O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/112
Sana01.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#289372
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112
Bog'liq
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi

Davra  stoliusuli  pedagogikaga  siyosatshunoshkdan  kirib  kelgan.  «Davra  stoli»  siyosiy  va 
ilmiy  yo'nalish  namoyondalari  tomonidan  tashkil  qilinadi.  Fikrlar  almashinuvi  qandaydir 
tegadigan  nuqtalarini  topishga  imkon  beradi,  chunki  ularning  keyingi  faoliyatida  umumiy 
xulosani  yo'naltirishga  -  ilmiy  haqiqat  yoki  siyosiy  turg'unlikka  erishishga  xizmat  qiladi. 
Dumaloq  stol  usuli  o'qitishning  nazariy  muammolarni  turli  ilmiy  aspektlar,  turli  kasb 
mutaxassisliklari  yordamida  muammoni  ko'rib  chiqishning  samaradorligini  oshirishda 
qo'llaniladi. Mana masalan, yuridik fakulteti talabalari uchun psixologiya bo'limida yurist shaxsi 
va faoliyatini o'rganayotgan talabalar uchun psixologiya o'qituvchisi «jinoiy xulq psixologiyasi» 
mavzusi  bo'yicha  seminar  mashg'ulotini  davra  stoli  usuli  bo'yicha  tekshirdi.  Mashg'ulot 
davomida  jinoiy  xulq  kafedrasidan  yurist-  o'qituvchi  bilan  bir  xilda  savollar  berib  fikrlarni 
aniqlashtirdi,  izoh  berdi,  misollar  keltirdi.  Psixologiya  o'qituvchisi  esa  «davra  stoli»da 
boshlovchi  hisoblandi,  yurist — o'qituvchi  fikrlarga ketma-ketlik  bilan qo'shimchalar qildi. Bu 
zarur  edi,  chunki  huquqiy  savollar  ayniqsa  insonlarning  aniq  huquqlari  (jabrlanuvchi  yoki 
jinoyatchi,  sudya,  guvoh  va  hokazo)  psixologik  bahoni  insonlarning  jinoiy  xulqni  bu  tomoni 
butun  mashg'ulot  predmeti  hisoblanadi,  zero, talaba  yuristlarni  jinoyatchilikni  nafaqat  huquqiy 
tomoni  balki,  psixologik  tomoni  ham  qiziqtiradi.  Bunday  psixologik  savollarni  muhokamasi 
nafaqat  yuridik  fan  vakili  qatnashganligi  uchun,  balki  jinoyatchilik  borasidagi  o'zlarining 
huquqiy  bilimlarini  psixologik  tahlil  uchun  material  sifatida  qo'llash  mumkin  boigani  uchun 
ham  faol  o'tdi.  Shu  yo'l  bilan  mavzu  ikki  tomondan  ko'rib  chiqildi  —  ya'ni  huquqiy  va 
psixologik, shuning uchun mavzu chuqur o'zlashtirilidi. Bu imtihonda o'z isbotini topdi. Boshqa 
mavzulardan ko'ra, talabalar  berilgan  mavzudan  misollar keltirishdi.  Ayniqsa,  imtihon payitida 
biletda  qanday  savol  qo'yilishidan  qat'iy  nazar  davra  stolida  muhokama  qilingan  jinoyat  xulq 
masalalari  atroflicha  ochib  berildi.  Yurist  shaxsi  va  faoliyati  psixologiyasi  yaxshi 
o'zlashtirilganini ko'rsatdi. Davra stoli usuli boshqa shaklda ham qo'llaniladi. Masalan, psixolog 
guruhi  bilan  o'quv-metodik  konferensiyani  davra  stoli  usulida  o'tkazishi  mumkin.  Muhimi 
umumiy  psixologik  ham  sotsiologik  chuqur  tahlil  talab  etiladigan,  mutaxassislik  doirasida 
qiziqishlari  jihatidan  har  tomonlama  ko'rib  chiqiladigan  (ayni  vaziyatda  psixologik)  mavzu 


34 
 
tanlash  kerak.  Boshqa  oliy  o'quv  yurtidan  psixologiya  mutaxassisligi  bo'yicha  taqlif  qilingan 
o'qituvchi va talabalar guruhi bilan shunga o'xshash mashg'ulot o'tkazilgan. Masalan: davra stoli 
amaliyotda  xalqaro  Oliy  o'quv  yurtlari  bilan  hamkorlikda  o'tkazilgan.  Germaniyalik  yoki 
Fransiyalik  psixolog-talabalar  bilan  Rossiyalik  psixolog  talabalar  o'rtasida  ijtimoiy  psixologik 
muammo millatlararo munosabatlar muammosi muhokama qilindi. 
Davra  stoh  usulini  psixologiyani  o'qitishda  turli-tuman  shaklini  amalga  oshirish  mumkin. 
Agar  bu  borada  muhim  shart  ya'ni  uni  qat'iy  kuzatib  borish  —  bu  anglangan  zaruriyat  ko'p 
qirrali  nazariy  muammolarni  diqqat  markazdan  amaliy  hayotdan  gavdalantirib  ko'rib  chiqishni 
yoddan  chiqarilmasa  bo'ldi.  Agar  bunday  zaruriyat  yo'q  yoki  bor  bo'lsa,  lekin  har  tomonlama 
anglanilgan  bo'lsa,  unda  davra  stoli  odatiy,  har  kim  o'zinikini  gapiradigan  seminarga  aylanib 
qoladi va raqobat bo'la olmaydi. 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish