129
quvilganiga qadar xorazmshoh deb atalgan. Bundan keyingi Xorazm hukmdorlaridan hech biri bu
unvonga ega bo‘lmagan.
12—13-a. boshlari Xorazm davlatchiligining rivojlanishida muhim bosqich byldi. Bu
davrda Xorazmda anushteginiylar sulolasidan chiqqan hukmdorlar Otsiz, Takash va Sulton
Muhammad Xorazmshohlar mamlakatni boshqarishning yanada mukammal tizimi, tartiboti va
uslublarini yaratganlar. Saltanatniig eng oliy lavozimi vazirlik bo‘lib, ular Sadr, Xo‘jayibuzruk va
Nizomulmulk (mulkning tayanchi) unvonlari bilan yuritilgan. Vazir faqat oliy hukkdor oldida
hisobdor bo‘lgan. Saltanatning barcha amaldorlari va harbiy boshliqlar ham vazirga itoat
qilganlar, uving oldida hisobdor bo‘lganlar.
Sulton Muhammad Xorazmshoh o‘z podsholigining so‘ngida saroyda yana bir oliy
mahkam a ya’ni vakillar Kengashi nomi bilan yuritilgan davlat Kengashi ta’sis etad i. Kengash
ishida oliy hukmdordan boshqa yana tajribali, bilimli 6 ta vakil ishtirok etadi. Davlat kengashida
eng dolzarb masalalar muhokama etilib, qarorlar ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilingan.
Xorazmshohlar davlatida ulug‘ hojib, amir oxur, amir shikor, mutasarrif, toshtdor, qissador,
davlatdor,farrosh, amir ul-alam kabi yuqori lavozimlar ham bo‘lgan.
Xorazmshohlar davlatida davlat hokimiyati markazlashgan va takomillashgan boshqaruv
tizimiga ega bo‘lgan. Mahalliy va markaziy hokimiyatning keng vakolatli mahkamalari
yordamida mamlakat idora qilingan. Davlatning mahalliy hokimiyat organlari markaziy
hokimiyatning kuchli nazorati ostida bo‘lgan.
Katta hududda markazlashgan yirik siyosiy birlikning vujudga kelishi tufayli davdatning
siyosiy mavqeyi ortdi, unda hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi, shaharlar yuksaldi.
Xo‘jalikning turli sohalaridagi o‘sish umumiy iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun omil bo‘ldi.
Poytaxt Gurganch yirik siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazga aylandi. Shaharlar rivoji uchun
savdo, ayniqsa, xalqaro savdo muhim o‘rin tuggan. Xorazm davlatining savdo karvonlari nafaqat
o‘z hududi bo‘ylabgina emas, balki undan tashqariga, jan.da Hindistonga g‘arbda Arabiston va
Yevropaga qatnagan.
Xorazmshohlar davlati tarklbiga kiritilgan hududlardagi bir qancha shaharlarda ilm-
ma’rifat, madaniyat yuksaldi. Movarounnahr, Xuroson, Fors, Ozarbayjon va Iroq o‘lkalari
o‘rtasida madaniy aloqalar kuchaydi. Ushbu davrning taniqli olimlari jumlasiga Rashididdin
Votvot, Ismoil Isfahoniy, Tohir Faryobiy, Abulfayz Axsikatiy, Sayfuddin Buxoriy, Abulmajid Ja
diy, Ali Ismoil Jurjoniy, Ali Xorazmiy, Abul Hasan Xorazmiy, Najib Bakron, Mahmud al-
Chag‘miniy, Fariduddin Attor, shayx Najmiddin Kubro, Muhammad Axsi katiy, Abdulloh ar-
Roziy, Mahmud Samaraqandiy, Ma’sud Xo‘jandny, Mahmud Zamaxshariy, Abdulkarim as-
Sam’oniy va b.ni kiritish mumkin. Ularning ijodiga nazar tashlar ekanmiz, o‘sha davrda ilm-fan
ham tabiiy, ijtimoiy sohalar bo‘yicha rivojlanganini ko‘ramiz.
Xorazmda hukmronlik qilgan sulolalar davri tarixi O‘rta Osiyo xalqlari davlatchiligi va adaniyati
tarixining ajralmas qismi hisobdanadi
Do'stlaringiz bilan baham: