3
K I R I SH
Talabalarga bilim brishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining axamiyati
to‘g‘risida so‘z borganda Prezidentimiz I.A.Karimovning «O‘quv jarayoniga yangi
axbrot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar
etib tarbiyalashda jonbozlik kursatadigan ukituvchi va domlalarga e’tiborimizni
yanada oshirish, kiskacha aytganda, ta’lim-tarbiya tizimini sifat jixatidan butunlay
Yangi bosqichga kutarish dikkatimiz markazida bulishi darkor»
1
degan So‘zlarini
ta’kidlash urinlidir. Bu masala « Barkamol avlod yili» Davlat dasturida ham asosiy
yunalishlaridan biri sifatida e’tirof etilgan.
Qo‘llanmada keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri uzida o‘quv
mashg‘ulotini o‘tkazish shart-sharoiti to‘g‘risida axborot materiallarini, pedagogik
maqsad, vazifa va kuzlangan natijalarni, o‘quv mashg‘ulotining rejasi, o‘qitishning
usul va vositalarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, bu o‘quv mashg‘ulotining
texnologik kartasini , ya’ni ukituvchi va talabaning mazkur o‘quv mashg‘ulotida
erishadigan maqsadi bo‘yicha xamkorlikdagi faoliyatini bosqichma-bosqich
ta’riflanishini xam uz ichiga oladi.
Qo‘llanma tarkibi kirish, ta’lim texnologiyasining konseptual asoslari, xar bir
mavzu bo‘yicha ma’ruza xamda amaliy va seminar mashg‘ulotlarida o‘qitish
texnologiyasidan iborat. Ma’lumotlar maksimal darajada umumlashtirilgan va
tartibga solingan. Ularni o’zlashtirish va yodda saqlab qolishni kuchaytirish uchun
jadval va chizmalardan foydalanilgan.
Qo‘llanmaning konseptual asoslari kismida dastlab « Ifodali o‘qish » fanining
dolzarbligi va axamiyati, mazkur o‘quv fanining tarkibiy tuzilishi, o‘qitishning usul
va vositalarini tanlashda tayanilgan konseptual fikrlar, kommunikatsiyalar, axborotlar
berilib, so‘ngra loyihalashtirilgan, o‘qitish texnologiyalari takdim etilgan.
To‘qqiz turdagi ma’ruza mashg‘ulotlari: kirish, tematik, muammoli, vizual
ma’ruza, binar ma’ruza, ma’ruza-munozara, xamkorlikdagi ma’ruza, avvaldan
rejalashtirilgan xatoli ma’ruza, sharrhlovchi ma’ruza berilgan.
Muammoli seminar va amaliy mashg‘ulotlar, bilimlarni kengaytirish va
chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan seminar, aniq holatlarning yechimi bo‘yicha
seminar va amaliy mashg‘ulotlar utish texnologiyalari mavjud.
Innovatsion va zamonaviy pedagogik goyalarni amalga oshirishda, jahon
tajribasidan ko`rinib turibdiki, o`qituvchi bilim olishning yagona manbai bulib kolishi
kerak emas, balki talabalar mustaqil ishlash jarayonining menejeri bo`lishi lozim.
Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish asosida aynan shu g`oyalar yotadi.
1
Ўзбекистон Конституцияси – биз учун демократик тараққиёт йўлида ва фуқаролик жамиятини барпо этишда
мустаҳкам пойдевордир. – Президент Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул
қилинганининг 17 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси // Халк сўзи, 2009 йил 6 декабрь.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |