Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 7
bo‗lim, umumiy xulosalar, tavsiyalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‗yhatidan
iborat bo‗lib, jami 64 sahifani tashkil qiladi.
7
1 BOB. SHAXSLARARO MUNOSABATLAR VA FAOLIYAT
MOTIVATSIYASIDA BOSHQARUV USLUBLARINING TUTGAN O„RNI
VA AHAMIYATI
1.1. Pedagogik boshqaruv uslublarining mazmuni, mohiyati va tuzilishi
Boshqarish
ijtimoiy-gumanitar
fanlarning
muhim
muammolaridan
hisoblanadi. Uning nazariy asoslarini hamda ijtimoiy munosabatlar tizimidagi
ahamiyati va o‘rnini aniqlash, ijtimoiy muammolarni yechishdagi yo‘naltiruvchilik
imkoniyatini belgilash mustaqillik sharoitida juda dolzarb masala hisoblanadi.
Chunki mamlakatimiz bozor munosabatlari hamda u bilan bog‘liq ko‘p mulkchilik
sharoitida rivojlanishi boshqarish oldiga yangi muammolarni qo‘ymoqda. Bunday
sharoitda boshqarishning ilmiy asoslangan yo‘naltiruvchi ta‘siri ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotning o‘ziga xos rivojlanish asosi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa
ijtimoiy
hayotning
hamma
sohalarini
erkinlashtirish
va
liberalashtirish
boshqarishni ahamiyatini pasaytirmaydi, balki o‘ziga xos mexanizmlarini ishlab
chiqishni taqozo qiladi. Boshqarish ijtimoiy hodisa sifatida murakkab jarayondir.
Shuning uchun unga har tomonlama yaxlit, tizimli yondashish lozim.
Bunda tadqiqotning mantiqiy-gnoseologik, tarixiy va sotsiologik (ijtimoiy)
tomonlarini yaxlitlikda qarash muhimdir. Shu asosda uning amal qilish
mexanizmlarini ochish, moddiy va ma‘naviy, ob‘ekt va sub‘ekt munosabatlari
tarzida tahlil qilish imkoniyati ochiladi.
Boshqarishga gnoseologik jihatdan yondashish uni inson bilimlarining
tarixiy taraqqiyotining bosqichi, bilishning qonunlari tarzida hamda ijtimoiy
tajribaning ma‘lum shakli ekanligini anglab, boshqariladigan ob‘ektni o‘zgartirish,
uni taraqqiyoti uchun sharoit yaratishni ifodalaydi. Shu bilan birga bunday
yondashuv boshqarishni hozirgi zamon fanining dolzab muammosi sifatida fanlar
tizimida o‘rnini belgilash imkoniyatini beradi.
Jamiyat taraqqiyotidek, boshqarish ham tarixiy xarakterga ega. Shuning
uchun jamiyat va ilm-fanning rivoji har bir sohaning boshqarishini maqsad va
8
vazifalari, shakl va metodlari, tuzilishini, prinsiplarini, tarixiy burilish davrlarida
metodologiyasini o‘zgarishiga olib keladi.
Tarixiylik boshqarishni vujudga kelishi, shakllanishi bosqichlari va
rivojlanishini tarixiy jarayon sifatida qarash asosida uning tarixiy tiplarini hozirgi
holati bilan solishtirb takomillashtirishni ta‘minlaydi. Masalan. Hozirgi vaqtda
boshqarishning
Kibernetik
avtomatlashtirilgan
tizimi
mantiqiy-matematik,
modellashtirish, modem, elektron-pochta, aloqa vositalari, axborot vositalari,
internet va kompyuterlardan keng foydalanish kabi shakllari mavjud. Ma‘lum
ma‘noda
bulardan
imkoniyat
doirasida
ta‘lim
tizimini
boshqarishda
foydalanilmoqda.
Boshqarishning sotsiologik asnoda qarash uning o‘rni va ahamiyatini
ma‘lum ijtimoiy tizimda tahlil qilish, amal qiluvchi mexanizmlari o‘rtasidagi
bog‘lanishlar dialektikasini ochish asosida optimal boshqarish usul va vositalari,
metodlarining
oshish
imkoniyatini
beradi.
Shu
asosda
boshqarishning
ta‘sirchanligini oshirish, uning ilmiy asoslangan shakllaridan o‘z-o‘zini boshqarish,
tartibga solishning ob‘ektiv asoslarini o‘zaro munosabatlarini aniqlash uchun
zamin hozirlaydi. Bu esa o‘z navbatida boshqariladigan ob‘ektga ilmiy asoslangan
ta‘sir etib, rivojlanish imkoniyatlaridan kengrok foydalanishga asos bo‘ladi. Shu
bilan birga boshqarishga sotsiologik yondashish uni ijtimoiy hodisa, inson
faoliyatining ma‘lum shakllaridan biri va ayni vaqtda ijtimoiy munosabatlarning
ham o‘ziga xos (boshqarishida) shakli sifatida qarashni taqozo qiladi.
Boshqarish oqibatida ma‘lum tizim o‘z yaxlitligini saqlab qolmasdan balki
faoliyatini takomillashtiradi. Bundan boshqarish xususiyati tizimning tabiati bilan
hamda uning mavjudligi va rivojlanish qonuniyatlari, yashash sharoiti bilan
bog‘liqdir. Boshqarish jamiyat va uning yashash muhiti bilan xilma-xil
aloqadorligini, yaxlitligini ta‘minlaydi. Chunki ijtimoiy tizimlar o‘z rivojlanish
jarayonida doimiy ravishda tashqi ta‘sir ostida bo‘ladi.
Bu ta‘sir tizim uchun ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Shunda boshqarish
salbiy ta‘sirlarini zararlantirish, ijobiylarini kuchaytirib, tizimni o‘z funksiyasini
boshqarishi, o‘z holatini mustahkamlab, yaxlitligini ta‘minlaydi. Boshqarish
9
mexanizmidan foydalanib tizimda bo‘ladigan o‘zgarishlarni hisobga olib ma‘lum
yaxlitlik kiritish mumkin. Shu o‘zgarishlar asosida tizimni ma‘lum muhitga oddiy
moslashtirish emas, balki uning rivojlanish qonuniyatlarini ochish uchun
foydalanishdir. Boshqarish muammolarini tadqiq qilish uni ijtimoiy hodisalarni
farqini aniqlab, inson faoliyatining o‘ziga xos sohasi ekanligini ko‘rsatishdir.
U inson ongli faoliyatining shunchaki oddiy bir ko‘rinishi emas, balki
ma‘lum qarorlar ishlab chiqish, ma‘lum sohani tashkil qilish asosida uni faoliyatini
tartibga solib, rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishdir.
Bundan tashqari inson faoliyatining o‘ziga xos shakli sifatida ijtimoiy ishlab
chiqarishda ishtirok etayotgan kishilar faoliyatini, ularning birgalikdagi mehnatini
o‘zaro muvofiqlashtirish vositasi hamdir.
Kishilarning birgalikdagi faoliyatini tashkil etish oldinni ko‘ra bilish,
rejalashtirish, qaror qabul qilish, uni ijrosini boshqarish asosida harakatlarni
tartibga solishni taqozo qiladi.
Bunda boshqarish tashkil qiluvchi faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi.
Tashkil etish bir qancha vosita, usullarni o‘z ichiga olib, ular orqali
boshqariladigan tizimga ta‘sir ko‘rsatadi. Boshqarish bu jihatdan ijtimoiy faoliyat
sifatida o‘z ob‘ekt va sub‘ektiga ega. Bunda sub‘ekt boshqarish funksiyalarini
bajara turib, ob‘ektga ta‘sir ko‘rsatadi.
Boshqarish ob‘ekti munosabatlardan iborat bo‘lib, tizim xarakteri yoki
turidan kelib chiqib inson-tabiat, inson-texnika, inson-inson tarzida bo‘lishi
mumkin. Aniqroq qilib aytsak, tizimlar bo‘lishi mumkin: Tabiat, texnika, ijtimoiy.
Har uchalasida ham munosabatlar inson bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ijtimoiy
xarakterga ega bo‘ladi. Ijtimoiy munosabatlar aloqa tarzida namoyon bo‘ladi.
Jamiyatdagi boshqariladigan sohalar tarixiy tarzda namoyon bo‘lib,
bosqichma-bosqich bo‘lishi mumkin. Jamiyat taraqqiyotining har bir tarixiy
davrida boshqarish o‘ziga xos bo‘lib, o‘z ob‘ekt va sub‘ektiga ega bo‘ladi. Bu
jihatdan olganda boshqarish bilish jarayoni bilan bog‘liqdir. Boshqarish uchun
tizimning xususiyati, tuzilishi, munosabat va shakllarini bilish demakdir. Bilim va
boshqarish o‘zaro bir-birini taqozo qiladi. Boshqariladigan ob‘ektni inson qancha
10
chuqur bilsa, uni muvoffaqiyatli rivojlanish ob‘ektning turli xususiyatlari haqida
axborot to‘plash muhimdir. Axborot boshqarishda juda muhim vazifani bajaradi.
Axborot ob‘ektning mavjudlik qonuniyatlarini ochish uchun asos bo‘ladi. Axborot-
qarash, fikr-mulohaza, hukm tariqasida ob‘ektni turli tomondan xarakterlaydi.
Bunda sub‘ekt boshqarish ta‘sirini ob‘ektga axborotning qaror tarzida ko‘rsatilishi
mumkin. Axborot orqali sub‘ekt boshqariladigan ob‘ektga faqat tashqi ta‘sir qilish
orqali emas, balki uni ichki va o‘z-o‘zini tartibga solish mexanizmlarini ham
ochishi yoki undan foydalanish mumkin.
Insoniyat tarixiy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, har qanday jamiyat
boshqarishga muhtoj. Jamiyatni boshqarishga ehtiyoj yoki bu jarayonni
jadallashtirish uning burilishi davrlarida ayniqsa kuchayadi. Chunonchi, uning
inqilobiy davrlarida, ya‘ni bir ijtimoiy tuzum o‘rniga boshqasi kelganda
boshqarishga ehtiyoj har qachongidan ko‘ra kuchayadi. Buning boisi shuki, yangi
ijtimoiy tuzum tezlik bilan ijtimoiy hayotning hamma sohalariga, kishilarning fikr
o‘ylariga o‘z ta‘sirini, yangi talablarni tezroq singdirish asosida o‘z hukmronligini
iqtisodiy, siyokiy jihatdan mustahkamlashni istaydi.
Bu ehtiyoj jamiyatning hamma lahzalarini yangicha tashkil etish va
boshqarishni taqozo qiladi. Bunda boshqarishning tub mohiyati va mazmuni
yo‘nalishini, g‘oyaviy asosini yangi mafkura-eski aqida va metodlarni butunlay
inkor qilib, yangi g‘oyaviy asosda jamiyatni boshqarish asoslarini tashkil etishni
taqazo qiladi. Biz mohiyat e‘tibori bilan hozirgi vaqtda shunday vaziyatni boshdan
kechirmoqdamiz.
Bu jarayonlarni larzalarsiz, xato va depinishlarsiz amalga oshirishda yangi
jamiyat asoslanadigan g‘oya va mafkura asosiy rol o‘ynaydi. Mustaqil
Respublikamizni yangi yo‘ldan rivojlanishini g‘oyaviy-nazariy asosini I.Karimov
ishlab chiqgan "O‘zbek modeli" hamda ayniqsa, uning asosida yotuvchi 5 ta
prinsip mamlakatimiz iqtisodiy, siyokiy va ma‘naviy hayotini larzalarsiz
evalyutsion rivojlanishini ta‘minlamoqda. Bu o‘z navbatida butun jamiyatni yoki
uning tarkibiy qismi pedagogik tizimga ham daxldordir.
Boshqarish jamiyat manfaati va ehtiyojlaridan kelib chiqadi hamda uning
11
rivojlanishini tezlashtirishga xizmat qiladi. Shuning uchun jamiyatning hamma
sohalari boshqarishga muhtojdir. Boshqarish keng ma‘noda butun jamiyat,
mamlakatni boshqarish bo‘lib, ijtimoiy-siyokiy tadbir hisoblanadi. Jamiyatni yaxlit
boshqarish yuqorida takidlaganimizdek, jamiyat mafkurasiga asoslanadi. Shu
asosda uning turli sohalarini boshqarishning nazariy-metodologik, amaliy-tashkiliy
tomonlari ishlab chiqiladi. YA‘ni shu asosda boshqarishning umumiy nazariyasi
yaratiladi.
Respublikamiz taraqqiyoti bozor munosabatlariga asoslanadi. Shuning
uchun boshqarish ijtimoiy-davlat va xususiy jamoaviylikka asoslanadi. Ammo
bunda yakka, jamoa, xususiy mulk davlat tomonidan qonun va qarorlar bilan
umum jamiyat manfaatlariga moslashtiriladi. Demak, boshqarish umumjamiyat,
mehnatkashlar manfaatiga xizmat qilishi lozim.
Boshqarishning bosh maqsadi mehnatkashlarning moddiy va ma‘naviy
ehtiyojlarini to‘laroq qondirish uchun ishlab chiqarishni barcha jamiyat a‘zolari
o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni yanada takomillashtirishdir. Shu bilan birga
davlat va jamiyat boshqaruvini yaxlitligini ta‘minlab, jamiyat rivojlanishi, undagi
ijtimoiy munosabatlar yuksalishi asosida davlat boshqaradigan sohalarni jamoat
tashkilotlari zimmasiga yuklashdir.
Bunda har ikkila boshqaruv shakli ham jamiyat a‘zolari manfaatlarini
ko‘zlamog‘i lozim. Bu juda qiyin, shu bilan birga ancha vaqt, ya‘ni jamiyat
taraqqiyotining ma‘lum bosqichida amalga oshiriladigan muammoni yechishda
mamlakatimiz uzluksiz ta‘lim tizimi juda katta xizmat qilmog‘i lozim.
Mamlakatimizda
amalga
oshirilayotgan
Kadrlar
tayyorlash
milliy
dasturining tarkibiy qismi bo‘lgan ta‘lim milliy modeli muhim rol o‘ynaydi.
Prezident I.Karimov "Tafakkur" jurnali bosh muharriri savollariga bergan javoblari
"Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalk millatni-millat qilishiga xizmat etsin",-deb
nomlanuvchi asarida bu masalaga alohida to‘xtaladi. "Ta‘lim to‘g‘risida"gi Qonun
va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ularda ko‘zda tutilgan" vazifalar to‘liq
amalga oshgan taqdirda, -deb ko‘rsatdi Prezident,-ular birinchidan, ijtimoiy-
siyokiy iqlimga ijobiy ta‘sir qiladi va mamlakatimizda mavjud muhit butunlay
12
o‘zgaradi".
Fikrini davom ettirib I.Karimov ta‘kidladi"..... biz fuqarolik jamiyati
ko‘rishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.
Bu sohada dastlabki, ammo muxim qadamlar qo‘yildi. Ishonchim komilki
vaqt-soati kelib, bugungi o‘tish davri uchun zarur bo‘lgan kuchli davlat
funksiyalari va alomatlari asta-sekinlik bilan tadrijiy ravishda kuchli jamiyat
zimmasiga o‘tadi".
Hozirgi kunda boshqarish eng avvalo kishilarning iqtisodiy va moddiy,
ijtimoiy faoliyatini ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash
jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etishga qaratilmog‘i zarurdir. Buning boisi shuki,
jamiyatimizning
rivojlanishi
ko‘p
jihatdan
kishilarning
yuksak
aqliy
imkoniyatlariga, yuksak ongi, ma‘naviy dunyoki, umummadaniyatiga bog‘liqdir.
Bu esa ta‘lim-tarbiya, ilm-fan, madaniy-ma‘rifiy, maishiy xizmat sohalarini ilmiy
asosda boshqarish zaruriyatini keltirib chiqaradi. E‘tirof etish lozimki, jamiyat
hayotini turli sohalarini boshqarish ma‘naviy sohani boshqarish saviyasi bilan
belgilanadi. Chunki uning maqsadi, ilm-ma‘rifatli har tomonlama komil insonlarni
tarbiyalab yetishtirishdir. Shu bilan birga bu sohani boshqarish ancha murakkab
hamdir.
Boshqaruv jamiyatning umumiy xususiyati va funksiyasidir. U jamiyat
taraqqiyotining har bir bosqichiga shaklan va mazmunan o‘zgarsada umumiy
xususiyat sifatida mavjud bo‘ladi. Chunki jamiyat taraqqiyotining hamma
bosqichlarida ham turli sohalar rivojini tartibga solish, kishilar faoliyatini
yechilishi lozim bo‘lgan vazifalarga yo‘naltirish muhimdir.
Jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni yechishda kishilar oldida
uyushqoqlik, tartib-intizom, o‘zaro mehnat taqsimoti, mehnat qurollari va
vositalaridan unumli foydalanish kabi muhim muammolar ko‘ndalang turadi.
Shuning uchun har bir kishi o‘zining jamiyatidagi va jamoadagi o‘rnini bilishi,
qat‘iy mehnat intizomiga, qonunlarga rioya qilishi zarurdir. jamiyat hayotini, uning
rivojini boshqaruvsiz, muayyan tartiblarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
Bundan kelib chiqadiki, har qanday mehnat, ijtimoiy faoliyat yakka yoki
13
jamiyat miqyokida bo‘lsin idora qilinishi lozim. Bunda boshqaruvchi kishilar
faoliyatini, ishlarni o‘zaro muvofiqlashtirishi, ishlab chiqarish jarayonlarini izchil
va yaxlitligini ta‘minlashi muhimdir. Shu narsani alohida ta‘kidlash lozimki,
jamiyat taraqqiyoti qancha tezlashsa, boshqarish shuncha zarur bo‘ladi.
Yana bir sozanda muzika asbobini chalganda o‘zini-o‘zi idora qiladi. Lekin
bir necha muzika asbobini birlashtirgan orkestr faoliyatini dirijer tartibga soladi.
Boshqarish uchun eng avvalo g‘oya (mafkura) undan keyin esa mohir
boshqaruvchi rahbarning bo‘lishi shart.
Inson ijtimoiy mavjudotdir. U ijtimoiy mavjudot sifatida boshқа kishilar
bilan ma‘lum ijtimoiy munosabatlarda bo‘ladi. Bu ijtimoiy munosabatlar tizimida
inson ma‘lum jamoada faoliyat ko‘rsatadi. Shuning uchun uning yurish-turishi,
xulq-atvorini ham tartibga solish zarurati tug‘iladi. Uning xulq-atvori ijtimoiy
munosabatlarning hosilasi bo‘lib, ularni ham boshqarish lozim.
Mustaqil Respublikamiz ijtimoiy hayotning hamma sohalarida tub
o‘zgarishlar amalga oshirilmokda. Bu jarayonlarni amalga oshirishda ta‘lim-
tarbiya, yangi insonni tarbiyalash asosiy tezlashtiruvchi omil sifatida namoyon
bo‘lmoqda.
Yangicha
fikrlovchi
erkin,
mustaqil,
ijobiy
insonni
shakllantirish
mamlakatimizdagi uzluksiz ta‘limning bosh vazifasi sifatida ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotni tezlashtiruvchi hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hamma
sohalarini harakatga keltiruvchi kuch inson hisoblanadi. Uni jamiyat talablari
asosida tarbiyalash uzluksiz ta‘lim yoki pedagogik tizimda amalga oshiriladi.
Shuning uchun pedagogik tizimni takomillashtirish muammosi dolzarb bo‘lmoqda.
Uni takomillashtirishning muhim tomonlaridan biri-boshqarishni to‘g‘ri tashkil
qilishdir.
Pedagogik tizim eng avvalo ta‘lim-tarbiya muassasalari majmuini o‘z ichiga
oladi.
Madomiki
shunday
ekan,
uning
rahbari
zimmasiga
Mustaqil
Respublikamizning bo‘lajak fuqarolarini o‘qitish, tarbiyalash, ularni mustaqillik
ideallari ruhida tarbiyalash, kasb-hunar o‘rgatish kabi juda murakkab va
mas‘uliyatli vazifa yuklanadi. Bu murakkab jarayonni boshqarish turli-tuman
14
qonun va qarorlarni, farmon va ko‘rsatmalarni chuqur bilish hamda ularni amalga
oshirishni tashkil etishni talab qiladi. O‘z navbatida rahbarning o‘zi ham
yuqoridagi qarorlarni amalga oshirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish, ularni
bajarilishini tashkil etish, nazorat qilishni mohirona amalga oshirishi lozim.
Pedagogik tizimni boshqarishda ma‘lum andozalarga yopishib olish,
shablonlashtirishga olib keladi. Doimo mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan
holda ishga o‘zgartirish kiritish, xilma-xil usul va mazmun qo‘llash ijobiy ta‘sir
qiladi.
Boshqarishni takomillashtirishda faqat yuqoridan ko‘rsatma kutmay,
joylarda tashabbus, ilg‘or tajribalardan keng foydalanish umumiy maqsadga
erishish uchun foydalidir.
Boshqarishdagi to‘plangan tajriba shuni ko‘rsatadiki, jamoadagi tashabbus,
ilg‘or tajribalarga, uning ijodiy faolligiga suyanish muvaffaqiyat garovi bo‘la oladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta‘lim islohoti ham pedagogik
tizimni boshqarishni tubdan yaxshilashni taqozo qiladi. Buning yorqin ifodasi
sifatida "Ta‘lim to‘g‘risida"gi Qonunning yangi nusxasi, ya‘ni mamlakatning
bozor munosabatlari sharoitida rivojlanishini hisobga olgan holda ishlab chiqilib,
qabul qilinishi ham tasdiqlaydi. Bu hujjat ta‘lim hamma bo‘g‘inlarining uzviy
bog‘liqligini yaxlit rivojlanishini ta‘minlashning huquqiy asosini barpo qilishda
ta‘lim-tarbiya, yangi insonni tarbiyalashda asosiy tezlashtiruvchi omil sifatida
namoyon bo‘lmoqda.
Bundan tashqari uzluksiz ta‘lim tizimini boshqarishni takomillashtirishda
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ham juda muhim talablar qo‘yadi. Uning 4-6
bandida chunonchi "Uzluksiz ta‘lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va
nodavlat ta‘lim muassasalari tarkibi jihatidan o‘zgartirish va ularni izchil
rivojlantirish davlat yo‘li bilan boshqarib boriladi", -deyiladi.
Pedagogik tizim faoliyatini boshqarishda turli ob‘ektiv omillar pedagogik
jarayonga ta‘sir ko‘rsatib, ta‘lim-tarbiya jarayoniga ma‘lum o‘zgartirishlar asosida
optimal rivojlanish yo‘lini egallashni taqozo qiladi. Bu o‘zgarishlar ta‘lim - islohoti
pedagogik tizimga rahbarlik qilish uslubi, xarakteri va metodlari xususiyatlarini
15
to‘g‘ri belgilab olishini taqozo qiladi.
Shuning uchun ta‘lim muassasasi rahbari faqat rahbar emas. U eng yaxshi
o‘qituvchi- murabbiy va bosh tarbiyachi hamdir. Bu lavozim unga juda katta
mas‘uliyat yuklaydi. Bu esa keyingi vaqtda pedagogik tizimni boshqarishga
qiziqishni ancha oshirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |