Imom Abu Mansur al-Moturidiyning ta’limoti
haqida
Imom Abu Mansur al-Moturidiyning hayoti va ilmiy faoliyati
haqida yozgan tarixchilar, afsuski, o‘z asarlarida uning hayoti haqida
juda kam ma‘lumotlarni keltirganlar. Allomaning hayoti haqida
hozircha yuqorida bayon etilgan ma‘lumotlargagina egamiz. Ayni
vaqtda uning ta‘limoti haqida keyingi asrlarda yashagan olimu
ulamolar tomonidan ko‘plab ma‘lumotlar yozib qoldirilganligini katta
mamnuniyat bilan qayd etish lozim.
Buyuk vatandoshimiz, eng avvalo, kalom ilmi sohasida tom
ma‘noda tarixiy ishlar qilgan bo‘lib, o‘ziga xos maktab yaratgan va bu
maktab uning tabarruk nomi bilan moturidiya maktabi (yo‘nalishi) deb
ataladi.
Kalom ilmiga ta‘rif beradigan bo‘lsak, bu ilm diniy aqidalar va
ularniig usullarini aqliy dalillar va isbotlar asosida talqin qilib,
ulardagi har qanday shubhali, bir tomonlama qarashlarga barham
beradigan ilm hisoblanadi. Kalom ilmi bilan shug`ullanadigan olimlar
esa mutakallimlar deyiladi.
Avval qayd etganimizdek, Imom Abu Mansur al-Mo-turidiy
yashagan davrda islomiy ilmlar va goyalar gurkirab taraqqiy qilgan
bo‘lib, bu ilm tarkibiy qismlaridan birini tashkil qiladigan kalom ilmi
ham o‘z taraqqiyot bosqichining ayni gullagan davriga kirgan edi.
Ayni vaqtda barcha ilmlar qatori islomiy ilmlarda ham hurfikrlilik
keng yoyilib, o‘z nuqtai nazari va qarashlarini dalil va isbotlarga
tayanib emin erkin ifoda qilish tendsnstiyasi kuchayadi. Bu hol, o‘z
navbatida, jahmiylar, qaromitlar, rofiziylar, murjiiylar, karromiylar va
boshqa hidoyat yo‘lidan adashgan oqim va guruhlarning paydo
bo‘lishiga ham olib kelgandi. Ayniqsa, bundan ancha oldin paydo
bo‘lib, ko‘pchilik o‘lkalar kabi Movarounnahrni ham qamrab olgan
mu‘tazila oqimining xato qarashlari jamiyat a‘zolari o‘rtasida xilma-
xil ziddiyatlar va ixtiloflarga sabab bo‘lardi.
Imom al-Moturidiy ilgari surgan kalom ilmini kuzatar
ekanmiz,u,asosan, ikkita asosiy manbaga:aql va naqlga tayanib,ish
tutganini,agar fikrimizni aniqroq aytadigan bo`lsak u o`z nazariyasini
mana
shuikki
manba
o`rtaligida[tavassut]
yaratganini
ko`ramiz.Binobarin,muborak islom dinimiz ta`limotida ham diniy va
dunyoviy ishlarda o`rtacha bo`lish g`oyasi ilgari surilgan.Uning bu
104
g`oyalari bizgacha yetib kelgan ikki yirik asari –‗‘Kitob at-
Tavhid‘‘va‘‘Ta`vilot ahli as sunna‘‘da batafsil bayon qilingan.
Imom al-Moturidiy faoliyatida muborak islom dinining
hayotbaxsh g`oyalari sofligi uchun fidoiylik, e`tiqodiy masalalarni bir
tomonlama va xato talqin qilishga,zalolatga botgan har xil toifalar va
oqimlarga qarshi kurash,Qur`oni karimva hadisi sharifga tayangan
holda asosli raddiyalar berish salmoqli o`rinni egallaydi.Shu
boisdan,allomaning o`lmas ta`limoti bugungi kun uchun ham katta
amaliy ahamiyatt kasb etib,hidoyatyo`lidan adashgan ba`zi buzg`unchi
guruhlarni foshetishda asqotishi shubhasizdir.
Savol va topshiriqlar.
1.Abu Bakr Qaffol ash-Shoshiyning islom olamidagi mavqei.
2.Qaffol ash-Shoshiyning ustoz va shogirdlari.
3.‘‘Javome` al-Kalim‘‘asarining xususiyati.
4.Moturidiya ta`limotining taraqqiy etishi.
5.‘‘Qaffol ash-Shoshiy-Hazrati imom ‗‘mavzusida referat
yozish.
6.‘‘Abu Mansur al-Moturidiy buyuk kalom imomi‘‘mavzusida
jajji tadqiqot yaratish.
Mavzu buyicha adabiyotlar ro`yxati.
1.Karimov I. A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.
1 – jild. T.: O`zbekiston. 1996.
2.Karimov I. A. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. 2 – jild T.:
O`zbekiston. 1996.
3.Karimov I. A. Yuksak ma‘naviyat – engilmas kuch. T.: Ma‘naviyat
2008.
4.Uvatov U. Donolardan saboqlar. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq
merosi nashriyoti. 1994.
5.Ma‘naviyat yulduzlari T.: Abdulla Kodiriy nomidagi xalk merosi
nashriyoti
6.O`zbekiston-Buyuk allomalar yurti. T.Ma‘naviyat.2010.
7.Abduhalimov B. A. O`rta Osiyo olimlari Bogdodda. // O`zbekiston
tarixi. 199
9.
8. M. Xayrullayev , D.Shoahmedov.Madaniyat va meros . T.,1973.
9.Buyuk allomalar 1-2 jild .T, 1998-2000.
105
Do'stlaringiz bilan baham: |