Javob: Korxonada oldin Dt-1080 schyot, Kt-4230 schyot – 9000 so‘m, ombordan berilganda Dt-9420 schyot, Kt-1080 schyot – 9000 so‘m deb bux-galteriya hisobi schyotlaria aks ettirilishi kerak. Demak, bu summani bevosita xarajatga chiqarish noto‘g‘ri.
Tovar-moddiy boyliklar kirim qilinganligi to‘g‘risidagi fakt va tas-diqlovchi hujjatlar yo‘qligida hisobi beriladigan summalar hisobdor shaxs-ning jami daromadiga qo‘shilib, daromad solig‘i ushlanadi. Auditor bun-day hollarda daromad solig‘i ushlanganligni aniqlaydi.
Bo‘nak hisobotlarini tekshirish chog‘ida naqd pul bilan hisob-kitob qi-lishning belgilangan chegarasiga rioya qilinayotganligiga ham alohida e’tibor qaratish zarur. Dastlabki hujjatlarda (nakladnoy, schyot-faktura, kassa kirim orderi kvitantsiyasi, bajarilgan ishlar dalolatnomasi va sh. o‘.) ko‘rsatilgan summalar belgilangan limit bilan solishtiriladi.
Qilingan sarflarni tasdiqlovchi hujjatlar tekshirilishi chog‘ida QQS ajratib ko‘rsatilishi va budjetga to‘lanishining qonuniyligi aniqlanadi.
Auditor bo‘nak hisobotlarida ko‘rsatilgan schyotlar bog‘lanishlari (kor-respondensiyalar)ni ko‘rib chiqishda qilingan sarflarga e’tibor qaratishi zarur. Jumladan:
– asosiy, yordamchi va umum ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar (Dt-2010, 2310, 2510, 2710-schyotlar va Kt-4230-schyot);
– davr sarflariga taalluqli xarajatlar (Dt 9410, 9420, 9430-schyotlar va Kt 4290-schyot);
– kelgusi davr sarflari va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar sarflariga taalluqli xarajatlarga (Dt 3190-schyot va Kt 4290-schyot);
Shuningdek, ishlatilmagan hisobi beriladigan summalarning kassaga topshirilishi (kassir hisobotiga ilova qilingan kassa kirim orderi) va schyotlarda aks ettirilishi (Dt5010-schyot Kt 4210, 4220, 4230-schyotlar) ham tekshirishi kerak.
Korxona rahbarining buyrug‘i (farmoyishi)ga muvofiq xodimning xizmat maqsadida boshqa yerga borishi xizmat safari deb tan olinadi.
Quyidagilar xizmat safari deb tan olinmaydi:
– yo‘lda o‘tadigan yoki har doim u yoq bu yoqqa chiqib turadigan xo-dimlarning xizmat yuzasidan borishi;
– korxona bilan munosabatlari mehnat shartnomasi bilan emas, balki fuqarolik – huquqiy shartnomasi (pudrat, topshiriq va sh. o‘.) bilan belgilanadigan, xodimlarning ishlab chiqarish zarurati tufayli borishlari.
Xizmat safariga doir bo‘nak hisobotlarini tekshirish chog‘ida auditor xizmat safari guvohnomasi mavjudligi, unda xizmat safarining maqsadi, kelish va ketish to‘g‘risidagi belgilar ko‘rsatilganligini; sarflarni tasdiqlovchi dastlabki hujjatlar ma’lumotlar va sutkaliklarni hisob-kitob bilan taq-qoslash orqali amalga oshiriladi. Auditor xizmat safari muddatining (xiz-mat safari guvohnomasida kelish va ketish to‘g‘risidagi belgilar ma’lumot-lari bo‘yicha), belgilangan me’yorlar chegarasidagi va unda oshgan sutkalik xarajatlarning to‘g‘ri aniqlanganligini tasdiqlaydi. Xizmat safari joyiga yetib borish va orqaga qaytish yo‘l haqi xarajatlari hisobotga ilova qilingan -havo, temir yo‘l, suv va jamoat avtotransportlari(taksidan tash-qari) yo‘l hujjatlari bo‘yicha aniqlanadi.
Xizmat safariga jo‘natilgan xodimlarning yumshoq vagonda, dengiz transportlarida – tarif stavkalarining I-IV guruhlari bo‘yicha to‘lanadagan kayutalarda, daryo floti kemalaridagi I-II toifa kayutalarda hamda I-klassli bilet bo‘yicha havo transportlarida yo‘l haqi xarajatlari korxona rahbarining to‘lovni ruxsat etish to‘g‘risidagi farmoyishi bilan rasmiy-lashtirilishi lozim.
Yo‘l haqi xarajatlariga majburiy sug‘urta summasi ham qo‘shilib, u mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib boriladi (Xarajatlar tarkibi … to‘g‘risidagi Nizom).
Korxona rahbarining qaroriga muvofiq xodimga to‘lanadigan, ixtiyo-riy sug‘urta xarajatlari ham tannarxga olib boriladi (Xarajatlar tarkibi …. to‘g‘risidagi Nizom). Bunda soliqqa tortish maqsadida hisobga olinadigan bunday sarflarning umumiy miqdorini ham tekshirish zarur.
O‘rin-ko‘rpalardan foydalanganlik uchun xarajatlar tegishli ma’lumotnoma yoki chiptaga qo‘yilgan belgilar bilan tasdiqlanishi lozim. Mehmonxona xarajatlari tasdiqlovchi hujjatlarga asosan, xizmat safariga borgan xodimga qoplanadi va to‘lig‘icha tannarxga olib boriladi.
Soliqqa tortish maqsadlarida ushbu sarflar faqat amaldagi normalar doirasida qabul qilinadi (ammo 1 sutkada eng kam oylik ish haqiga nisbatan: Toshkent shahri uchun 0, 1 va boshqa joylar uchun 0, 08 koeffitsient-dan oshmasligi lozim).
Xizmat safari xarajatlarining belgilangan normalardan oshig‘i soliqqa tortilladigan foydani hisoblashda hisobga olinmasligi sababli, auditor nor-madan oshgan xarajatlarni hisoblashning to‘g‘riligi va soliqqa tortiladigan foydani tuzatish (korrektirovka) to‘g‘riligini tekshirishi zarur.
Boshqa sarflarni, masalan, telefon schyotlarini to‘lashning maqsadga muvofiqligi tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi. Bunda sarflarning ishlab chiqarish tavsifi va ularni tannarxga olib borishning qonuniyligi aniqlanadi. Ushbu maqsadda telefon orqali gaplashganlik uchun schyot-ning mavjudligi va korxonaning xizmat telefoniga muvofiqligi aniqlanadi. Hisobdor shaxsga to‘langan, noishlab-chiqarish tavsifidagi sarflar korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi va daromad solig‘i ushlash uchun xodimning yalpi daromadlariga qo‘shilishi lozim. Auditor norma doirasidagi va normadan oshgan xizmat safari sarflarini arifmetik tekshi-ruvdan o‘tkazish zarur.
Hisobdor shaxslar bilan chet el xizmat safari bo‘yicha hisob-kitoblarni tekshirishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 5 iyunda 932-raqam bilan ro‘yxatga olingan «Vazirliklar, idoralar, kor-xonalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqa-risiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish TARTIBI» dagi talablarga rioya qilinishi aniqlanadi.
Bo‘nak hisoboti safardan qaytgandan so‘ng 3 (uch) kun ichida topshi-rilishi shart. Xizmat safari xarajatlarining to‘g‘ri va haqiqiyligi, bo‘nak hisoboti va berilgan topshiriqlarning bajarilgani to‘g‘risida hisobot asosida aniqlanadi. Bo‘nak hisobotiga xizmat safari vaqtida belgilangan joyga kelgan va u yerdan ketgan vaqti o‘sha tashkilotning muhri, mas’ul shaxs imzosi qo‘yilgan xizmat safari guvohnomasi, yo‘l xarajatalari hujjatlari (jamoat transporti chiptalari, mehmonxona pattalari (kvitantsiyalari), tele-fon orqali gaplashganligi uchun to‘langan pul uchun pattalar) va bosh-qa pul xarajatlarini isbotlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Auditor xizmat safari xarajatlarining haqiqiy asosliligini tekshirishda ba’zi bir ishlarga, jumladan telefon orqali gaplashganligi uchun aloqa tash-kiloti kvitantsiyasini ko‘rishda, bu gaplashish ushbu korxona manfaatiga va xizmat safari maqsadiga to‘g‘ri kelish yoki kelmasligini ham aniqlashi lozim. Xususiy va davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalarda xizmat sa-fari xarajatlarini tekshirishda korxona va uning egasi schyotlari, pul mab-lag‘lari, kundalik xarajatlarining bir-biriga qo‘shilib ketmasligini ta’min-lash zarur.
Tekshirish davomida aniqlangan hamma kamchiliklar, jumladan ortiq-cha to‘lovlar, asossiz xarajatlar, bo‘nak hisobotlariga ilova qilingan qalba-ki hujjatlar va shunga o‘xshash qoidani buzish hollari ro‘yxatiga kiritilishi kerak.
Auditor bo‘nak hisobotlari va ularga ilova qilingan hujjatlarni yop-pasiga tekshiradi; buning uchun u jamg‘aruv qaydnomalaridagi yozuvlarni kreditlarni tasarrufchilari tasdiqlangan bo‘nak hisobotlariga solishtirib ko‘-radi. Avvalo, u kimga berilganligini tekshiradi. Qoidaga ko‘ra, xizmat sa-farlari xarajatlariga beriladigan bo‘naklar shu korxonada ishlaydigan shaxslarga berilishi lozim.
Ayrim buxgalteriyalarda xodimlarga go‘yo xo‘jalik hamda xizmat sa-farlari uchun bo‘nak ajratilgandek bo‘lib, aslida ularning shaxsiy ehtiyoj-lari uchun pul berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Shuning uchun auditor xodimning xizmat safariga jo‘natish guvohnomasi borligini, uning muddatini, yo‘l xarajatlarini, amaldagi me’yorlar bo‘yicha sutkalik to‘lov summasi qan-chaligini, hisobdor shaxslar bo‘naklar bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida topshirishlari va sarflanmay qolgan mablag‘lar qoldiqlarini kassaga topshi-rishlarini aniqlaydi.
Hisobdor shaxslar berilgan bo‘nak (avans) nimaga mo‘ljallangan bo‘lsa, shu maqsadda ishlatishlari lozim. Auditor bo‘nak hisobotiga ilova qilingan hujjatlarning to‘g‘riligini va ular bo‘yicha qilingan to‘lovlarning qonuniyligini sinchiklab tekshiradi. Zarur hollarda qarama-qarshi tekshi-ruvlar mo‘ljallangan bo‘lsa, quyidagilarni ham aniqlash lozim: korxona rahbari tomonidan hisobdorlik bo‘yicha pul olish huquqi berilgan shaxslar ro‘yxati tasdiqlanganligi, hisobdor shaxslarga belgilangan miqdordan ortiq yoki oldingi bo‘nak bo‘yicha hisobot topshirmagan shaxslarga yana bo‘nak berilmayotganligini, bevosita korxona kassasidan naqd pul bilan to‘lanish hollarini; bo‘nak hisobotlarida korxona rahbarining qilingan xarajatlar maqsadga muvofiqligini tasdiqlashi; xarajat qilingan hisobdorlik summalarini o‘z vaqtida hisobda aks ettirishni.
Do'stlaringiz bilan baham: |