2 Atamalar, ta’riflar, qisqartmalar
Mazkur standartda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi hamda oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hujjatlarga mos ravishda atamalar va ta’riflardan foydalanilgan:
kasbiy faoliyat turi – ta’lim yo‘nalishiga o‘zgartishlar kiritish maqsadida kasbiy faoliyat ob’ektiga ta’sir
qilishning metodlari, usullari, uslublari va tavsifi;
kompetensiya – ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun bilimlar, amaliy malakalar va shaxsiy
sifatlarni qo‘llash qobiliyati;
modul – tarbiyalash va o‘qitishga yo‘naltirilgan maqsadlar va natijalarga nisbatan muayyan mantiqiy
tugallanganlikka ega bo‘lgan o‘quv fani (kursi) yoki o‘quv fanlari (kurslari) qismlarining majmuasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |