2. Yotiq chiziqlar.
Ma`lumki, yo`l belgi chiziqlari yotiq va tik chiziqlarga bo`linadi. Yotiq
chiziqlar asosan harakatlanish tartibini belgilaydi. Yotiq chiziqlar ko`rinishi, yani
ranggi bo`yicha oq va sariq rangda bo`ladi. Oq rangli yotiq chiziqlarning o`zi
uzluksiz, uzuq-uzuq, yozuvlar va raqamlar ko`rinishidan iborat bo`lib ular bir biridan
o`lchamlari bilan farq qiladi. Sariq rangli yotiq chiziqlar uch hil bo`ladi: uzliksiz,
uzuq-uzuq va zigzag shaklida. Bularning ham chizilish joylarini, ularning
ahamiyatini aniq bilib olish talab etiladi.
1.1. Yo`lning o`rtasida chizilgan ensiz, sidirg`a oq chiziq qarama-qarshi
transport oqimini ajratadi. Chiziqni kesib o`tish taqiqlanadi.
3.2-rasm.
1.1. Yo`lning xavfli joylarida harakatlanish bo`laklari o`rtasida chizilgan
uzliksiz oq rangdagi sidirg`a chiziq bo`laklarining chegarasini bildiradi.
Chiziqni kesib o`tish taqiqlanadi.
1.2. Avtomagistrallarda qatnov qismining chekkasiga chizilgan enli (20 sm)
uzluksiz sidirg`a chiziq qatnov qismining chegarasini bildiradi.
Chiziqni istalgan tarafdan kesib o`tish mumkin.
47
3.3-rasm.
1.3. Yo`lning o`rtasida chizilgan parallel ikki sidirg`a oq chiziq to`rt va
undan ko`p bo`lakli yo`llarda qarama-qarshi yo`nalishdagi transport vositalarining
oqimini ajratadi. Chiziqni kesib o`tish taqiqlanadi.
3.4-rasm.
1.4. Yo`lning harakatlanish qismi chetiga yoki yo`l chetidagi to`siqqa
(bordyurga) chizilgan sariq chiziq transport vositalarining to`xtashini taqiqlaydi.
Belgilangan yo`nalishli transportlarga dahli yo`q.
CHiziqni istalgan tarafdan kesib o`tish mumkin.
48
3.5-rasm.
1.5. Yo`lning o`rtasiga chizilgan ensiz uzuq-uzuq oq rangdagi chiziq ikki
yoki undan ortiq bo`lakli yo`llarda bo`laklarning chegarasini bildiradi (oraliq
masofaning chiziqqa nisbati 1/3). CHiziqni istalgan tarafdan kesib o`tish mumkin.
3.6-3.7-rasmlar.
1.8. Sidirg`a chiziq yonida chizilgan uzuq-uzuq chiziq faqat biror bo`lakka
qayta tizilishga ruxsat etiladi.
Ushbu chiziqni kesib o`tish:
a) uzuq-uzuq tarafdan mumkin.
b) sidirg`a chiziq tomondan taqiqlanadi.
49
3.8-rasm.
1.9. Reversiv harakatlanishda qatnov qismining chegarasini belgilaydi.
Reversiv harakatlanish amalga oshiriladigan yo`llarda (reversiv svetofor
o`chirilgan holatda) qarama-qarshi yo`nalishdagi transport oqimini ajratadi.
Reversiv svetofor bo`lmaganda yoki ular o`chirib qo`yilganda 1.9 chizig`ini
faqat u haydovchining o`ng tomonida bo`lsa, bosib o`tishga ruxsat etiladi.
3.9-rasm.
Reversiv svetofor yoqilgan paytda bir yo`nalishli bo`laklarni ajratayotgan 1.9
chizig`ini istalgan tomonidan bosib o`tishga ruxsat etiladi. Reversiv svetofor
o`chirilganda haydovchilar darhol 1.9 chizig`idan o`ngga qayta tizilishlari kerak.
Reversiv svetofor o`chirilgan bo`lsa, qarama-qarshi yo`nalishdagi transport
oqimlarini ajratuvchi 1.9 chizig`ini bosib o`tish taqiqlanadi.
50
Do'stlaringiz bilan baham: |