O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti fizika bakalavr ta’lim yonalishining 2


PT bu soxadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatini aks ettiradi



Download 42,52 Kb.
bet4/7
Sana06.06.2022
Hajmi42,52 Kb.
#641138
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qalandarov Elbek

PT bu soxadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatini aks ettiradi.
PT ga “yangi” suzini kushib kullanilishi-bu ta’lim- tarbiya jarayonini loyixalashga eskicha yondashish mumkin emasligini kursatadi. Demak, savol tugiladi “yangi PT” nimani anglatadi? Shaxcni shakllantirish maksadini anik belgilab oladi va shunga mos xolda ma’lum pedagogik tizim (maktab, kollej, oliy ukuv yurti) mavjud buladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma uz ta’sirini va ta’lim - tarbiya maksadini umumiy xolda belgilab beradi. “Maksad” esa uz navbatida pedagogik tizimning kolgan elementlarini yangilash zaruratini keltirib chikaradi [6].
Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ta’lim-tarbiyaning maksadini yangi yunalishga buradi: “utmishdan kolgan mafkuraviy karashlar va sakitlar dan tula xolos bulgan, rivojlangan demokratik davlat darajasida yuksak ma’naviy va axlokiy talabalarga javob beradigan yukori malakali kadrlar tayyorlash”- deb belgilanadi. Demak, ta’lim - tarbiyaning maksadi butunlay yangilanadi, unga mos xolda mazmun xam, pedagogik jarayon xam yangilanish ruy bermokda, bunday yangi texnologiyalar kirib kelmokda. Yangi metodikalarni talab etadigan va unga uzining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli poligrafik, audiovizual vositalar mavjudki, ular yangi PT ni real vokelikka aylantiradi [6].
Mamlakatimizning fan-texnika sohasida rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi va ulardan o’qitish jarayonida yetarlicha foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi hamda o’quvchi yoshlarni yetuk barkamol Shaxc sifatida tayyorlashdek vazifasini o’z oldiga maqsad qilgan ta’lim tizimiga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy qilishning vaqti keldi. Hozirgi kunga qadar ta’lim muassalarida an’anaviy tarzda ta’lim berishning davom etishi va ta’lim berishda pedagogik texnologiya elementlaridan foydalanmaslik oqibatida talabalar ma’ruzaning passiv eshituvchisiga aylanib qolayotganligi achinarli holdir. O’qituvchi darslarni to’g’ri tashkil eta olmasligi, dars jarayonida talaba va o’qituvchi hamkorligining ta’minlanmayotganligi, ilg’or pedagogik texnologiya elementlaridan iborat turli metod va usullarni to’liq va o’z o’rnida qo’llay olmasligi, o’rganiladigan yangi mavzuni darslikdagi ma’lumotlar bilan cheklanib qolishlik oqibatida ta’lim tizimi oldidagi maqsad va vazifalar yetarlicha amalga oshirilmayapti, degan fikrga kelindi [6].
Ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo’llash fizika o’qituvchilari maxsus metodik bilim va ko’nikmalarni egallashlari, pedagogik amaliyotda zarur bo’ladigan metodik tayyorgarlikka ega bo’lishlari lozim [6].
Bizningcha, pedagogik texnologiya – ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’qituvchining pedagogik va talabalarning bilish faoliyatini uyg’un ravishda tashkil etish, mazkur faoliyatni faollashtirish maqsadida, samarali o’qitish metodlari, vositalari va shakllarini qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimlar majmuasidir [6].
Demak, dars an’anaviy tarzda olib borilganda talabalarning mustaqil fikrlashi uchun imkoniyat yetarli emasligi o’qituvchi darslikda berilgan materialni ma’ruza tarzida talabaga yetkazishi va tabalalardan dars davomida olgan yangi bilimlarni qanchalik darajada o’zlashtirganini aniqlashning qiyin kechishi natijada dars samarali yoki samarasiz o’tkazilganligini bilish imkoniyati bo’lmay qolyapti. Ya’ni, talaba o’qituvchining ma’ruzasini zerikarli tarzda eshitadi yoki eshitmay boshqa hayolar og’ushida bo’ladi. Buning oqibatida darsning maqsadi amalga oshmay, vaqt bekorga sarflanadi [6].
Pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo’llash o’ziga xos afzalliklarga ega. Jumladan, ta’limiy jarayon muayyan ketma-ketlikda, ya’ni, tizimli tashkil etiladi [6].
INNOVATSIYA (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilik, degan ma’noni anglatadi [6].
Innovatsiya pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurimasiga, balki o’qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham ta’luqli bo’lib, ochiqlikni, boshqalar fikrini tan olishni bildiradi
Pedagogik texnologiya ta’lim tizimiga 1960 yillarda kirib kelgan bo’lib, unga ko’pgina manbalarda turli ta’riflar berilgan. Xususan, V.P.Bespal’koning fikricha, pedagogik texnologiya - amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida qaraydi va pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos bo’ladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat o’quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o’qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi.
Texnologiyalashtirish - fan texnikaning ulkan rivoji taqozosi sifatida nafaqat ishlab chiqarish sohalariga ayni paytda, madaniyat, ma’naviyat hamda ta’lim tizimiga ham qat’iy ravishda kirib keldi [6].
«Texnologiya» tushunchasi tarixan texnik taraqqiyot bilan bog’liq ravishda paydo bo’ldi hamda san’at, hunar hamda fan haqidagi ta’limot tushinchasiga mos keladi.
Texnologiya grekcha so’z bo’lib, texnos - san’at, mahorat, logos- ta’limot degan ma’nolarni bildiradi [6].
O’qitish texnologiyasi esa, o’quv faoliyatini pedagogik boshqaruv hamda ta’lim maqsadlari va o’quvchilarni rivojlantirish maqsadlariga muvofiq pedagogik tizimning vazifasini ta’minlovchi nazariy loihadir [6].
Ta’lim texnologiyasi deganda ta’limning belgilangan maqsadi va talabaning bilim darajasiga ko’ra o’quv faoliyatini boshqarishning nazariy loyihasi va pedagogik tizimning amalga bo’lishini ta’minlovchi zarur vositalar tizimi tushuniladi [6].
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda interfaol usullardan to’liq foydalaniladi [6].
Interfaol usullar–bu jamoaning hamkorlikda faoliyat ko’rsatishi, muammoli dars o’tish metodlaridir. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundan iboratki, mashg’ulotlar faqat pedagog va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyaning asosiy negizi, o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishdan iborat bo’lib, buning asosida o’quvchini mustaqil va mantiqiy fikrlashga, ijodiy ishlashga va izlanishga, xulosa va tahlil qilishga o’rgatish va yo’naltirish yotadi [6].
Pedagogik texnologiyaning ilmiy kontseptsiyasi ta’lim maqsadlariga erishishning falsafiy, psixologik, ijtimoiy-pedagogik va didaktik asoslashlarni qamrab oladi . Ta’lim jarayoni mazmuni umumiy va aniq maqsadlar, o’quv materiali mazmunidan iborat bo’ladi. Pedagogik texnologik jarayon ta’lim jarayonini tashkil etish, o’qituvchi faoliyati, o’quvchi faoliyati, o’quv jarayonini boshqarish usullari, o’quv jarayoni diagnostikasini qamrab oladi [6].
Izchillik - pedagogik texnologiyaning mezoni, pedagogik texnologiyaning barcha qismlarining o’zaro bog’liqligi mantiqiyligi, yaxlitligi, boshqaruvchanligi asoslanganligidir. Pedagogik texnologiyaning samaradorlik mezoni ta’lim jarayonida olinadigan yuksak natijalarni ko’zda tutadi [7].
O’quvchilarga fizikadan ta’lim-tarbiya berish asosida ularni fanga bo’lgan qiziqishini oshirish, fizik tafakkuri va mantiqiy fikrlashini o’stirishda yangi pedagogik texnologiyalar katta ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish dars samaradorligini oshirishda ijobiy natijalar beradi [7].

Download 42,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish