O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Suvga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra o‘simliklarning ekologik guruhlari



Download 0,99 Mb.
bet14/55
Sana06.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#323960
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
Bog'liq
Osimliklardagi turli omillarga chidamliligining eko-fiziologik usullari

1.2. Suvga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra o‘simliklarning ekologik guruhlari

Yer sharida suvning umumiy zahirasi va uning taqsimlanishi.Hozirgi vaqtda yer sharidagi umumiy suvning zahirasi 1385984610 km3 ga teng. Shundan sho‘r suvlarning miqdori gidrosferaning 96,5% ni tashkil etadi. Gidrosferaning 2,5 foizi chuchuk suvlarga to‘g‘ri keladi. 1,75% suvni abadiy muzliklar va qor tashkil etadi. Olimlarning hisob-kitobiga qaraganda, yer sharidagi muzliklarning erishi okeanlar sathining 66 metrga ko‘tarilishiga olib kelar ekan. Umumiy suv miqdorining 0,82% ni ko‘l, daryo va atmosfera suvlari tashkil etadi. Aynan ana shu suvlardan o‘simliklar o‘zlarining o‘sish va rivojlanishida foydalanadilar.

Suv formalarining biosferada doimiy aylanishi natijasida ularning nisbati doimiy saqlanadi. Quyosh energiyasi ta’sirida isigan suv atmosferaga bug‘lanib ko‘tariladi va qaytadan dunyo okeaniga yoki quruqlikka yog‘inlar holatida qaytib tushadi. Quruqlikka tushgan suv tuproq orqali yer osti sizot suvlariga qo‘shilib daryo, ko‘l yoki okeanga quyiladi yoki bir qismi o‘simliklar orqali bug‘lantirilib, atmosferaga chiqariladi. Jami bug‘lanadigan suvning 12% o‘simliklar orqali amalga oshiriladi. Okean suvlarining issiqlik sig‘imi yuqori bo‘lgani uchun quyosh energiyasini yutishi evaziga ko‘p miqdorda issiqlik to‘playdi. To‘plangan barcha issiqlik keyinchalik atmosferaga ajratiladi.

Hududlarning suv balansi uchun tushadigan yog‘inlar miqdori emas, balki yog‘inlar bilan bug‘lanishning nisbati muhim hisoblanadi. Yillik yog‘inlar miqdori bug‘lanish miqdoridan ko‘p bo‘ladigan hududlar gumusli zona hisoblansa, teskari holatda adir zonalari hisoblanadi. Quruqlikning taxminan 1/3 qismida suv tanqisligi kuzatiladi yoki quruqlikning 12% ida kuchli qurg‘oqchilik sodir bo‘ladi. Bunday regionlarda yog‘inlar miqdori 250 mm bo‘lsa, bug‘lanish esa 800 mm ni tashkil etadi.

Yer yuzidagi barcha tirik mavjudotlarning hayoti suv bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, suv yetarli bo‘lgandagina tirik organizmda kuzatiladigan fiziologik va bioximiyaviy reaksiyalar o‘z vaqtida va ma’lum izchillikda davom etadi. Suv tirik organizmlarning yashashi uchun asosiy muhitlardan biridir. Suvsiz sharoitda organizmlar nobud bo‘ladi yoki anabioz holatiga o‘tadi.

Sayyoramizning harorati deyarli bir me’yorda saqlanib turishi ham yer sharidagi suv havzalarining faoliyatiga bog‘liq. Chunki, bahor va yoz oylarida quyoshdan yerga yetib keladigan elektromagnit- yorug‘lik energiyasi okean, dengiz, ko‘l, tuproq va daryo havzalari tomonidan yutilishi tufayli atmosfera haroratining pasayishiga olib keladi. Kuz va qish fasllarida ham, bahor va yozda ham, suv havzalarida to‘plangan yorug‘lik, issiqlik energiyasi asta-sekinlik bilan ajralib turganligidan atmosfera havosi haddan tashqari sovib ketmaydi. Xulosa qilib aytganda, er yuzidagi suv havzalari atmosferadagi haroratning bir xil saqlanishini ta’minlaydi. Suv havzalari zavod-fabrikalardan, o‘rmonlarning yonishidan, vulqonlar otilishidan va barcha tirik organizmlarning nafas olishidan ajralib chiqqan karbonat angidridni yutishi bilan atmosferaning tozalanishida ishtirok etadi. Bu hol CO2 gazi ko‘plab to‘planishidan hosil bo‘ladigan hodisaning pasayishiga olib keladi.

Shu bilan birga suv ta’sirida tog‘ jinslarining nurashi va yemirilishi natijasida yer yuzasining manzarasi chuqur o‘zgarishlarga uchraydi. V.I.Vernadskiyning aytishicha, sayyoramizdagi eng muhim geologik jarayonlarning kelib chiqishida suv bilan tenglashadigan omilni uchratmaymiz.

Suv tabiatda bug‘, suyuqlik va muz shakllarida uchraydi. Suv tirik organizmlarning hayot faoliyatida muhim o‘rinni egallaydi. Tirik organizmlarning tana harorati suv tufayli deyarli bir xil darajada saqlanadi. Suv erituvchi sifatida tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning normal o‘tishini ta’minlaydi.


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish