa soni undagi nuklonlar (proton (p) va neytronlar (n) yig’indisi) soniga teng: Ar=p+n.
Izobarlar nisbiy atom massalari bir xil, protonlar va neytronlar soni bilan farqlanadigan elementlardir. Neytronlar soni bir xil bo‘lib, protonlar va massa sonlari bilan farqlanadigan element atomlariga izotonlar deyiladi.
Bir elementning bir necha izotopi bo‘lganda uning nisbiy atom massasini hisoblash uchun moddaning molyar ulushidan () foydalaniladi: , bu erda v –modda miqdori, mol; v - sistemadagi moddalarning umumiy miqdori, mol.
Moddaning molyar ulushi o‘lchamsiz yoki foizlarda ifodalanadigan kattalikdir.
Bir necha izotopga ega bo‘lgan elementning nisbiy atom massasini hisoblash uchun o‘rtacha molekulyar massani topish formulasidan foydalaniladi:
bu erda - elementning nisbiy atom massasi;
1, 2,... - element izotoplarining molyar ulushlari;
mЭ, nЭ, ... - element izotoplari;
m, n - element izotoplarining massasi.
2.14. Tarkibida molyar ulushi 7,3 % 6Li va 92,7 % 7Li bo‘lgan litiyning nisbiy atom massasi topilsin.
Yechish: Masalani yechish uchun o‘rtacha molekulyar massa formulasidan foydalaniladi:
2.15. Tarkibida 77,5 % 35Cl va 22,5 % 37Cl bo‘lgan xlor elementining nisbiy atom massasi topilsin (Javob: 35,45).
2.16. Tarkibida 73 % 63Cu va 27 % 65Cu bo‘lgan mis elementining nisbiy atom massasini toping (Javob: 63,54).
2.17. Tarkibida molyar ulushlari 92,3 % 28Si, 4,7 % 29Si va 3,0 % 30Si bo‘lgan kremniy elementining nisbiy atom massasini toping (Javob: 28,1).
2.18. Tarkibida molyar ulushlari 90,0 % 20Ne, 10,0 % 22Ne bo‘lgan neon elementining nisbiy atom massasini toping.
(Javob: 20,2).
2.19. Uglerodning 12C va 13C izotoplari ma’lum, agar uglerodning nisbiy atom massasi 12,011 bo‘lsa, izotoplarning molyar ulushlari qanday bo‘ladi?
Yechish:
bundan 1+2=1 bo‘lganligi uchun ikkita ikki noma’lumli tenglama kelib chiqadi:
Bu tenglamalar sistemasi yechilsa, 1=0,989 yoki 98,9 % va 2=0,011 yoki 1,1 % kelib chiqadi.
2.20. Bromning 79Br va 81Br izotoplari ma’lum, uning nisbiy atom massasi 79,9 bo‘lsa, izotoplarning molyar ulushlari qanday bo‘ladi? (Javob: 0,55 79Br; 0,45 81Br).
2.21. Xlorning 35Cl va 37Cl izotoplari ma’lum, uning nisbiy atom massasi 35,45 bo‘lsa, izotoplarning molyar ulushlari qanday bo‘ladi? (Javob: 77,5 % 35Cl; 22,5 % 37Cl).
2.22. Nisbiy atom massasi 20,2 bo‘lgan neonning 20Ne va 22Ne izotoplari ma’lum bo’lsa, ularning molyar ulushlari qanday bo‘ladi? (Javob: 90 % va 10 %).
2.23. Nisbiy atom massasi 10,81 bo‘lgan tabiiy bor 10B izotopining molyar ulushi 19,6 % bo‘lsa, borning yana qanday izotopi bo‘ladi?
Yechish: va bundan x=11 bo’ladi va izlanayotgan izotop 11B ekan.
2.24. Ikki izotopdan iborat nisbiy atom massasi 79,9 bo‘lgan bromning izotoplaridan biri 81Br ning molyar ulushi 0,45 bo‘lsa, uning yana qanday izotopi mavjud? (Javob: 79Br).
2.25. Ikki izotopdan iborat, nisbiy atom massasi 35,45 bo‘lgan xlorning izotoplaridan biri 37Cl ning molyar ulushi 0,225 bo‘lsa, uning yana qanday izotopi mavjud? (Javob: 35Cl).
2.26. Uglerodning 12C va 13C, kislorodning 16O, 17O va 18O izotoplaridan nechta CO tarkibli oksidlar hosil bo‘lishi mumkinligini toping.
Yechish: 12C16O; 12C17O; 12C18O; 13C16O; 13C17O; 13C18O.
2.27. Vodorodning 1H; 2H; 3H va kislorodning 16O, 17O va 18O izotoplari ishtirokida nechta H2O tarkibli birikmalar hosil bo‘lishi mumkinligini toping. (Javob: 18).
2.28. Uglerodning 12C, 13C va vodorodning 1H, 2H, 3H izotoplaridan nechta CH4 tuzilishli birikmalar hosil bo‘ladi?
(Javob: 30).
2.29. Kremniyning 28Si, 29Si, 30Si va vodorodning 1H, 2H, 3H izotoplaridan nechta SiH4 turidagi birikmalari hosil bo‘ladi? (Javob: 45).
2.30. Nisbiy atom massasi 190, yadro zaryadi 76 bo‘lgan osmiy atomi yadrosida nechta neytron bor?
Yechish: n=Ar-p=190-76=114.
2.31. Atom massasi 96, yadro zaryadi 42 bo‘lgan Mo izotopi yadrosida nechta proton va nechta neytron bo‘ladi?
Yechish: Yadrodagi protonlar soni atom yadrosining zaryadiga teng. Ar=p+n formula asosida neytronlar soni topiladi:
n=Ar-p=96-42=54.
2.32. Quyidagi izotoplar yadrolaridagi protonlar, neytronlar soni va izotoplarning atom massasini toping:
Element
|
Izotop
|
Ar
|
p
|
N
|
Aktiniy
|
|
x
|
x
|
x
|
Ameritsiy
|
|
x
|
x
|
x
|
Berkliy
|
|
x
|
x
|
x
|
Vismut
|
|
x
|
x
|
x
|
Evropiy
|
|
x
|
x
|
x
|
2.33. Nisbiy atom massasi 238, yadro zaryadi 92 bo‘lgan uran atomi yadrosida nechta neytron bor? (Javob: 146).
2.34. Yadrosida 69 ta proton va 100 ta neytron bo‘lgan tuliy atomining nisbiy atom massasi qancha bo‘ladi?(Javob: 169).
2.35. Yadrosida 75 ta proton va 111 ta neytron bo‘lgan element atomining nisbiy atom massasi qancha bo‘ladi?
(Javob: 186).
2.36. Modda miqdori 1 mol bo‘lgan astat atomi yadrosidagi protonlar soni qancha bo‘ladi?
Yechish: Astatning yadro zaryadi 85, demak, bitta astat atomi yadrosida 85 ta proton bo‘ladi. 1 mol astatdagi atomlar soni 6,02.1023 ta bo‘lganligi uchun Nr=85.6,02.1023=5,12.1025.
2.37. Yadro zaryadi 41, nisbiy atom massasi 93 bo‘lgan 0,1 mol niobiy yadrosida nechta neytron bor? (Javob: 3,13.1024).
2.38. 0,5 mol suvdagi protonlar va elektronlar sonlari qancha bo‘ladi?
Yechish: Kimyoviy formulasi H2O bo‘lgan bir molekula suvdagi har bir vodorodda bittadan, jami ikkita va kislorodda 8 ta proton va shuncha elektron bo‘lganligi uchun 0,5 mol miqdor suvda Np=10.6,02.1023.0,5=3,01.1024 ta proton va shuncha elektron bor.
2.39. Quyidagi modda va ionlar tarkibidagi protonlar va elektronlar sonini aniqlang:
|
Modda, ion
|
Np
|
Ne
|
Formulasi
|
Miqdori
|
a
|
HCl
|
1 mol
|
x
|
x
|
b
|
NaCl
|
1,5 mol
|
x
|
x
|
c
|
H2SO4
|
49 gramm
|
x
|
x
|
d
|
CuSO45H2O
|
0,5 mol
|
x
|
x
|
e
|
K4[Fe(CN)6]
|
36,8 gramm
|
x
|
x
|
f
|
Na+
|
1,2 mol
|
x
|
x
|
g
|
Fe3+
|
1,4 mol
|
x
|
x
|
h
|
PO43-
|
0,7 mol
|
x
|
x
|
(Javob: Np: a1,08.1025, b2,53.1025, c1,505.1025, d5,24.1025, e1,08.1025, f7,951024, g2,191025, h=1,98.1025, Ne:a1,08.1025, b2,53.1025, c1,5.1025, d5,24.1025, e1,08.1025, f6,02 1024, g1,041025, h2,1.1025).
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI
«Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori». T.: 1997. 64 b.
Avliyakulov N.X. Prakticheskie osnovo’ modulnoy sistemo’ obucheniya i pedagogicheskoy texnologii. Uchebnoe posobie - Buxara: 2001. - 99 s.
Avliyakulov N.X., Namozova N.J. monografiya. Muammoli o’qitish texnologiyalari. T.: Fan va texnologiyalar. 2008. 80 b.
Azizxodjaeva N.N. Pedagogicheskie texnologii i pedagogicheskoe masterstvo. - T.: Moliya, 2002.
Bespalko V.P. Slagaemo’e pedagogicheskoy texnologii. – M.: Nauka, 1989. -192s.
Yo’ldoshev J.G’., Usmonov S.A. «Pedagogik texnologiya asoslari». – T.: «O’qituvchi», 2004.
Klarin M.V. Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom protsesse. – M.: Znanie, 1989 - 80 s.
Maxmutov M., Ibragimov G.I., Ushakov M.A. Pedagogicheskie texnologii, razvitie mo’shleniya uchahixsya. – Kazan: 1993 – 88 s.
Sayidaxmedov N. Yangi pedagogik texnologiya mohiyati va zamonaviy loyihasi. – T.: Ta’lim markazi, 1999. -55 s.
Sayidaxmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar (nazariya va amaliyot). T.: Moliya. 2003.
Xamidov A. Yangi pedagogik texnologiyalar. O’quv qo’llanma. - T.: 2004.
Shodiev N. Yangi pedagogik texnologiyalar.- S., 2001.-88 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |