O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon Davlat universiteti


-amaliy mashg‘ulot: Maktab biologiya fanlari bo‘yicha tavsiya qilingan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni ko‘rib chiqish va tahlil etish



Download 1,39 Mb.
bet78/132
Sana31.12.2021
Hajmi1,39 Mb.
#212900
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   132
Bog'liq
БУМ -3

2-amaliy mashg‘ulot: Maktab biologiya fanlari bo‘yicha tavsiya qilingan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni ko‘rib chiqish va tahlil etish

O‘quv jaroayonida o‘quvchilarga fan asoslarida bilimlarni o‘rgatishda darsliklar eng muhim manba hisoblanadi. Darslik davlat ta`lim standartlari talabalari asosida tayyorlangan o‘quv dasturlariga mos ravishda tayyorlanadi. Darslik – o‘quvchilarni ma`lum fan asoslaridan mustaqil bilim olish manbai sanaladi. Darsliklardan tashqari fanlarga oid o‘quv qo‘llanmalar ham chop qilinadi. O‘quv qo‘llanmalar mazmuni doimo dastur talabalariga mos kelmay unda turli mavzular bo‘yicha ham materiallar beriladi.



Maqsad: talabalarni o‘rta maktab biologiya darsliklariga bo‘lgan talablar, mazkur talabalarning mavjud darsliklarda aks etishi, darsliklarning tuzilishi, uslubiy qo‘llanmalar va ularni ham qisqacha mazmuni kabilarni o‘rganib olishlari nazarda tutiladi.

Tayanch bilimlar:Darslik-o‘quv jarayonining o‘ziga xos ssenariysi bo‘lib u o‘quvilarga bilimlarni o‘rgatishdagi eng muhim manbalardan bir hisoblanadi. U o‘quv dasturidagi o‘quvchilar bilishlari,uddalashlari kerak bo‘lgan mavzularni ma`lum mantiqiy yo‘nalish va dozada o‘zida aks yettiruvchi o‘quv qurolidir.

Mazkur ishni o‘rganish uchun avval ma`ruza materiallarida bayon qilingan darslikka qo‘yiladigan asosiy talablar yesga tushiriladi.



Darsliklarga qo‘yiladigon pedogogik talablarga:

Darslikda fanning ayni davrdagi yutuqlari qamrab olinib bu materiallar o‘quvchilarning yoshlik xususiyatlariga mos xolda talqin yetilgan bo‘lishi;

Ma`naviy- marifiy masalalarni jamiyat talablari asosida tushuntirilganligi;

Mavzularni hayot bilan bog‘langan holda berilganligi;

Mavzularni mahalliy materiallar asosida izohlanganligi;

Nazariy masalalarni ishonarli misollar bilan izohlanganligi;

O‘quv materiallarini soddadan murakkabga tomon sistemali bayon yetilganligi;

O‘quvchilarni ayni predmet bo‘yicha mustaqil ishlari, kuzatish va tajribalar tashkil etish, o‘tkazishga doir uslubiy yo‘riq, ko‘rsatmalar, savol va topshiriqlar berilganligi;

O‘quv materialini yaxshi o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi rangli rasmlar, jadvallar, ilovalar, spravka materiallarning mavjudligi;

Mavzularni o‘quvchilarga sodda, ravon, obrazli badiiy tilda bayon yetilganligi;

Tashqi ko‘rinishidan chiroyli, yestetik did bilan bezalib, ayni fanga oid ba`zi rasmlar bilan bezatilganligi kabilarni ko‘rsatish mumkin.

Amaliy mashg‘ulot uchun zarur materiallar.jihozlar:o‘rta maktablarning botanika,zoologiya, odam va uning salomatligi, sitologiya va genetika asoslari darsliklari, mazkur fanlarni o‘qitishga oid uslubiy qo‘llanmalar

Ishning borishi

1.Talabalarga yuqorida ko‘rsatilgan darsliklar tarqatib beriladi. So‘ngra darsliklarning tuzilishini o‘rganib uni quyidagi 2-nchi jadvalga yozib chiqish topshiriladi

2-jadval.

O‘rta maktab biologiya fanlarining tuzilishi





Darslik nomi

Mualliflari

Chiqqan yili

Necha bet

Necha bob

Necha paragraf

Nechta rasm

1.

Biologiya

5-sinf


O‘. Pratov va bosh.

2020

94

3

18

83

2.

Biologiya

6-sinf


?

?

?

?

?

?

3.

?

?

?

?

?

?

?

4.

?

?

?

?

?

?

?

5.

?

?

?

?

?

?

?

2-ish. Biologiya (5-sinf) darsligining mazmuni bilan tanishish. Buning uchun darslikning muqovsining bezalishiga ahamiyat beriladi. Muqovadagi rasmlar darslikni o‘simliklar to‘g‘risidagi kitob ekanligini ko‘rsatadimi? Darslikni birinchi bor ko‘rgan o‘quvchi uni o‘simliklar xaqida ekanligini bilaoladimi? Darslik muqovasiga fikrinigzcha yana qanday qo‘shimchalar kiritilsa u o‘quvchilarni e`tiborini yanada o‘ziga tortgan bo‘lar edi? Darslik muqovasi to‘g‘risidagi fikrlaringizni daftaringizga yozib oling

3-ish. Darslik mundarijasi bilan tanishish. Ushbu ishni bajarishda mundarija o‘quvchiga kerakli mavzuni osonlik bilan topishga xizmat qiladimi, yo‘qmi? savoliga javob topishga qaratiladi. Agar mundarijada berilgan boblar,paragaraf materiallari har xil ranglarda bo‘lsa unda o‘quvchi o‘ziga kerakli mavzu yoki bobni rangiga qarab osonlik bilan topadi. Mundarijadagi bob, paragraflarni alohida ko‘rinib turganligiga e`tibor qilinadi.

4-ish. Darslikdagi mundarijalarni o‘rganib (masalan, 1-bob, 2-bob meva urug‘lar shaklida) ularni nomlarini daftaringizga yozib oling.

5-ish. Darslikdagi paragraflar soni aniqlanadi. Masalan gul bobida 5 ta, meva va urug‘lar bobida 2 ta, urug‘ bobida 5 ta kabilarni aniqlanadi. Umumiy paragraflar soni yozib olinadi.

Darslik muqovasining ikkinchi sahifasida (6-sinf biologiyasidagi) savollar, tayanch so‘zlar, topshiriq, qo‘shimcha ma`lumot, test savollari, am aliy ish va tabiatga sayoxat deb nomlangan ishlar uchun tayyorlangan belgilarni o‘rganib chiqing. Bu belgilarni berilishini qanday ahamiyatga ega deb o‘ylaysiz?

1-ish. Darslikdagi umumiy rasmlar sifati. Ularni mavzu mazmunini oson o‘zlashtirishga mosligi aniqlanadi. Agar rasmlar paragraf materiallarida berilayotgan fikrlar orasiga joylashtirilib ular rangli, tabiiy sharoitda olingan bo‘lsa u talab darajasida bo‘ladi. Darslik to‘g‘risidagi fikrlaringizni o‘rtoqlaringiz bilan muhokama qilib, maqul bo‘lgan fikrlar bilan qo‘shimcha qilgan xolda daftaringizga yozib olasiz.

2-ish. Darslikda berilgan laboratoriya mashg‘uloti va amaliy ishlar soni, mavzularini aniqlab daftaringizga yozib oling. Laboratoriya mashg‘uloti uchun berilgan yo‘llanmalar o‘quvchiga tushunarlimi?

3-ish. Har bir paragaraf mavzusida bo‘lgan asosiy tushunchalar ajaratib berilganmi? Asosiy tushunchalar matnda qanday ajratib ko‘rsatilgan? Masalan, 6 sinf botanikasida eng asosiy tushunchalar yozma xarflarda, qoraytirib (matnda ham, paragraf oxirida ham) berilgan. Bu o‘quvchilarni darslikdagi eng muhim tushunchalarni oson ajaratib, ularni o‘rganib olishlariga imkon beradi.

4-ish. Yuqoridagi qilingan ishlarning barchalari yuzasidan darslik to‘g‘risida umumiy xulosalar chiqaring.Xulosalaroingizni o‘rtoqlaringiz bilan muhokama qiling. Agar darslik muallifi siz bo‘lsangiz unga yana qanday qo‘shimchalar kiritgan bo‘lar edingiz?

5-ish . Botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi va sitologiya va genetika asoslari fanlaridan majud uslubiy qo‘llanmalarni mualliflari, undagi metodik yo‘riqlar, yo‘riqlarning mazmuni bilan tanishib,natijalarini daftaringizga yozib olasiz.

6-ish. Maktab zoologiya, odam va uning salomatligi, sitologiya va genetika asoslari darsliklarini ham 4 ishda berilgan topshiriqlar (ulgurganingizcha) bo‘yicha taxlil qilib chiqiladi. Natijalari daftaringizga yoziladi. Maktab darsliklarining tuzilishi, mazmuni to‘g‘risida xulosalar chiqariladi.




Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish