O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/80
Sana30.12.2021
Hajmi1,42 Mb.
#90393
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80
Bog'liq
xalq pedagogik asi

          Mavzuga oid adabiyotlar:  
1.  Xalq  pedagogikasi-inson  kamolotining  asosi.  T.  1-5  kitoblar 
1992 y. 
   2. M.Ochilov «O’qituvchi odobi», Toshkent. O’qituvchi 1975-yil 
   3. Mirtursunov «Xalq pedagogikasi» Toshkent 1968-yil 
   4,A.K.Munavvarov «Oila pedagogikasi» Toshkent 1994-yil 
   5.O’.Asqarova,M.Xayitboev,M.Nishonov  ”  Pedagogika”T;Talqin 
2008 y 
 
  
4.2. ALLALARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI 
 
  1. Allalarning vujudga kelishi 
  2. Allalarning aytilishidagi bosqichlar 
  3. Allalarning pedagogik ahamiyati. 
   
Tayanch so‘zlar: beshik qo‘shiqlari, alla vazifalari, alla ijrochiligi, 
navogo‘lik 
darajasi, 
allashunoslik, 
monoton 
ohang, 
ruhan 
ma’yuslashuv
 Beshikdagi  farzandiga  muhabbat  va  umid  qo‘shig‘ini  kuylamagan 
ona  olamda  bo‘lmasa  kerak,  albatta.  Bu  kushiklar  –  ona  allalari  – 
san’atning  bebaho  xazinasiga  aylandi.  Ammo  afsuslar  bo‘lsinki,  bu 
qo‘shiq  turli  nashrlarda  sochilib  yotibdi  va  hech  kim  ularni  bir  joyga 
yig‘ishni  xayoliga  ham  keltirmayotir.  Nega  bizning  bolalar 
nashriyotimiz  barcha  xalqlar  allalarini  to‘plab,  ularni  alohida  kitob 
shaklida  nashr  etishi  mumkin  emas?!  Bunday  kitob  bizning 
poeziyamizda  ajoyib  hodisa  bo‘lib  qolmay,  yana  ham  ma’rifiy,  ham 
tarbiyaviy  qimmat  kasb  etgan  bo‘ladi.  Bu  hayratlanarli  kitob  bo‘ladi”. 
Rasul Hamzatov 
Allalar  –  beshik  qo‘shiqlarining  keng  tarqalgan  an’anaviy  janri 
hisoblanadi.  Jahonda  biror  xalq,  elat  yoki  millat  yo‘qki,  ularning  tilida 
alla  kuylanmasa  ...  ruslarda  “bayki”  yoki  “bayushki”  deb  yuritiluvchi 
bunday  qo‘shiqlar  turkmanlarda  “huvdilar”,  ozarbayjonlarda  “lay-lay”, 
tatarlarda “alli-balli”, qoraqalpoqlarda “heyya-heyya”, turklarda “ninni”, 


132 
 
forslarda “lolo”, nemislarda “wiegelied”, , o‘zbek va tojiklarda “alla” va 
“allo”  atamalari  bilan  mashhurdir.  Binobarin,  alla  jahon  onalarining 
mehrga yo‘g‘rilgan bir qadar farahbaxsh, ammo o‘rni bilan esa bir qadar 
g‘amgin, eng muqaddas qo‘shig‘idir. 
Alla  ijtimoiy  –  estetik  qimmatiga  ko‘ra  ikki  vazifani  bajaradi: 
birinchisi,  bolalarni  uxlatish  (“alla”  so‘zining  lug‘aviy  ma’nosi  ham 
allalash  –  ovo’tib,  avaylab  uxlatish)  dan  iborat.  Bunday  allalab  ovutish 
yoki uxlatish, kuylash jarayonida namoyon bo‘ladi. 
Xuddi  shu  asnoda  ularning  ikkinchi  vazifasi  –  tarbiyaviy-estetik 
mohiyati  namoyon  bo‘ladi:  bu  allaning  emotsional  ta’sirchanligidan 
kelib  chiquvchi  xususiyati  bo‘lib,  bolani  kuy  og‘ushida  hayot  bilan 
tanishtirish, ohanglar vositasida hayot ma’nosini anglashiga yo‘l ochish, 
shu  zaylda  estetik  didini  o‘stirish  maqsadiga  qaratilganligidir.  Abu  Ali 
ibn  Sino  allaning  ana  shu  xususiyatini  ming  yil  ilgariyoq  payqab, 
shunday  degan  edi:  “Bolaning  mijozini  kuchaytirmoq  uchun  unga  ikki 
narsani  qo‘llamoq  kerak.  Biri  bolani  sekin-sekin  tebratish,  ikkinchisi, 
uni  uxlatish  uchun  odat  bo‘lib  qolgan  musiqa  va  allalashdir.  SHu 
ikkisini  qabo‘l  qilish  miqdoriga  qarab  bolaning  tanasi  bilan 
badantarbiyasiga  va  ruhi  bilan  musiqaga  bo‘lgan  iste’dodi  hosil 
qilinadi”. Ulug‘ hakim “bolani sekin-sekin tebratish” ning badantarbiya 
bilan  bog‘liqligini  maxsus  ta’kidlagan  ekan,  umuman,  tebratishni, 
aytaylik,  faqat  beshikda  tebratishnigina  emas,  balki  belanchakda  yoki 
o‘tirib olib, ikkala oyoqni yonma-yon holatda o‘zala cho‘zgancha ustiga 
qo‘yilgan  yostiqda  bolani  tebratib  alla  aytishni,  tikka  turgan  holda 
bag‘riga  bosib  tebranishni  yoki  elkasiga  bir  maromda  qoqa  turib  alla 
aytishni ham ko‘zda tutgan. Ammo bu jarayonlar allasiz bajarilishi ham 
mumkin,  shunchaki  tebratib  turilib,  bola  uxlatiladi.  SHunisi  ham  borki, 
bu  jarayonlar  har  bir  xalqning  etnografik  xususiyatlari  bilan 
chambarchas  bog‘liq.  Aytaylik,  o‘zbek  yoki  tojiklarda  allaning 
kuylanish ohangi tebratishning muvozanati va ritmiga mos bo‘lib, bunda 
tebratilayotgan  narsa  beshikmi  yoki  belanchakmi  –  hammasining  alla 
ohangiga  mutanosibligiga  qat’iy  rioya  qilinadi.    O‘zbeklarda    beshik 
yoki  belanchakka  shaqildoq  bog‘lash  odati  bo‘lsa-da,  baribir,  tebranish 
ritmiga mos ovoz bilangina allaga jo‘r bo‘linadi, frantso‘zlarda alla kuyi 
shaqildoq jo‘rligida hosil qilinadi. 
Allalarning  Ibn  Sino  zamonidayoq  Markaziy  Osiyodagina  emas, 
balki  O‘rta  va  YAqin  SHarq  mamlakatlarida  yashovchi  xalqlar  orasida 
ham  muhim  ahamiyat  kasb  etgan  mustaqil  janr  sifatida  keng 
tarqalganligi  turkiy  xalqlar  o‘rtasida  “balu-balu”  nomi  bilan 


133 
 
yuritilganligiga  oid  “Devonu  lug‘otit  turk”  dagi  ma’lumot  ham 
tasdiqlaydi.  Alisher  Navoiy  ham  Farhodning  beshikdalik  davrida  unga 
mukammal  tarbiya  berish  uchun  “navoguy”(  uxlatish  uchun  alla 
aytuvchi) berkitilganligini shunday tasvirlaydi: 

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish