Biologiya darslarining tiplari
Darslar haqidagi nazariyalarda turli mualliflar, dars oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalarga qarab darslarni tiplarga ajratishadi. Biroq, hozirgi davrda pedagogikada, jumladan biologiya metodikasida ham dars tiplari haqida yagona fikr, qarashlar yo‘q. Shu boisdan bo‘lsa kerak, B.P.YEsipov "Pedagogik va metodik adabiyotlarda darslarning xillari haqida o‘nlab maqolalari e`lon qilingan bo‘lsada, biroq, hozirga qadar barcha o‘qituvchi, metodistlar e`tibor etib foydalaniladigan dars xillari haqida uzil-kesil fikrlar yo‘q" deb yozadi.
Darhaqiqat, dars tiplari tarkibi haqida mualliflar fikrlari bilan tanishar ekanmiz, bu masalada nihoyatda xilma-xillik, ma`lum qarashlar yo‘q ekanligini guvohi bo‘lamiz. quyidagi jadvalda pedagogikada dars tiplari haqidagi mualliflarning qarashlari ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |