O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 255,17 Kb.
bet11/105
Sana31.12.2021
Hajmi255,17 Kb.
#213404
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   105
Bog'liq
2020-21 o`quv yili uchun19 asr rus adabiyotidan majmua

N. V. Gogol 1809 yilda Poltava guberniyasining Mirgorod uyezdiga qarashli Soroginsi qishlogʻida tugʻildi. U avval Poltava bilim yurtida, keyinchalik oliy bilimlar gimnaziyasida oʻqiydi (Nejin shahrida). Litseyda oʻqib yurgan paytlarida Teatrni yoqtirib qoladi va litsey teatrida koʻp rollar ijro etadi. U oʻzining gʻayritabiiy sinchkovligi bilan oʻrtoqlarini hayratda qoldirar edi.

Gogol 1829 yil oʻzining birinchi “Gans Kyuxelgarten” nomli asarini yaratdi. Lekin tez orada oʻziga yoqmagani uchun yondirib tashlaydi. 1829 yil iyul oyida chet elga sayohatga keladi. Chet eldan u toʻgʻri Peterburgga qaytib keladi va doʻstlari yordamida PU da tarix fanidan dars bera boshlaydi.

Uning koʻp maqolalari gazetalarda bosilib chiqa boshlaydi: “Umumiy tarixdan dars berish usuli”, “Malorossiyaning ahvoliga nigoh” kabilar shular jumlasidandir. 1831 yili u A. S. Pushkin bilan Pletnev xonadonida tanishdi. Bu yerda Pushkin bilan suhbatda Gogol zamonaviy rus adabiyotining ahvoli haqida, uning asosiy tendensiyalari haqida oʻzining tanqidiy mulohazalarini bayon etadi. Pushkin Gogolning badiiy isteʼdodini, tanqidiy nuqtai nazarini yuqori baholaydi.

Pushkin Gogolni oʻzi muharrirlik qilayotgan “Zamondosh” jurnaliga taklif etadi. Gogol tez orada shu jurnalda “1834–1835 yillar adabiyotidagi harakat haqida” maqolasini bosib chiqaradi. Pushkin unga rus adabiyoti tarixi boʻyicha ish boshlashni maslahat beradi va “Revizor” komediyasining syujetini suhbatlaridan birida aytib beradi. Gogol tez orada dunyoga mashhur “Revizor” komediyasini yaratdi. 1836 yilning 19 aprelida Peterburgdagi Aleksandr teatrida komediyaning premyerasi boʻlib oʻtadi.

Gogol premyerada spektaklning oxirigacha oʻtirmay ketib qoladi. Ketib qolishining sababi, uning komediyasida Nikolay imperiyasining hamma burchaklaridagi ahvolni oʻtkir satira bilan fosh etilishi butun Peterburg, adabiyot ixlosmandlari uchun katta bir adabiy kashfiyot edi.

Oradan hech qancha vaqt oʻtmay u chet elga (Italiyaga) ketadi. Pushkinning oʻlimini u juda chuqur qaygʻu bilan kutib oladi.

Gogol 1840–1842 yillarda Rimda “Oʻlik jonlar” poemasini yozib tugatdi va bir nusxasini V. Belinskiyga joʻnatdi. Belinskiy oʻz navbatida oʻqib chiqib, asarning bosilib chiqishiga ruxsat olib (senzuradan), jurnaliga bosmaga topshirdi.

1847 yilda uning “Doʻstlar bilan yozishmalarning asosiy joylari” asari bosilib chiqdi. Bu asarni oʻqib chiqqan Belinskiy unga oʻzining “Xat”ini yozdi. Belinskiy oʻz xatida Gogol asarini taxlil qilib, uni qattiq tanqid qilgan edi.

Gogol Quddus shahriga aynan shu yili diniy ziyoratga boradi. 1852 yilda esa Rossiyaga qaytib keladi: Moskva, Peterburg, Odessa shaharlari yashaydi. Hayotining oxirgi yillarida uning ruhiyati qandaydir gʻayritabiiy kasallikning alomatlari uchray boshlaydi. Shunday bir ruhiy krizislar paytida u oʻzining “Oʻlik jonlar” poemasining II tomini yondirib yuboradi.

Gogol 1852 yil 21 fevralda vafot etadi.

Gogol adabiyotga oʻzining bir qancha hikoyalari, qissalari toʻplami bilan kirib keldi. Uning “Sorochin yarmarkasi”, “May kechasi yoki suvga choʻkayotgan ayol”, “Dahshatli qasos”, “Dikanka qishlogʻi yaqinida oʻtkazilgan kechalar” nomli asarlari adabiyot ixlosmandlariga mashhurdir

Zamondoshlarining guvohlik berishicha, Vissarion Belinskiy nihoyatda sarkash, oʻz qarashlarini nihoyatda qatʼiyat bilan himoya qiladigan, boʻysunmas inson boʻlib, oddiy soʻzlashuvda biroz tutilib, qiynalib gapirar ekan. Ammo biror jiddiy adabiy-estetik hodisa xususida soʻz ketsa koʻzlari yonib, ehtiros bilan sira tutilmasdan soatlab maʼruza qilishi mumkin ekan. Bu shundan dalolatki, u oʻzini hayoti mazmuniga aylangan adabiyot va sanʼat dunyosida mutloq hur va ozod his etgan…




Download 255,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish