O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 0,99 Mb.
bet52/55
Sana06.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#323960
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Osimliklardagi turli omillarga chidamliligining eko-fiziologik usullari

Induksiyalangan mexanizlar- infeksiya ta’siriga o‘simlikning reaksiyasi bilan tavsiflanadi: 1) o‘simliklarning nafas olishi va energiya almashinuv jarayonlari kuchayadi; 2) umumiy nospetsifik chidamlilikni oshirishga yo‘naltirilgan moddalarning to‘planishini ta’minlaydi ( fitonsidlar, fenollar, xinonlar, har xil taninlar va boshqalar); 3) qo‘shimcha mexanik himoya to‘siqlari hosil bo‘ladi; 4) yuqori ta’sirchanlik reaksiyalari paydo bo‘ladi; 5) fitoaleksinlar sintezlanadi. Bunday chidamlilikka ega bo‘lgan o‘simliklar hujayrasida parzitning rivojlanishi qiyinlashadi va hatto rivojlana olmay nobud bo‘lishi mumkin.

Nektotrof va biotrof parazitlarga nisbatan chidamlilik mexanizmlari farq qiladi. Nektotrof potogenlar o‘zlari ajratgan gidrolitik fermentlari va toksinlari bilan o‘simlik hujayrasiga ta’sir etadi. Ular toksinlar yordamida o‘simlik hujayrasini o‘ldiradi va hujayrada joylashib qoladi. Keyinchalik gidrolitik fermentlar yordamida hujayra tarkibidagi moddalarga parchalanadi. Nektotroflar ajratgan toksinlar - fitotoksinlar deyiladi. Fitotoksinlar juda ko‘p o‘simliklarni zararlashi mumkin. Biotroflar o‘simliklar uchun zararli bo‘lgan toksinlarni ajratmaydi. Ular asosan hujayralararo bo‘shliqlarga joylashib, o‘zlarining va gaustoriya - so‘rg‘ichlari yordamida hujayradan ozuqa moddalarni so‘rib oladi. Ular ma’lum muddatgacha o‘simlik bilan birga yashaydi. Ammo, zamburug‘larning sporalar hosil qilishidan boshlab o‘simliklar zararlana boshlaydi.

Biotrof parazitlarga chidamlilik: parazitni aniqlash, yuqori ta’sirchanlik, mikroz doirasini hosil qilish va patogen hayoti uchun zarur bo‘lgan oziqa komponentlaridan mahrum etish, shu doirada fitoaleksinlarni sintez qilib parazitni nobud qilish kabi mexanizmlar bilan tavsiflanadi.

Nektotrof patogenlarga chidamlilik mexanizmi asosan qo‘yidagilardan iborat: parazit toksinlarini neytrallash yoki parchalash, maxsus fototoksinlarga nisbatan o‘simliklar ta’sirchanligining pasayishi; ekzofermentlar faolligini nospetsifik ingibitorlar (fenollar va boshqalar) yordamida to‘xtatish; o‘simlik fermentlari (xitinlaza, glyukonaza va boshqalar) yordamida parazit hujayrasini devorlarini zararlash, parazitning gidrolitik fermentlariga qarshi o‘simliklar oqsil - antifermentlarini sintez qilish va boshqalar.

Patogenlar (zamburug‘lar, bakteriyalar, viruslar) o‘simlik to‘qimalariga asosan ikki yo‘l bilan kirib boradi: og‘izchalar, chechevichkalar va kutikula; er ustki organlari ildizlarining mexanik shikastlanadi. Patogenlar birinchi navbatda o‘simliklarning ustki qismlariga joylashib, keyinchalik ichkariga o‘tishi munosabati bilan qoplovchi to‘qimalar mexanik to‘siqgina bo‘lib qolmay, toksik to‘siq vazifasini bajaradi. Chunki, ularda har xil antibiotik (fitonsidlar va fenollar) moddalar saqlanadi.

Asrimizning 20 - yillarida B.P. Tokin tomonidan kashf etilgan fitonsidlar - antibiotik moddalar(xininlar, fenolli glikozidlar, spirtli glikozidlar) patogen mikroorganizmlar rivojlanishshini to‘xtatadi yoki ularni nobud qiladi. Piyoz, sarimsoq kabilarni yorilishi yoki kesilishi natijasida ajralib chiqqan uchuvchi fitonsidlar ta’siridan patogenlar zararlanadi.

Infeksiya ta’sirida shikastlangan hujayralarda polifenoloksidaza fermenti faollashadi va fenollarni yuqori toksik xinonlargacha parchalaydi. Hosil bo‘lgan fenol birikmalari patogenlar hosil qilgan ekzofermentlarni neytrallaydi (faolligini pasaytiradi).

Biotrof prazitlarga chidamli nav hujayralariga (masalan, g‘allalardagi zang zamburug‘i) patogen kirishi bilan ular nobud bo‘ladi. Ya’ni, nekroz hosil bo‘ladi. O‘simliklarning bunday reaksiyasi yuqori ta’sirchanlik nomini oldi. Chidamsiz navlarning hujayralari esa tirik qoladi va parazit hamma to‘qimalarga tarqaladi. Chidamli navlar nekroz hosil qilish usuli bilan parazitning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Yuqori ta’sirchanlikning asosiy funksiyasi parazitning spora hosil qilishiga yo‘l qo‘ymalikdir. Chunki, ular faqat tirik hujayra bilan munosabatda bo‘lgandagina spora hosil qilish qobiliyatiga ega.

O‘simlik tanasining nekrozlar hosil bo‘lgan qismlarida fitopatogenlarga javob sifatida maxsus antibiotik moddalar hosil bo‘ladi va himoya funksiyalarini bajaradi. Bu moddalar fitoaleksinlar nomini olgan. Sog‘lom to‘qimalarda fitoaleksinlar hosil bo‘lmaydi. Ular antibakterial, fungitoksik va antinematodlik xususiyatlariga ega. Fitoaleksinlar har xil bo‘lib, (dukkakli o‘simliklarda- izoflavonoidlar, murakkabgullilarda -poliatsetilinlar va boshqalar), o‘lik hujayralar atrofida joylashgan tirik hujayralarda sintezlanadi. Keyin parazit joylashgan nekroz hujayralariga o‘tadi. Ularning hujayralarga transporti apoplast usuli orqali sodir bo‘ladi. Fitoaleksinlar fitopatogenlarning o‘sishini barbod qiladi va ularning ekzofermentlarini faolsizlantiradi.

Umuman, o‘simliklarning yuqumli kasalliklarga chidamliligi uch turga ajratiladi:




  1. Download 0,99 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish