Ishning borishi
1-ish. Botanika (5-6-sinf) darsligining mazmuni bilan tanishish. Buning uchun darslikning muqovsining bezalishiga ahamiyat beriladi. Muqovadagi rasmlar darslikni o‘simliklar to‘g‘risidagi kitob yekanligini ko‘rsatadimi? Darslikni birinchi bor ko‘rgan o‘quvchi uni o‘simliklar xaqida yekanligini bilaoladimi? Darslik muqovasiga fikrinigzcha yana qanday qo‘shimchalar kiritilsa u o‘quvchilarni e`tiborini yanada o‘ziga tortgan bo‘lar edi? Darslik muqovasi to‘g‘risidagi fikrlaringizni daftaringizga yozib oling
2-ish. Darslik mundarijasi bilan tanishish. Ushbu ishni bajarishda mundarija o‘quvchiga kerakli mavzuni osonlik bilan topishga xizmat qiladimi, yo‘qmi? savoliga javob topishga qaratiladi. Agar mundarijada berilgan boblar,paragaraf materiallari har xil ranglarda bo‘lsa unda o‘quvchi o‘ziga kerakli mavzu yoki bobni rangiga qarab osonlik bilan topadi. Mundarijadagi bob, paragraflarni alohida ko‘rinib turganligiga e`tibor qilinadi.
3-ish. Darslikdagi mundarijalarni o‘rganib (masalan, 1-bob, 2-bob meva urug‘lar shaklida) ularni nomlarini daftaringizga yozib oling.
4-ish. Darslikdagi paragraflar soni aniqlanadi. Masalan gul bobida 5 ta, meva va urug‘lar bobida 2 ta, urug‘ bobida 5 ta kabilarni aniqlanadi. Umumiy paragraflar soni yozib olinadi.
Darslik muqovasining ikkinchi sahifasida (6-sinf biologiyasidagi) savollar, tayanch so‘zlar, topshiriq, qo‘shimcha ma`lumot, test savollari, amaliy ish va tabiatga sayoxat deb nomlangan ishlar uchun tayyorlangan belgilarni o‘rganib chiqing. Bu belgilarni berilishini qanday ahamiyatga ega deb o‘ylaysiz?
1-ish. Darslikdagi umumiy rasmlar sifati. Ularni mavzu mazmunini oson o‘zlashtirishga mosligi aniqlanadi. Agar rasmlar paragraf materiallarida berilayotgan fikrlar orasiga joylashtirilib ular rangli, tabiiy sharoitda olingan bo‘lsa u talab darajasida bo‘ladi. Darslik to‘g‘risidagi fikrlaringizni o‘rtoqlaringiz bilan muhokama qilib, maqul bo‘lgan fikrlar bilan qo‘shimcha qilgan xolda daftaringizga yozib olasiz.
2-ish. Darslikda berilgan laboratoriya mashg‘uloti va amaliy ishlar soni, mavzularini aniqlab daftaringizga yozib oling. Laboratoriya mashg‘uloti uchun berilgan yo‘llanmalar o‘quvchiga tushunarlimi?
3-ish. Har bir paragraf mavzusida bo‘lgan asosiy tushunchalar ajaratib berilganmi? Asosiy tushunchalar matnda qanday ajratib ko‘rsatilgan? Masalan, 6 sinf botanikasida yeng asosiy tushunchalar yozma xarflarda, qoraytirib (matnda ham, paragraf oxirida ham) berilgan. Bu o‘quvchilarni darslikdagi yeng muhim tushunchalarni oson ajaratib, ularni o‘rganib olishlariga imkon beradi.
4-ish. Yuqoridagi qilingan ishlarning barchalari yuzasidan darslik to‘g‘risida umumiy xulosalar chiqaring.Xulosalaroingizni o‘rtoqlaringiz bilan muhokama qiling. Agar darslik muallifi siz bo‘lsangiz unga yana qanday qo‘shimchalar kiritgan bo‘lar edingiz?
Uyga vazifa. 1. Darsliklarni o‘rganish bo‘yicha bajargan amaliy mashg‘ulot natijalarini o‘rganib chiqing. Amaliy mashg‘ulot paytida qaysi darslikni o‘rganishga vaqtingiz yetmagan bo‘lsa uyda shu darsliklarni o‘rganib,daftaringizga yozib oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |