O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/191
Sana30.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#197749
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   191
Bog'liq
Boshlang'ich sinf majmua

      Andijon – 2019  


115 
 
 
 
 
        Fanning  ishchi  o’quv  dasturi  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o`rta  maxsus  ta]lim  vazirligi 
2017 yil 28. 06   dagi „434“ sonli buyrug`ining 1- ilovasi bilan tasdiqlangan „Matematika o`qitish 
metodikasi“ fani dasturi asosida tayyorlangan. 
 
          
 Fan  dasturi  Andijon  davlat  universiteti  Kengashining  2019  yil      „_____“____________  dagi  
„______“ sonli  bayoni bilan tasdiqlangan.   
   
 
 
        Tuzuvchi:    
   
                   Yunusov F.M. - ADU, “Boshlang’ich  ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari 
nomzodi. 
                                
 
      
 
 
         Taqrizchilar:  
                         
      Abdullayev Q.   –    ADU, “Matematika” kafedrasi dotsenti,  
                                       pedagogika fanlari nomzodi. 
    
 
  
      Ahlimirzayev A. -   ADU, “Matematika” kafedrasi dotsenti,  
                                       pedagogika fanlari nomzodi. 
 
 
 
 
 
  
 
 
  
 
 
 
ADU Pedagogika  
fakul`teti  dekani:    
2019 yil  “____”   ___________________             _____________  dots. M.To`rayev 
             
 
“Boshlang’ich  ta’lim metodikasi”  
kafedrasi mudiri:  
2019 yil  “____”   ___________________               __________  dots. Nurmanova D. 
  
 
                                   
 


116 
 
                                       I. O`quv fani o`qitilishi bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar   
 
       Ushbu dastur   umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti hamda umumiy o‘rta ta’limning 
matematika  fani  bo‘yicha  malaka  talablari  asosida  tuzilgan  bo‘lib,  umumiy  o‘rta  ta’lim 
maktablarining 1-4-sinflari uchun amaliyotga joriy etiladi.  
       Boshlang‘ich  ta’limning  matematika  fani  o‘quv  dasturi  o‘quvchilarda  kompetensiyalarni 
shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi.  
       Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:  
       o‘quvchilarda  kundalik  faoliyatda  qo‘llash,  fanlarni  o‘rganish  va  ta’lim  olishni  davom  ettirish 
uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;  
       jadal  taraqqiy  etayotgan  jamiyatda  muvaffaqiyatli  faoliyat  yurita  oladigan,  aniq  va  ravshan, 
tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;  
        milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish 
va  asrab-avaylash,  matematik  madaniyatni  umumbashariy  madaniyatning  tarkibiy  qismi  sifatida 
tarbiyalashdan iborat.  
                                         II. O`quv fanining maqsadi va vazifasi  
        Fanning maqsadi – bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga matematika o‘qitish metodikasi 
fanidan  muhim  bo‘lgan  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni  shaklantirish  va  ualarni  amalda  qo‘llay 
olishini ta’minlash.  
        Fanning vazifalari - talabalarni matematika o‘qitish metodikasi bo‘yicha davlat ta’lim standarti 
va  o‘quv  dasturining  mazmuni  va  talablari,  shuningdеk,  maktab  darsliklari  mazmuni  va  mеtodik 
tuzilishi bilan tanishtirish; boshlang‘ich ta’limda o‘rgatishning zamonaviy ilg‘or metod va usullarini 
o‘rgatish.  
       Shunigdek o‘qitishda:  
1) ta’limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirish;  
2) nazariy bilimlar tizimini o‘rganish jarayonini yoritib berish;  
3) ta’limni insonparvarlashtirishni;  
4) matematika o‘qitish jarayonida qadriyatlar, urf-odatlar, sharqona tarbiya qadr-qimmati, bir-
biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalash;  
5) o‘qitishning innovasion, pedagogik va axborot kommunikasion texnologyalar yutuqlari;  
6) o‘qitish metodikasi I–IV sinflar matematikasining davomi bo‘lgan V–VI sinf matematikasi 
mazmuni bilan uzviyligi ta`minlanishini nazarda tutadi.  
Matematika o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha  
       Bakalavr:  
- boshlang‘ich sinf matematika o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari;  
- matematika o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan alohalari;  
- boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar 
va fanning muhim bo‘lgan muammolari;  
- boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning maqsad va vazifalari;  
- boshlang‘ich sinflar matematikasi tuzilishi va mazmuni;  
  - boshlang‘ich sinflar matematikasining 5-6 sinflar va maktabgacha ta’lim bilan bog‘lanishi;  
- oz komplektli va ixtisoslashgan maktablarda matematika o‘qitishni tashkil etish;  
- matematika o‘qitish metodikasining tarixi va hozirgi vaqtdagi holati;  
- boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodlari;  
- boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishni tashkil qilish shakllari;  
- matematika o‘qitishda foydalaniladigan o‘quv vositalar;  
- sonlarni nomerlashga o‘rgatish metodikasi;  
- asosiy va boshqa miqdorlarni o‘rgatish metodikasi;  
- arifmetik amallarni o‘rgatish metodikasi;  
- algebra elementlarini o‘rgatish metodikasi;  
- ulush va kasrni o‘rganish metodikasi;  
- geometriya elementlarini o‘rgatish metodikasi;  
- boshlang‘ich sinflarda masalalar yechishga o‘rgatish metodikasi;  


117 
 
-  boshlang‘ich  sinf  matematika  darslarida  zamonaviy  (innovatsion,  pedagogik  va  axborot) 
texnologiyalar haqida bilimga ega bo‘lishi;  
- matematika darslarida ta’lim va tarbiya birligi tamoyiliga amal qilish;  
- hisoblashlardagi xatolar ustida ishlash, o‘quvchilarning hisoblash ko‘niklarini shakllantirish;  
- dars turlarini farqlay olish, dars jarayoniga ilg‘or va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni olib 
kirish;  
-  kompyuter  va  boshqa  o‘qitish  texnika  vositalaridan,  turli  ko‘rgazma  hamda  tarqatma 
materiallardan samarali foydalana olish;  
- o‘quvchilar bilimini tekshirish va baholash shakllarini aniqlay olish;  
- matematika o‘qitishda qo‘llaniladigan barcha metod va usullarni farqlash;  
- matematika o‘qitish jarayonini, ya’ni dars va darsdan tashhar i ishlarni tashkil qilish;  
- sonlarni o‘qish, yozish, taqqoslash va tarkibini bilish;  
- hisoblash usullaridan foydalanish;  
- sodda va murakkab matnli masalalarni yechish;  
- arifmetik va geometrik masalalarni yechish;  
- algebraik va geometrik materiallarni amalda qo‘llay olish;  
- sonning ulushi va kasr qismini ajrata olish;  
- tanlangan  mavzusi asosida  ilmiy  izlanishning bajarilishini uddalay olish (kurs  ishi  va bitiruv   
ishi tarzida) ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;  
- boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodlarini maqsadli qo‘llay olish;  
- boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishni to‘g‘ri tashkil qilish;  
- matematika o‘qitishda axborot va texnik vositalardan foydalana olish;  
- o‘quvchilarga manfiy bo‘lmagan butin sonlarni nomerlashga o‘rgatish usullarini qo‘llay olish;  
- o‘quvchilarga asosiy miqdorlarni o‘rgatish usullarini qo‘llay olish;  
- o‘quvchilarga arifmetik amallarni va hisoblash usullaridan to‘g‘ri foydalana olish;  
       - o‘quvchilarga algebra elementlarini o‘rgatish usullarini qo‘llay olish;  
       - ulush va kasrni tushunchasini hayot bilan bog‘liqligini tushuntira olish;  
       - o‘quvchilarga geometriya elementlarini o‘rgatish usullarini qo‘llay olish;  
       - boshlang‘ich sinflarda masalalar yechishga o‘rgatish usullarini qo‘llay olish;  
       -  boshlang‘ich  sinf  matematika  darslarida  zamonaviy  (innovatsion,  pedagogik  va  axborot) 
texnologiyalarni qo‘llash malakalariga ega bo‘lishi kerak.  
         Matеmatika  mеtodikasi  pеdagogika,  psixologiya  va  yosh  psixologiyasi  fanlari  bilan  bog‘liq. 
Boshlang‘ich matеmatika mеtodikasi boshqa fanlarni o‘qitish mеtodikalari (tayanch fani matematika, 
ona tili, tabiatshunoslik, rasm va boshqa fanlar mеtodikasi) bilan uzviy bog‘lanadi.  
        Pеdagogik  tеxnologiya  va  axborot  kommunikasion  texnologiyalarni  joriy  etish  taktikasini 
ifodalaydi va tеgishli bilimlar asosida yoritilishi haqida bilim bеriladi.  
       Talabalarga  ma’ruzalarni  bayon  qilish  jarayonida  pеdagogik  tеxnologiya  va  axborot 
kommunikasion  texnologiyalar,  internet tarmoqlari  va  elektron  pochtalar  kabi  vositalardan  unumli 
foydalanish,  proyеktor  yordamida  slaydlardan  va  elеktron  darslik  yoki  boshqa  tеxnik  vositalarda 
foydalanishda  pеdagogik  tеxnologiya  yutuqlari,  axborot  tеxnologiyalaridan  foydalanish  ko‘zda 
tutiladi.  Seminar  mashg‘ulotlarida  talabalar  nazariy  va  amaliy  mashg‘ulotlar  jarayonida  olgan 
bilimlari  asosida  boshlang‘ich  sinfda  darslarni  tashkil  qilish  va  uni  olib  borish  uchun  zaruriy 
ko‘nikmalarni  egallaydilar.  Unda  ular  dars  qismi  uchun  ishlanmalar  tuzish  va  tahlil  qilish,  o‘yin 
mashg‘ulotlari  tuzish  bilan  ham  shug‘ullanadilar.  Ma’ruza  va  boshqa  turdagi  mashg‘ulotlar  turli 
o‘quv ko‘rgazma qurollari va tеxnik vositalar bilan jihozlanishi kеrak.  
                                                                                    

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish