Kolonna korpusining ichida nasadka (ichki qurilma) bo'lib, u katalizator qutisi va issiq almashtirgichdan iborat bo'ladi. Katalizator qutisi kolonnaning yuqori qismiga joylashgan bo'lib, katalizator oralariga va kolonnaning ostki qismiga quvursimon issiq almashtirgich o'matilgan. Bular jarayonning avtotermikligini (o'zini-o'zi issiqlik bilan ta'minlash) ta'minlaydi. Katalizator, quvursimon holda joylashtirilgan reaktorlar, qaytar izotemik jarayonda optimal harorat rejimini ta'minlay oladi. Shuning uchun hozirgi zamon yirik ammiak sintezi qurilmalarida tokchali sintez kolonnalari qo'llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |