Yuqoridagi fikrlarga asoslanib ma'ruza quyidagi turlarga ajratiladi:
1.
Kirish ma'ruzasi o'quv fani haqida birinchi yaxlit tasavvurni beradi va talabalarni ushbu
kurs bo'yicha ishlash tizimiga yo'naltiradi. Ma'ruzachi talabalarni kursning vazifasi va masalalari
bilan tanishtiradi. O'quv fanlari va mutaxassislar tayyorlash tizimidagi uning roli va o'rni bilan
tanishtiradi. Kursning va fanning rivojlanish davri, amaliyoti, bu sohadagi yutuqlar, mashhur
olimlar nomlari bo'yicha qisqacha ma'lumotlar beradi, tadqiqotlar istiqbolli yo'nalishlarini ifoda
etib beradi. Bu ma'ruzada kurs doirasidagi ishlar metodik va tashkiliy xususiyatlari ko'rsatib
beriladi hamda talabalarga tavsiya etiladigan o'quv-metodik adabiyotlar tahhh beriladi,
shuningdek, hisobot shakli va muddati belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |