NASRIY ASARLARNI BADIIY O’QISh
Nasriy asarlarni badiiy o’qishga tayyorlash boshqa turdagi matnlar badiiyo’qishga nisbatan
kam e'tibor beriladi. Maktab hayotida nasriy asarlarni sinfda o’qish boshlang’ich sinflarda olib
boriladi. To’g’ri, bu sinflarda oddiy o’qish, nfodali o’qish, sharhli o’qish amalga oshirilmasa-da,
hali o’quvchilarda badiiy o’qish ko’nikmasi hosil bo’lmaydi.
Boshlang’ich sinflarda o’qituvchi badiiy o’qish namunasini darsda ko’rsata olishi, ayrim
talantli o’quvchilarning o’qishdagi muvaffaqiyatini ibrat qilib ko’rsatish orqali o’quvchilarning
badiiy o’qishga bo’lgan rag’batini kuchaytiradi.
Yuqori sinflarda esa matn ustida ishlash darslarida, badiiy o’qish darslarida nasriy asarlarni
ham o’qishga e'tibor berish zarur. Adabiy kechalarda, turli yig’ilishlarda nasriy asar matnlari badiiy
o’qishga tayyorlanganda g’oyaviy-badiiy yuksak asarlar matnlari tanlanishi zarur.
Oliy o’quv yurtlarida ham nasriy asarlarni bo’lajak muallim badiiy o’qish darajasida o’qiy
olishga erishishi zarur. Oliy o’quv yurtida talaba nasriy matnni qanday tayyorlashga misol
1
Hamza. Saylanma, II jild, Toshkеnt, G’G’ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1979 29-30 bеtlar
99
ko’raylik. Boshqa turlarda bo’lgani singari talaba o’ziga yoqqan, qalbiga ta'sir qilgan matndan
parchani daftariga ko’chirib yozadi.
Masalan, O’.Hoshimovning «Dunyoning ishlari» asaridagi quyidagi parchani olaylik.
«Bahor/ devorlarning oftobro’ya etaklaridan boshlanmaydi. / Bahor / ariqlarning ko’ngay
sohillaridan boshlanmaydi. / Bahor / qabristondan boshlanadi. To’ng’ich chuchmomalar / eng
avval, / sukutga cho’mgan qabriston ustida / ma'yus qo’ng’irog’ini chaladi. Bag’ri qon
qizg’aldoqlar / Birinchi bo’lib mana shu yerda ochiladi. Kim bilsin/ Tabiat marhumlar ruhiga
yilda bir marta ko’rsatadigan marhamati /, ehtimol / shudir. Cho’g’dek lovullagan qizg’aldoqlar, /
saf tortgan gulsafsarlar orasida marmar toshlar ko’rinadi / Oqmarmar, / ko’k marmar, / qora
marmar... // «Onajon /, sizni toabad unutmaymiz» /, «Onajon / qildingiz bizga jon fido/E voh,
taqdir sizdan ayladi judo» / «Onajon, / xotirangiz qalbimizda mangu yashaydi...» //
Bu so’zlarning har bitta harfiga / qanchadan-qancha / ko’z yoshi tomganini bilaman /
Ehtimol / bular inson bolasining hayotda aytgan eng rost so’zlaridir. / Faqat... / Har gal ularni
o’qiganda / bir narsani o’ylayman. / Mana shu so’zlarni yurak-yurakdan iztirob bilan aytgan
farzand / onasi hayotligida qanchalik ko’nglini ololdi ekan? / Xotiningga qimmatbaho po’stin olib
berayotganida / onasiga bir kiyimlik ko’ylak qo’shib olish / yodidan chiqmadimikan? / O’z uyini
chet el mebeli bilan to’ldirib qo’yganida / onasiga aqalli bo’yradekkina gilamcha / sovg’a qilishni
unutmadimikan?
Mabodo/tabiat marhumlarga qayta jon ato qilsayu/ onalar tirilib qolsaG`hayot paytida
mehr berganmi?/ bermaganmi / - baribir / farzandini maqtab gapirgan bo’lardi...//
Qabr ustida qo’ng’iroq chalgan chuchmomalar, / lovullab yongan lolaqizg’aldoqlar /
onalarning
farzandini
yupatish
uchun
/takdim
etgan
che-
chaklari bo’lsa ajab emas»...//
Matnni yodlashdan oldin fonetik urg’u, mantiqiy urg’u, pauzalar o’rnini belgilab olinadi.
Yuqoridagi belgilangan talablar asosida matn yod olinadi. Matnni o’qishda ovoz o’rtacha beriladi.
Mantiqiy urg’u olgan so’zlarda ovozni tebrantirish matn mazmunidagi mungni yanada
bo’rttirishga imkon beradi. Ayniqsa, qabr toshlariga yozilgan matnlarni o’qishda intonatsiya katta
ahamiyat kasb etadi.
Matnga e'tibor berilsa, ikkinchi abzatsda fikrlar to’qnashadigan o’rinlar bor. «Xotini —
onasi», «o’z uy — ona uyi» kabi. Ana shu abzats o’qilayotganda, o’rtadagi pauzagacha ovoz
balandroq, temp esa tezroq beriladi. Pauzadan so’ng esa ovoz ham, temp ham sekinlanib, ovoz
tebranishiga alohida ahamiyat beriladi.
Ovoz balandroq, tem tezroq.
Ovoz ham, temp ham pastlaydi.
Xotiniga qimmatbaho po’stin Pauza Onasiga bir kiyimlik ko’ylak
olib berayotganida
qo’shib olish yodidan chiqmadimikan?
Matnni o’qishda yuz, ko’zda ma'yus ifoda beriladi. Yuqoridagi kabi qiyosiy fikrlar
berilayotganda yuz-ko’zda alam, iztirob ifodasi beriladi.
Kulliyotimizda o’tkazilgan adabiy kechalarda A.Qodiriyning «O’tgan kunlar» romanidagi
Qumush maktublari, Oybekning «Qutlug’ qon» romanidagi Gulnor o’g’irlangan kechadagi Yo’lchi
holati tasviri, P.Qodirovning «Bobur» romanidagi shoirning o’limi tasviri kabi matnlar katta
muvaffaqiyat bilan o’qilgan.
100
Do'stlaringiz bilan baham: |