MAVZU №16
ENERGETIKA TIZIMI
Reja:
Energetika tizimi.
Birlashgan energetika tizimi.
Elektr termoqlar va tizimlar.
Elektr energiyasini halq xo‘jaligida qo‘llanilishi.
1. Energetika tizimi
Energetika tizimi-bu elektr stansiyalarini, uzatish liniyalari, umumiy yuklamalar uchun ishlovchi podstansiyalar va kelishilgan tartibda ishlovchi issiqlik tarmoqlarning birlashmasidir.
Tizimlar orasidagi quvvat almashinuviga xizmat qiluvchi aloqa liniyalari bilan bog‘langan rayon energetika tizimlari birlashgan energetika tizimini tashkil qiladi.
Masalan: 330 kV li liniya bilan bog‘langan Latviya, Estoniya, Belorussiya, Litva va Rossiyaning g‘arbiy viloyatlarini energetika tizimlari Rigada umumiy dispecher boshqarish punkti bo‘lgan SHimoliy-G‘arbiy birlashgan energetika tizimini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |