“Fundamentalizm” atamasi keng ma’noda islom g‘oyalarining
Muhammad S.A.V. davrlarida qanday talqin etilgan bo‘lsa,
shundayligicha saqlashni, ularni o‘zgartirmaslikni, muqaddas manba
“Qur’oni Karim”da vahiy va mo‘‘jizalar qanday bayon etilgan
bo‘lsa,shundayligicha qabo‘l qilishni, dinning barcha an’anaviy yo‘l-
yo‘riqlarini qat’iy va og‘ishmay bajarishni talab etadigan oqimlarni
ifodalaydi.
Ushbu atama dastlab 1908 yilda AQSHning Kaliforniya shtati
protestantlari tomonidan qo‘llanilgan bo‘ilib, protestant oqimlar harakati
mohiyatini ifodalashga xizmat qilgan.
Dastlab fundamentalizm faqat diniy g‘oyalarnigina ilgari surgan
bo‘lsa,bugungi kunda ijtimoiy-siyosiy qarashlarni ham ilgari surmoqda.
Bu holat fundamentalizm, xususan islom fundamentalizmining
siyosiylashganidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |