O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 255,17 Kb.
bet12/105
Sana31.12.2021
Hajmi255,17 Kb.
#213404
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   105
Bog'liq
2020-21 o`quv yili uchun19 asr rus adabiyotidan majmua

Vissarion Grigoryevich Belinskiy umumjahon badiiy-estetik tafakkuri taraqqiyotida hech mubolagʻasiz oʻziga xos oʻrin tutadigan mutafakkirdir. Garchi uni shoʻro davri qizil mafkura andozalariga solib, revolyusion demokrat sifatida taqdim etib kelgan boʻlsa-da, tarix Belinskiyni otashin munaqqid, mutafakkir sifatida baholash haqiqatini aytadi. Balki shu boisdir, bundan ikki yil muqaddam, yaʼni 2011 yilning iyun oyida butun Rossiya va dunyo ijtimoiy-adabiy jamoatchiligi Vissarion Belinskiyning 200 yillik tavallud sanasini keng nishonladi.

U 1811 yili harbiy flot vrachi boʻlib ishlagan Grigoriy Belinskiy xonadonida tavallud topdi. Otasi xizmatdan isteʼfoga chiqqach, oilasini Penza guberniyasiga koʻchirib keladi. Vissarionning yoshligi va dastlabki oʻqish yillari ana shu guberniyada kechadi. 1829–1832 yillari u Moskva universitetida oʻqiydi. Biroq dorilfununni yakunlamasdan “sogʻligʻining yomonligi va layoqatining cheklanganligi” sababli oʻqishdan haydaladi. Aslida esa Belinskiy Moskva senzura qoʻmitasiga oʻzining 1830 yilda yozgan “Dmitriy Kalinin” nomli romantik dramasini taqdim etganidan keyin shunday ahvol yuz bergan edi. Qoʻmita Moskva universitetining rektori boshchiligidagi professorlardan tarkib topgan boʻlib, krepostnoy ziyolining achchiq qismatidan hikoya qiluvchi asar ularga mutlaqo maʼqul boʻlmagan va uning muallifi oʻz talabalari boʻlganligi uchun hech ikkilanib oʻtirmay, uni talabalik safidan chiqarib yuborgan edilar. Shundan soʻng Belinskiy oʻsha davrda chiqib turgan “Teleskop” nomli jurnal tahririyati bilan hamkorlik qila boshlaydi. Mazkur jurnalda 1834 yili uning “Adabiy oʻylar” nomli birinchi tanqidiy maqolasi chop etiladi. Ana shu dastlabki maqoladayoq boʻlgʻusi tanqidchining eng muhim fazilatlari: tahlilga tortilayotgan asarlarga nisbatan talabchanlik, konseptuallik, har tomonlama asoslangan dadil fikr aytish xususiyati koʻrina boshlagan edi. Belinskiy uchun har qanday asarning qadr-qimmati avvalo, uning xalqchilligi bilan belgilanar edi. Bu aynan oddiy xalq hayotini tasvirlashni emas, balki “xalq gʻoyasi”ni ifodalashni taqozo etardi. “Xalq gʻoyasi” esa bu nimani va qanday tasvirlashdan qatʼi nazar birinchi navbatda oddiy xalq manfaatini nazarda tutish va uning kelajagi, ozodligi, farovonligi uchun kuyunish maslaklariga qaratilgan edi.

Belinskiyning dastlabki davrdagi tanqidiy metodi romantik, maʼlum maʼnoda, idealistik metod edi. Masalan, u oʻz davri rus sheʼriyatining atoqli namoyandalari Jukovskiy, Batyushkov ijodini tahlil qilar ekan, bu shoirlarga munosabat bildirish bilan bir qatorda ularni ulugʻ Pushkin sheʼriyatidagi ilk romantik bosqichni tayyorlagan shoir salaflari sifatida baholaydi.

1835 yili Belinskiyning “Rus qissalari va Gogolning povestlari haqida” (“Arabeski”, “Mirgorod”) nomli katta maqolasi eʼlon qilinadi. Bu munaqqid ijodidagi yangi bosqich edi. Agar avvalgi bosqichda xalqchillik gʻoyasi ilgari surilgan boʻlsa, keyingisida fikr hayotiy haqqoniylik gʻoyasiga qaratiladi. U endi “tasvir haqqoniy boʻlsa, demak xalqchildir” degan qatʼiy qarashdan kelib chiqadi. Shularga binoan Belinskiy adabiyotni ikki turga boʻladi. Xayoliy poeziya, yaʼni hayotni oʻz xayoliy ideallaridan kelib chiqib aks ettirish, va ikkinchisi, haqqoniy poeziya, yaʼni hayotni barcha murakkabligi va mohiyati bilan boricha aks ettirish. Aynan mana shu oʻrinda Belinskiy romantik metod bilan realistik metodning eng asosiy farqini belgilab beradi.

Belinskiy oʻz zamonasida garchi oʻnlab va balki yuzlab ijodkorlar qalam tebratayotgan boʻlsa-da, ularning orasida davrning eng muhim xususiyatlarini oʻzida mujassam etib, uni yuksak badiiyat bilan tasvirlay bilgan alohida asarlar va adiblarga eʼtiborini qaratadi. Shu maʼnoda Belinskiy uchun XIX asrning 20-yillarida Pushkin, 30-yillarida Gogol shunday hodisa boʻlib tuyuladi va tahlil qilinadi. 40-yillarning boshlarida u Lermontovni, 40-yillarning oʻrtalarida esa yana Pushkin ijodini ana shunday tom maʼnodagi ibrat namunasi sifatida talqin qiladi. Hayotining soʻnggi yillarida u yana Gogol ijodiga qaytadi. Yangi rus adabiyoti realistik yoʻnalishda rivojlanayotganligini, binobarin, Gogol barcha zamondoshlaridan koʻra hayotni haqqoniy, teran va badiiy mukammal tarzda tasvir eta olganini isbotlashga urinadi. Belinskiy uchun badiiyatning toʻrtta asosiy belgisi bor edi. Birinchisi – soddalik; ikkinchisi – hayotning mutlaq haqqoniyati; uchinchisi – xalqchillik; toʻrtinchisi – oʻziga xoslik (originallik). Munaqqid fikricha, ana shu fazilatlarning barchasi boshqalardan koʻra koʻproq Gogol ijodida mujassam boʻlgan edi. Ayni chogʻda u Gogolga xos boʻlgan yana shunday bir xususiyatni qayd etgan edi: “Chuqur qaygʻu va achinish ruhi bilan sugʻorilgan komik jonlilik”.

Oʻz vaqtida Belinskiy yorqin ehtirosli tanqidchi oʻlaroq Pushkinning, Gogolning va zamonasining boshqa atoqli zotlari nazariga tushgan edi. Pushkin uning dastlabki maqolalarini oʻqib eʼtirof etgan va hatto munaqqidni oʻzining “Sovremennik” (“Zamondosh”) jurnaliga taklif etmoqchi ham boʻlgan ekan. 1838–39 yillarda Belinskiy “Moskovskiy nablyudatel” (“Moskva kuzatuvchisi”) jurnalida hamkorlik qiladi. 1839 yilning kuzida u Peterburgga koʻchib kelib, “Otechestvenniʼe zapiski”, (“Vatan bitiklari”) jurnalining tanqid boʻlimini boshqara boshlaydi. Shu yerda uning “Borodino sanasi” (1839), “Mensel Gyote tanqidchisi” (1840), “Griboyedovning aqllilik balosi” (1840) maqolalari eʼlon qilinadi. M. Yu. Lermontovning “Zamonamiz qahramoni” romani hamda “Sheʼrlar toʻplami” chop etilgach, munaqqid ikkita maqola – taqriz eʼlon qilib, yosh Lermontov ijodini teran va miqyosli tahlil etadi. U Lermontovga baho berar ekan, shoirni rus jamiyatining yorqin ijtimoiy-tarixiy sahifalari badiiy ifodasini topgan yangi sheʼriyat ijodkori sifatida ulugʻlaydi. Uni Pushkindan keyingi ulkan badiiy-estetik hodisa sifatida taʼriflaydi. Belinskiy 1841 yilda “Rus adabiyoti 1840 yilda” nomli maqolasini chop etadi. Va shundan boshlab har yili yillik adabiy-tanqidiy obzor maqolalar berish anʼanasini yaratadi. Munaqqidning eng katta tadqiqoti bu Pushkin ijodiga bagʻishlangan “Aleksandr Pushkin asarlari” (1843–1846) nomli 11 maqoladan iborat turkum boʻlib, unda rus adabiyotining Lomonosovdan boshlab, to Pushkingacha boʻlgan butun taraqqiyot jarayonlari tahlil etilib, soʻngra Aleksandr Sergeevich Pushkin ijodining eng buyuk namunalari, ayniqsa, “Yevgeniy Onegin” sheʼriy romani batafsil tahlilga tortiladi.

Shoʻro davri Belinskiyni estet munaqqiddan koʻra koʻproq faqat ijtimoiy gʻoyaviylikni bosh maqsad qilgan gʻoyabozga aylantirib qoʻygan edi. Vaholanki, u Pushkin ijodini baholab yakuniy xulosa chiqarar ekan, shunday fikrni ilgari suradi: “Nafosat va insoniylik tuygʻusini rivojlantirish orqali insonni inson sifatida sharaflash Pushkin sheʼriyatining alohida oʻziga xos xususiyatlari hisoblanadi”.

Belinskiy “Otechestvenniʼe zapiski” jurnalidan boʻshagach, 1847 yildan boshlab “Sovremennik” jurnalining rahbarlaridan biriga aylanadi. Shu yerda u yuqorida eslatilgan adabiy obzorlarini, jumladan, “1847 yilgi rus adabiyotiga nazar” nomli ikki katta maqolasini eʼlon qiladi. Ana shu maqolalari misolida munaqqid oʻzi ehtiros bilan yoqlagan realistik va tarixiy metodning yuksak namunalarini yaratadi.

Vissarion  Grigorevich Belinskiy 1848 yili 37 yoshida sil kasalidan vafot etadi. U hech mubolagʻasiz oʻz davrida ham, undan keyin ham adabiy-estetik tafakkur rivojidagi eng eʼtiborli siymolardan biri boʻlib qoladi.


Download 255,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish