Verbal
Verbal – bilim (ma’lumot, axborot)larni so’z yordamida (og’zaki)
yetkazib berish, ifoda etish.
Gnoseologiya (yunon tilidan gnosis – bilim, ong, o’rganish)
gnosiology – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari,
qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari,
shuningdek, insonga xos bo’lgan borliqni anglash
qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot.
Davlat ta’lim standarti
Standards – 1) ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar
erishishlari zarur bo’lgan ta’lim darajasini belgilovchi
asosiy hujjat; 2) o’quv fani bo’yicha ta’limning yakuniy
natijalarini belgilovchi asosiy hujjat; 3) ta’lim dasturlari
mazmunining
minimumi,
o’quvchilar
tomonidan
bajariladigan o’quv ishlarining maksimal hajmi,
shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga
qo’yiluvchi talablar.
Do'stlaringiz bilan baham: |