O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Ushbu fan energetikaning jamiyat hayotidagi roli, energiyani hosil qilish, uni an’anaviy va noan’anaviy usullar bilan ishlab chiqarish, xalq xo’jaligining barcha sohalarida energiyadan oqilona foydalanish va uni tejash kabi masalalarni qamrab oladi. Jamiyatda energetikaning rivojlanish istiqbollari, ishlab chiqarishda energiya sarfini me’yorlashtirish, energetika menejmenti, audit, korxonaning energetik balansi, respublikasizda amalga oshirilayotgan energiya tejamkorligi siyosatining mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo’lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
“Elektr ta’minoti tizimida energiya tejamkorligi” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2-kursda o’qitilishi maqsadga muvofiq. “Elektr ta’minoti tizimida energiya tejamkorligi” fani mutaxassislik fanlar turkumiga kiradi va bakalavriatning elektroenergetika ta’lim yo’nalishlarida o’qitiladi. Mazkur fan yuqori bosqichlarda o’qitiladigan fanlarning asosini tashkil qilib, o’z rivojida texnik yo’nalishdagi fanlar uchun zamin bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |