Sirpanib to‘pni olib qo‘yish o‘yinchidan 2m dan ham narida bo‘lgan to‘pni
egallab olish imkonini beradi. Bundan to‘p ko‘proq orqadan yoki yon tomondan kelib
olib qo‘yiladi. Hujum qiluvchi o‘yinchi raqibga yaqinlashib qolganda yiqila turib
oyoqlarini oldinga uzatib yuboradi. O‘yinchi o‘t ustida sirpanib borib, to‘p yo‘lini
to‘sib qo‘yadi yoki uni tepib yuboradi. (16-rasm).
16-rasm. Sirpanib to‘pni olib qo‘yish.
Raqibni elka bilan turtib to‘pni olib qo‘yish o‘yin qoidalariga muvofiq
bajarilishi kerak. To‘pni boshqarayotgan o‘yinchi masofada faqat elka bilan
raqibning elkasiga turtishga ruxsat etiladi. Faqat to‘pni olib qo‘yish maqsadida turtish
mumkin bo‘lib, bu hech qachon qo‘pol va xavfli xarakterda bo‘lmasligi lozim Bu
uslublardan muvaffaqiyatliroq foydalanish uchun elkada turtishni raqib bir oyoqqa
(uzoqroqdagi oyog‘iga) tayanib turganida bajarish kerak.
48
Do'stlaringiz bilan baham: |