24
Bir qutida 6 ta qalam bor, ikkinchisida undan 3 ta ortiq qalam bor. Ikkinchi qutida nechta
qalam bor? Bir qutida, 6 ta qalam, ikkinchi qutidagi qalamlar soni undan 3 marta ortiq, Ikkinchi
qutida nechta qalam bor?
O‘qituvchi rahbarligida o‘quvchi masalani taqqoslaydi va bir xil tomonlarni: ikkala masalada
ham berilgan sonlar bir xil, ikkala masalada ham ikki qutidagi qalamlar haqida gapirilgan, savollar
ham bir xil. Farqi: 1-masalada 2- qutida uchta qalam ortiq, 2-masalada 2- qutida 3 marta ortiq
qalam bor deyiladi.
Masala yechilgandan keyin o‘quvchilar qaysi masala qaysi amal bilan yechilganini taqqoslaydi.
1-si qo‘shish, ikkinchi masala ko‘paytirish bilan bajarildi. Shundan keyin masala sharti bilan
masalani yechish usulini moslashtiradi.
Natijada o‘quvchi nechta ortiq yoki kam degan shartda qaysi amallar ishlatilishini va necha
marta ortiq yoki necha marta kam deganda qaysi amallar ishlatilishini fikrlab tushunib oladi.
Ba’zan ko‘p qiymatli sonlar bilan masalalar yechishda analogiya usulini ham qo‘llaydilar.
Masalan: 3- sinfda shunday masala yechiladi: ikkita meva saqlagichda 1568 s karam bor edi.
Birinchi meva saqlagichdan 240 s, ikkinchisidan 364 s olingandan keyin ikkalasida ham bir xil
miqdorda karam qoldi. har qaysi meva saqlagichda qancha karam bo‘lgan?
Masalani yechishdan oldin o‘qituvchi quyidagi masalani yechishni tavsiya qildi: ikki bolada
800 so‘m bor edi. Ulardan birinchisi 350 so‘m, ikkinchisi 250 so‘m sarf qilganidan keyin ikkalasida
baravar pul qoldi. har bir bolada qanchadan pul bo‘lgan?
O‘quvchilar bu masalani hatto og‘zaki ham yechishi mumkin. Bu masalani yechish rejasi va
yo‘llarini aniqlagandan keyin oldingi masalani shunga o‘xshash yo‘l bilan echadi.
Analogiyadan foydalanishda doimo to‘g‘ri xulosalar kelib chiqavermaydi. Masalan, I-sinfda
12+2=14 ni hosil qilgan. Bunda o‘quvchi qo‘shishning o‘rin almashtirish qonunini qo‘llab, 10+2-6
=10+6-2=14 chiqargan.
O‘quvchilarga taqqoslash asosida umumlashtirishni ham o‘rgatish lozim. Bu umumlashtirish
son, geometrik figura, arifmetik amallarning xossalarida, shuningdek hisoblash va masalalar yechish
usullariga taalluqlidir. O‘quvchilar alohida hodisa va faktlarni kuzatish asosida «induksiya» deb
ataluvchi fikrlash formasini ham qo‘llaydilar. Masalan, o‘quvchi bir sonni ikkinchi songa
ko‘paytirish birinchi sonni o‘z-o‘ziga shuncha marta qo‘shish ekanini qoida sifatida bilgani holda,
bu qoidani alohida bir misolga tatbiq etadi. 12*3=12+12+12.
Bu esa o‘quvchining deduktiv xulosa chiqarishi bo‘ladi.
Matematika o‘qitishda bu metodlardan shundaylarini qo‘llash kerakki, u o‘quvchilarning
fikrlashini faollashtirish va bu fikrlarni rivojlantirishga yordam berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: