O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti mirzakarimov h


 Kurash mashg‘ulotlari sport inshootlari va ularning jihozlanishi



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/93
Sana13.01.2022
Hajmi2,04 Mb.
#357243
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93
Bog'liq
fayl 1743 20210907

4.5. Kurash mashg‘ulotlari sport inshootlari va ularning jihozlanishi 
Kurash zallari – 
sport  anjomlari va jihozlar bilan etarli darajada jihozlangan, 
kurash  turlari  bo‘yicha  o‘quv  –  mashg‘ulotlari  va  musobaqalar  o‘tkazishga 
mo‘ljallangan bino kurash zali deyiladi. Kurash zallari o‘quv  mashg‘ulotlarini va 
sport  to‘garaklarini  uyushtirish  va  o‘tkazish  uchun  asosiy  va  qo‘shimcha  sport 
anjom  va  jihozlar  bilan  ta’minlangan  bo‘lishi  kerak.  Maktab  kurash  zallarini 
umumiy  texnik,  gigienik  va  pedagogik  talablarga  javob  berishi,  kerakli  sport 


 
130 
anjomlar  bilan  ta’minlanganligi  ma’muriyat  va  kurash  murabbiylari  vazifasi 
hisoblanadi. 
Maktab kurash  zali o‘quv  mashg‘ulotlar  o‘tkaziladigan binolarga  yonma-yon 
qurilib,  kurash  bo‘yicha  o‘quv  mashg‘ulotlari  va  sport  musobaqalari  o‘tkazish 
uchun texnika havfsizligiga rioya qilingan bo‘lishi kerak. Kurash zallarini qurilishi 
arxitektura  loyihalariga  rioya  qilgan  holda  qurilgan  bo‘lishi  kerak.  Zallar 
ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlar  o‘tkazilishga  ham  hizmat  qiladi.  Katta  maktablarga 
ikkita  va  undan  ko‘p  zallari  qurilgan  hollarda  ulardan  foydalanishda  bir  zaldan 
ikkinchi zalga o‘tishni hisobga olish kerak. 
Pol qismini paski qismi asosan beton yoki yog‘och buruslardan bo‘lishi kerak. 
Pol  qismini  baquvvat  va  sifatliligi  uzoq  muddatga  chidashni  ta’minlaydi.  Pol 
issiqliklarni  va  tovushini  me’yorida  bo‘lishiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadigan 
bo‘lmasligi  kerak.  Polni  chirimasligi  va  uzoq  foydalanish  maqsadida  ishlovlar 
berilishi va ventilyasiyalar qo‘yilishi kerak. 
Kurash  zalining  devor  qismi  asosan  yuqori  tom  qismini  ushlab  turadigan 
qismi bo‘lganligi uchun barcha texnik talab normalariga qat’iy rioya qilingan holda 
qurilishi  shart.  Bundan  tashqari  zalni  tom  va  devor  qismiga  sport  jihozlarini 
osilishi va qatirilishini, loyihalashda va qurishda hisobga olish kerak. Zal oynalari 
2 m balandlikda bo‘lib, tashqariga ochilishi maqsadida muvofiqdir, Eshiklarni eni 
va  ochilishi  ham  talab  darajasida  bo‘lishi  kerak,  chunki  jihozlarni  olib  kirish  va 
chiqarish  hamda  yong‘in  chiqqanda  yoki  tabiiy  ofatlarda  texnika  havfsizligiga 
rioya qilingan bo‘lish kerak. 
Kurash
 
zallari  ikki  usulda  yoritiladi.  Tabiiy  va  sun’iy  usulda.  Zallarni  
loyihalashtirish va qurishda yorug‘likni tabiiy yoritish uchun belgilangan normada 
bo‘lishiga e’tibor berish kerak. Deraza quyosh chiqish va botish tomoniga o‘rnatish 
kerak,  shu  bilan  birga  quyosh  nuridan  saqlash  uchun  parda  osiladi.  Zalni  elektr 
yoritqichlari  ishchi  va  avariya  hollari  uchun  mo‘ljallangan  bo‘ladi.  Zalga 
o‘rnatilgan lampochkalar mahsus plafonda yoki lyuminisensli lampa o‘rnatiladi. 
Kuz va qish faslida kurash zallarda o‘quv va sport trenirovka mashg‘ulotlarini 
bir me’yorda o‘tishi u erdagi havo haroratiga katta bog‘liqdir. Kurash zalida havo 


 
131 
harorati  +15-17  echinish  xonasida  +19-23,  yuvinish  xonasida  (dushda)  +25, 
tualetda  esa  +17-21  bo‘lishi  kerak.  Sport  zalida  havo  namligi  40-60%  me’yorda 
bo‘lishi kerak.  
Kurash  zallari  tabiiy  va  sun’iy  shamollantiriladi.  Tabiiy  shamollantirish 
tashqaridagi  havoni  zalga  kiritib  zalni  shamollanishiga  va  havoni  yangilab 
turishiga  yordam  beradi.  Sun’iy  shamollatgich  maxsus  asboblar    kondinsionerlar 
yordamida  havoni  tashqaridan  ichkariga  yoki  ichkaridan  tashqariga,  kirib 
chiqishini  ta’minlaydi.  Kurash  zallarni  shamollatishning  asosiy  vazifasi  zallar 
havosini changlardan tozalash va toza havo bilan ta’minlashdir. 
Mashg‘ulot joylari. Kurash mashg‘uloti xonalari chang va korbanat angdrid 
gazidan  holi  bo‘lishi  zarur.  Bu  joylarda  chekish  taqiqlanadi.  Xona  tekis,  toza, 
yorug‘ va toza havo bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Xona harorati mo‘tadil, 20-
25 gradus atrofida bo‘lishi maqsadga muvofiq. Kurash gilamlari va tatamilar, sport

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish