4.
Muammoli ma'ruza. Bu ma'ruzada bilimlar masalaning, savol yoki vaziyatning
muammoliligi orqali beriladi, shu bilan birga idrok etish jarayoni o'qituvchi bilan hamkorlik
suhbatlari bilan tadqiqotchilik faohyatiga yaqinlashadi. Muammoning mazmuni uning yechimini
izlashni tashkil etish yo'li bilan yoki an'anaviy va zamonaviy nuqtayi nazarlarni qo'shish va tahlil
qilish yo'h bilan ochib beriladi.
5.
Ma'ruza-vizual-aloqa. Ma'ruza materiallarini O'TV vositalari yoki audio-video
texnikalari yordamida ko'rsatib yetkazib berishdan iborat bo'ladi. Bunday ma'ruzani o'qish
ko'rilayotgan materiallarni keng va qisqacha izohlab berishdan iborat bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |